Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.Ijtimoiylashuv mehanizmlari - O`zbek xalqining bola tarbiyasi mohiyati, mazmuni, usullari, tarbiyaning kundalik va istiqbol rejasi, farzandlarga tartib o`tkazish vazifasini tanlash va unda unumli foydalanish tajribasi o`ziga xos xususiyaga egadir. Bu xususiyat xalqning ma’naviy boyligi sifatida to`plangan, an’analari zamiridan kelib chiqqan.
- Milliy maktab vazifalaridan biri ajdodlarimiz merosi milliy ana’nalarini o`rganib ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalashda unumli foydalanishdir.
- «An’ana» /arabcha/-/o`zbek/ uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o`tib davom etib kelgan urf-odatlar, axloq normalari, qarashlar va x.k. dir. A’ananalar-ijtimoiy va ma’naviy merosimdir.
Tarbiya jarayonini rag`batlantiruvchi kuchlari. - Xozirgi kunda ayniqsa vatanparvarlik, millatlararo do`stlik, ekologik, iqtisodiy, xususiy, madaniyat, ta’lim-tarbiya soxasidagi an’analarni qo`llash o`zbek xalqining urf-odatlar, turmush-tarzi, oilaviy marosimlarini milliy maktab, oilaviy tarbiyada qo`llash komil insonni shakllantirish vositalaridan biridir.
- “Barg ildizdan quvvat oladi “deganlaridek xozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilimi, ma’naviyatimizning mag‘zi yetukligi omilidir. Kaykovusning «Qobusnomasi»dan tortib Al Xorazmiy, Forobiy,Beruniy, Ibn Sino asarlarida, Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Xibatul xaqoyiq», A.Avloniyning «Turqiy Guliston yoxud axloq» asarlarida Sharq xalqlari, xususan o`zbek xalqining xarakteriga xos bo`lgan ota-onalarni hurmatlash insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, mehmondo`stlik, ma’rifatparvarliligi, onani ulug‘lash, bolalarga mehru muhabbat kabi fazilatlar bilan dunyoga taralgan.
TARBIYADA MILLIY UDUM VA ODATLAR - Mehnatsevarlik, yerga mehr qo`yish, dehqonchilik, kasbga ixlos, mehmondo`stlik, mehr-shafqatlilik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘lar o`rtasidagi mehr oqibatlilik, peshona terisi evaziga topilgan rizq-nasibaga qanoat qilib yashash, oila, bola-chaqaga vafo sadoqatlilik, lafz xalollik, xojatbarorlik, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvatlilik xalqimizga xos odatdir.
- Ajdodlarimiz xalolu-pok, kishi haqidan xazar qiluvchi, vujudlari xalollik bilan yo`g‘rilgan kishilar bo`lgan. Ular bu odatlarimiz farzandlari, nabirilari yon-atrofdagi yosh yalanglarga ham ustalik bilan singdira olganliklarini bilamiz. O`zbek xalqi o`zining ruxiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xulq-atvori, milliy tuyg‘usi, mijozi, didi, ta’bi bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. O`zbekm millatining sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri saloxiyatning ma’lum yo`nalishiga qaratilganligi, extiyoji va qiziqishi, milliy ongi o`ziga xos betakror xususiyatga ega. Milliy ruxiyatning tarkibiy qismlari nimalardan iborat milliy xususiyat-muayyan millat fazilatlarining o`ziga xos xislarlari majmuasidan iborat.
- Milliy xususiyat o`z ichiga irodaviy sifatlar (Mustaqillik, intizomlilik, samimiylik, xaqqoniylik. insonparvarlik va x.k.) qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |