O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
511700-BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS TALABASI RIXSIBOYEVA NOZIMANING
“TARBIYA KONSEPSIYASINING TARBIYAVIY JARAYONDAGI AHAMYATI” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbar: ____________
Toshkent -2022
TARBIYA KONSEPSIYASINING TARBIYAVIY JARAYONDAGI AHAMYATI
REJA:
Kirish
1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining zaruriyati. 2. Tarbiya Konsepsiyasining asosiy vazifalari.
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani KONSEPSIYASI qoidalari
4. Tarbiya konsepsiyasi va tarbiyaviy jarayonning shakllantirishdagi muhim mezon sifatida
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgandan so’ng kelajagimiz vorisi bo’lgan yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor
qaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga qaratilgan katta e`tiborlari o`laroq : Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining amalga oshirilishi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yaqqol tasdig’idir. Darhaqiqat , yosh avlod ma’naviy tarbiyasi nechog’li ahamiyatli va kechiktirib bo’lmas masaladir. Chunki, bugungi yoshlar ertangi O’zbekistonning kelajagi va bunyodkorlaridir. O'zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o'z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo'liga ega bo'lishi, xalq xo'jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tizimida ham o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan bog’liq jarayonini qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so'nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo'lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida»gi farmonida ko'rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Kurs ishining maqsadi: Tarbiyaviy konsepsiyaning ahamiyatni va boshlang’ich sinflarda tarbiyaning o’rni.
Kurs ishining ob’ekti: Tarbiyaviy konsepsiyani chuqurroq yoriytib berish, o`rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining predmeti: Tarbiya konpepsiyasini nazariy asoslarini o`rganish va tahlil qilish jarayoni va vositalari
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o'rganish, tahlil qilish, umumlashtirish asosida hozirgi vaqtda tarbiyaning umumiy metodlar, mazmuni va mohiyatiga qo'yiladigan talablarning aniqlash.
Kurs ishining tarkibi: Kirish,reja, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |