Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari



Download 24,14 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi24,14 Kb.
#754780
Bog'liq
Obidova Dilrabo Komilovna tarbiya


TARBIYA JARAYONI VA TARBIYA METODLARI.
Obidova Dilrabo Komilovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 11-sonli Matematika faniga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta‘lim maktabi Huquqshunoslik va tarbiya fani oʻqituvchisi
Annotatsiya. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Kalit so’zlar. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»,«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Abdulla Avloniy, maktabshunoslik, O‘rta Osiyo.
Tarbiya nazariyasi O‘rta Osiyo mutafakkirlariga, xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi va o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. Tarbiya — muayyan maqsad asosida shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, tarrny-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi jarayon. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib topshirishga yo‘- naltirilgan jarayondir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiyaning mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Turli makon va zamonda tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsa-da, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo sadoqat yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglashiladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy-milliy masaladir. Zero, har bir xalqning taraqqiyoti, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etishga xizmat qiladi. Demokratik insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda I. A. Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi, «Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil Respublikamizda ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyanuvchiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni — o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda o‘quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlariga ko‘ra, shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liq. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki bu faoliyatga nisbatan tarbiyalanuvchining qalbida paydo bo‘layotgan munosabatni, turli kechinmalarni qanday anglashini, baholashini, his qilishini, ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganligini bilishi zarur. Bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilishda, jamoadagi munosabatlar murakkablashib borganda asqotadi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining onginigina emas, balki histuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi, u o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bolaning tengdoshlarini va o‘zini-o‘zi anglash holati to‘g‘ri kechadi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayonining manbayini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak, aks holda qarama-qarshiliklar vujudga kelishi mumkin. Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’- yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri — o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli-tuman faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etishi muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunolmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. Abu Rayhon Beruniy. Ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida. — T.: «O‘zbekiston», 1992.

  2. Z. K. Ismailova, A. A. Shayusupova. Pedagogikadan ma’ruzalar matni. — T.: TIMI, 2005.

  3. www.ziyouz.com

Download 24,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish