Yangi mavzuning bayoni
Mavzu:“Qaldirg‘och”sheri
She'rni ifodali qilib o‘qib beraman. So‘ng she'rdagi o‘quvchilar uchun tushunish qiyin bo‘lgan quyidagi so‘zlarni doskaga yozib lug‘at ishi o‘tkazaman:
Rizq izlab, yeldingmi, mehri tortib, siylamoq so‘zlarning mazmun- mohiyatini o‘quvchilarga tushuntiraman, ular ishtirokidaso‘z birikmalari va gap tuzaman. Ushbu so‘zlarga oid luhat ishini daftarda bajartiraman.
Shundan so‘ng she'rni o‘quvchilarga o‘qittiraman. O‘quvchilar she'rni o‘qiyotganlarida diqqat bilan tinglayman, ularning talaffuzdagi xato va kamchiliklarini o‘z vaqtida to‘g‘rilab boraman.
O‘quvchilarga she'r yuzasidan savollar beraman: Bahorda birinchi bo‘lib qaysi qush uchib keladi?
Nima uchun bahorni qaldirg‘och boshlab keladi deyiladi?
Qaldirg‘och qaerlarga in quradi va bola ochadi?
Qaddirg‘ochga qanday munosabatta bo‘lish kerak?
O‘quvchilarning savollarga bergan javoblarini diqqat bilan tinglayman, ularning talaffuzdagi xato va kamchiliklarini o‘z vaqtida to‘g‘rilab boraman.
Shu o‘rinda “Qaldirg‘och va ari” masalini o‘quvchilarga aytib berish, yaxshilik va yomonlik haqida so‘zlab berish, qaldirg‘ochni tinch- osoyishta xonadonlarga in qurishlari, urush-janjal tez-tez bo‘ladigan
xonadonlarga in qurmasliklari haqida gapirib berish mumkin. Bu esa oila a'zolarining ahil-inoq, tinch-totuv yashashlari, bir-birlariga mehr- oqibatli bo‘lishlari, urush-janjal chiqqan uydan qirq kun fayz-baraka ketadi degan dono xalqimizning iborasi mazmuni haqida gapirib berish orqali milliy qadriyatlarimizdan bo‘lmish oila madaniyati, oilada muomala madaniyati, oila ozodaligi va obodligi kabi boy qadriyatlar haqidagi o‘quvchilarning tushunchalarini o‘stirish mumkin.
Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning milliy qadriyatlarmiz, urf- odatlarimiz va an'analarmiz haqidagi fikrlarni keltirish va uni asoslab berish samarali natija beradi.
Muhtaram Prezidentimizning mustaqillik sharofati bilan ming asrlik tarixga ega bo‘lgan ma'naviy jihatdan boy milliy qadriyatlararimiz, urf-odatlarimiz va an'analarimizni qayta tiklashda xizmatalari beqiyosligini o‘quvchilarga tushuntirish ularni avvalo prezidentimizga bo‘lgan, qolaversa, istiqlolga, ozodlikka, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshirishga katta yordam beradi.
Muhtaram Prezidentimizning vatanni, jannatmakon yurtimizni, ona tuprog‘imizni, ona tabiatimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf- odatlarimiz va an'analarimizni sevish, ularni asrab-avaylash, tinchlikni qadrdash, tinch-totuv, ahil-inoq yashash, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘lish kabi mavzular bo‘yicha olg‘a surgan ilg‘or fikrlarini o‘quvchilar ongiga etkazish ularga ta'lim va tarbiya berishda, komil inson qilib tarbiyalashda nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Hayotiy tajribalar natijasidan kelib chiqqan fikrlarning xulosasi shunday ifodalanadi: milliy an`analarimizda, uzoq asrlik tajribalar, Vatanga muhabbat, do‘stlik, sadoqat ma`nolari mujassam!
.
Do'stlaringiz bilan baham: |