Milliy tarbiya O`zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor shaxslarni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Milliy tarbiya nima? Milliy tarbiya bu har bir xalqning o’z milliy madaniyati, tili, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, hayot tarzi asosida tarbiyalashdir.O`zbekiston maktablari o`quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli dolzarb ahamiyat kasb etgan, shaxsning milliyligiga aloqador bo’lgan fazilatlarni singdirish tamoyillaridan kelib chiqadi.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O`zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lgan ijobiy sifatlar: Milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, iymon-e‘tiqod, milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalarni singdirishni; ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar; milliy befarqlik, xoinlik, vatanfurushlik, millatchilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uyg’otish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |