Reja: Soha tushunchasi va turlari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana06.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#640972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Soha 2




2-mavzu: O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi va uning jamiyat hayotida 
tutgan o’rni 
Reja: 
1. Soha tushunchasi va turlari. 
2.O’zbek tilining sohalarda o’rganilishi. 
3.Fanning jamiyatimiz hayotidagi o’rni va nufuzi. 
Tayanch so’z va iboralar: soha, o’zbek tili, ma’naviyat, tovush, so’z 
Mamlakatimizda ma'naviyat jabhasida olib borilayotgan bеnihoya kеng 
qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga, davlat tiliga e'tibor 
masalalariga alohida diqqat qilinayotganligi bеjiz emas. 
Insonning ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma'rifiy 
rivojida ona tilining o’rni muhimdir. Til milliy ma'naviyat, ma'rifat 
va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko’zgusidir. 
Jamiyatimizning har bir a'zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan 
hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o’z ona tilining sadoqatli sohibi 
bo’lmog’i lozim. Ona tiliga chinakam sohib bo’lmoqning bosh sharti esa uning 
tugamas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya'ni fikrni mustaqil, ravon, go’zal 
va lo’nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini 
shakllantirmoqdir. Zotan, nutq madaniyati tildan bеmalol va maqsadga o’ta 
muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko’nikma, malaka va 
bilimlarning jami dеmakdir. 
Nutq deganda, aloqa jarayonida tilning namoyon bo`lishi, ro`yobga chiqishi, 
voqelanishi tushuniladi. Nutq - tilning uzviy, hal etuvchi bo`lagi bo`lib, tilning 
barcha tomonlarini namoyish etadi. Nutq kundalik hayotda kishilar orasidagi 
o`zaro aloqa ehtiyojini qondiruvchi vositadir. Nutq so`zlovchining til vositalaridan 
foydalanish jarayoni va shu jarayon natijasida yuzaga keladigan hodisadir. Nutq til 
birliklarining ma'lum qismidan fikr ifodalash maqsadida foydalanishdir yoki 
ikshilarning so`zlashuvi – til elementlaridan ma'lum qismining nktqda 
reallashuvidan iborat. Demak, nutq til materiallarining namoyon bo`lishi jarayoni 
hamdir. Til umumiy bo`lib, nutq orqaligina yuzaga chiqadi. Nutq tilga nisbatan 
xususiyroq, aniqroqn bo`ladi. Nutqning xususiyligi shundaki, u til boyligidagi 
materialning ma'lum qismidan ma'lum bir maqsad uchun foydalaniladi. Til sohibi 
o`z nuqtai nazarini tinglovchiga yetkazish uchun til manbaidagi so`zlarning 
ma'lum bir guruhini tanlab ishlatiladi. 
Nutq birliklari quyidagilar: 
Tovush (nutq tovushi) – havo oqimining nutq a'zolari orqali shakllanib, 
ma'no ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligidir. 
Harf – tovushning yozuvdagi shartli belgisi. 
So`z – leksemaning nutqda reallashgan shakli ( shuni ham ta'kidlash 
kerakki, so`z o`ta serqmrra tushuncha bo`lib, uning har bir xususiylik qirrasi 
alohida bir ta'rif uchun asos bo`lishi mumkin). 
Gap – nutqning bir va undan ortiq so`z vositasida ma'lum fikr ifodalash 
maqsadida hosil qilangan birligi. 
Demak, nutq birliklari fonema-morfema-leksema – til birligi; tovush 
(harf)-so`z-gap – nutq birligi tizimidan iborat. Ko`rinadiki, til va nutq alohida 



hodisalar bo`lsa ham, ular o`zaro chambarchas bog`liqdir. Bu xususiyatni yaxshi 
anglamaslik bir hodisaga turli darsliklarda har xil ta'rif va tasniflarning vujudga 
kelishi sabab bo`lgan. 
Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa 
bog`laydilar. Tilning lug`at sostavi va grammatik qurilishi haqida yetarli bilimga 
ega bo`lmay yozma nutqni o`stirish mumkin emas. Tilning grammatik qurilishi va 
lug'at tarkibini o`zlashtirish uzoq protsessni talab qiladi. 
Bugungi kunda ko‘pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, muallimlar 
nutqidagi chaynalishlar, teleko‘rsatuvlardagi, hatto jurnalistlar nutqidagi 
g‘alizliklar bizning ma’naviyatimizga yarashmaydi. Chunki biz mustaqillikning 
barcha chashmalaridan bahramand bo‘lib turgan ekanmiz, notiqlik san’ati 
chashmasidan ham bebahra bo‘lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Avvalo, 
maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‘rganishimiz, fikrimiz va 
tafakkurimizning asosi bo'lmish notiqlik san’ati sirlarini o‘rgatishimiz va 
o‘rganishimiz juda muhim. Til va tafakkur birbiriga chambarchas bog‘liq bo'lgani 
holda, notiqlik san’atini bilmasdan haqiqiy ijodiy tafakkur, go‘zal va chiroyli nutq 
so‘zlashimiz amri mahol. So‘zlayotgan nutqimizni maromiga yetkazib o‘z ona 
tilimizda ifodalashimiz uchun notiqlik san’ati qoidalaridan xabardor bo'lishimiz 
kerak. 
Hozirgi ayrim o‘quvchi va talaba yoshlarimiz nutqida uchraydigan nuqson, 
fikrlashdagi oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, tafakkuridagi 
to‘mtoqlik, ortiqcha kirish so'zlarni (anaqa, haligi, nima edi?, nima desam ekan? 
kabi) ishlatish kabi qusurlaming kelib chiqishi teran notiqlik malakalarining 
zaifligi bilan bog'liqligi ma’lum. 
Ma’lumki, jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy 
kamolotining muhim jihatlari notiqlik san’atiga ham borib taqaladi. Shu bois ham 
mamlakatimizda madaniy-ma’rifiy islohotlarning davlat siyosati darajasiga o‘sib 
chiqishi, farzandlarimizning notiqlik malakalarini oshirish, nutqiy madaniyati 
masalalariga e’tibomi qaratish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. 
Hozirgi tezkor zamonda mustaqil ‘zbekiston yoshlaridayangicha 
dunyoqarashning shakllanishida notiqlik san’ati sabog‘I muhim ahamiyat kasb 
etadi.
O‘zbek yozuvlari tarixi. 
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida 
boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u 
umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. 
Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap 
tuzadi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish