4) Xalq Ta’limini moliyalashtirishni tashkil etishning amaliy mexanizm.
Qator mamlakatlarda (Polsha, Makedoniya, Gruziya, Armaniston kabi) ta’lim tizimlarining nomarkazlashuv jarayonlarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, nomarkazlashuvning qaysi modelini tanlash mamlakatdagi siyosiy holatga, ta’lim tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ustuvorliklarga bevosita bog‘liqdir. Nomarkazlashgan ta’lim amal qilishining moliyaviy jihatlariga kelsak, shuni ta’kidlash zarurki, asosan davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi butun ta’lim tizimini moliyalashtirish davlat moliyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun ham bu tizimda butun davlat moliyasiga xos bo‘lgan tartib va qoidalar amal qiladi. Har qaysi davlatda ta’limni moliyalashtirish tizimi uni boshqarish tizimi bilan muvofiqlashgan bo‘lishi kerak. Nomarkazlashuv sharoitidagi ta’lim muassasalarini moliyalashtirish masalalarini maktab darajasida nomarkazlashuvi hamda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish darajasida nomarkazlashuvi misolida ko‘rib chiqamiz. Maktab darajasida nomarkazlashgan ta’limni moliyalashtirishda maktab byudjeti maktabdagi bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ko‘rsatkichlar asosidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. Maktab byudjetini aniqlab berishga xizmat qiluvchi va milliy (mamlakat bo‘yicha yagona) yoki hududiy darajada ishlatiladigan bu formula bir qator omillarni, jumladan, maktabning xususiyati, joylashishi, xizmat ko‘rsatilayotgan kontingentning o‘ziga xosligini, boshqa ustuvorliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish darajasida nomarkazlashish sharoitida ham maktab byudjeti formula asosida aniqlanadi, shu bilan birga, ta’lim muassasalari uchun markaziy budjetdan byudjet transfertlari ko‘zda tutiladi, bunda hudud bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarni qo‘llash natijasida formula birmuncha sodda 20 bo‘lishi mumkin. Ta’lim tizimini to‘liqroq moliyalashtirish maqsadida ular boshqa manbalardan ham foydalanishlari mumkin. Formula asosida aniqlangan maktab budjetining umumiy ta’limga ajratilgan mablag‘lar tarkibidagi ulushi mamlakatlar bo‘yicha ham, mamlakat ichidagi hududlar bo‘yicha ham turlicha bo‘lishi mumkin, lekin hamma holatda ham maktab o‘ziga formula asosida ajratilgan byudjetga o‘zi egalik qiladi. Ayrim mamlakatlarda jon boshiga moliyalashtirish formulalarini tadbiq etishning bir qator xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz. Rossiya Federatsiyasida jon boshiga qarab me’yoriy moliyalashtirishni joriy qilish ta’lim tizimini modernizatsiyalash dasturi bilan belgilangan uni isloh qilishning asosiy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Byudjetdan jon boshiga qarab moliyalashtirishga o‘tish har bir o‘quvchining qayerda yashashidan, u yashaydigan munitsipalitet6 byudjetining imkoniyatlaridan va boshqa sharoitlardan qat’iy nazar, standart sifatdagi va hajmdagi ta’lim xizmatlarini olishni kafolatlaydi. 2015-yil 4-iyulda “О внесении изменений и дополнений в Федеральный закон “Об общих принципах организации законодательных (представительных) и исполнительных оргaнов гоcудaрственной влaсти субъектов Российской Федерации” №95-ФЗ-sonli Federal qonunning qabul qilinishi bilan federal, hududiy va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash jarayoni boshlandi. Tа’lim sohasiga bu Qonun umumiy ta’lim bo‘yicha davlat kafolatlarini ta’minlash vakolatlarini munitsipal darajadan hududiy darajaga subvеnsiya7 mexаnizmi orqali ko‘chirish natijasida o‘zgartirish kiritdi. Eng oddiy shaklda subvensiya hajmi bir o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajatlar asosida aniqlanadi, o‘z navbatida, o‘rtacha xarajatlar o‘tgan moliyaviy yildagi ta’lim muassasasining tipi bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlarni o‘quvchilar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda munitsipalitetlar bo‘yicha
Mahalliy va maktab darajasida normativ prinsipni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, normativ bo‘yicha aniqlangan budjet mablag‘larini har bir maktabga yetkazish texnologiyasi muhim ahamiyatga ega. Ushbu tеxnologiyа umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish xarajatlari me’yorini hisoblash tartibini o‘z ichiga oladi8 . Har bir munitsipal tuzilma uchun umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish xarajatlari me’yori quyidagi formula asosida hisoblanadi: Н = ЗП + Р(учeбн) bunda: ЗП – munitsipal tuzilmada bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish bo‘yicha sinflarning turlari va ta’lim pog‘onalari bo‘yicha ish haqi xarajatlari; Р(учебн) – bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ta’lim jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar. Bu formulada ЗП quyidagi formula asosida aniqlanadi: ЗП = (а / д*б*1,262*1,02*1,33*12) / м*1,43*w*c*р bunda: a – bazaviy o‘quv reja bo‘yicha soatlar soni; д – bir stavka ish haqi uchun soatlar soni, bunda umumiy ta’limning birinchi pog‘onasi (1-4 sinflar) uchun – 20 soat, ikkinchi (5-9 sinflar) va uchinchi (10-11 sinflar) pog‘onasi uchun – 18 soat belgilangan; д – munitsipal tuzilma bo‘yicha YaTS bo‘yicha o‘rtacha tortilgan razryadga to‘g‘ri keluvchi ish haqi stavkasi (regionlarda regional tarif stavkasi qo‘llanishi mumkin); 1,262 – yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha ajratmalar koeffitsienti; 8Под редакцией Н.Г.Типенко «Использование нормативов при планировании и финансировании основных общеобразовательных программ: опыт практической реализации, методические рекомендации, комментарии».-М.:Политика.2016год. 22 1,02 – ish stajining (umumiy va pedagogik) ortishi, malaka toifasining o‘zgarishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat haqining ortish koeffitsienti; 1,33 – ustama va qo‘shimchalar hisobiga mehnat haqi fondining ortish koeffitsienti; 12 – yildagi oylar soni; м – sinflarning me’yoriy to‘liqligi; 1,33 – ma’muriy boshqaruv xodimlar, o‘quv yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehnat haqi fondining ortish koeffitsienti (adaptatsiya davrida 1,43 koeffitsient qo‘llaniladi); w – pedagogik xizmat qiymatining turli omillarga (sinflarni guruhlarga bo‘lish, kuni uzaytirilgan guruhlarning mavjudligi, qo‘shimcha ta’lim dasturlarining amal qilishi kabi) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti; c – pedagogik xizmat qiymatining sinflarning turlariga (umumta’lim, gimnaziya/litsey, maxsus) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti; р – region tomonidan joriy qilingan qo‘shimcha ish haqi va regional ustama/qo‘shimchalarni aks ettiruvchi regional qimmatlashuv koeffitsienti. Ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (Р(учебн)) ta’lim pog‘onalari bo‘yicha har bir o‘quvchiga xarajatlar me’yori miqdoriga nisbatan foizlarda, avvalgi davr haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ko‘rgazmali qurollarni, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kanselyariya tovarlarini sotib olish xarajatlаri kiradi. Shunday qilib, bir o‘quvchiga nisbatan umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish xarajatlari me’yori quyidagilar asosida aniqlanadi: - pedagogik хizmatning standart (bazaviy) qiymati; - pedagogik stavkalar va ma’muriy-boshqaruv hamda yordamchi xodimlar stavkalarining me’yoriy nisbati; - ish haqi fondining va ustama/qo‘shimchalar fondining me’yoriy nisbati; 23 - ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (ko‘rgazmali qurollarni, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kanselyariya tovarlarini sotib olish xarajatlari); - pedagogik xizmatning qimmatlashuv koeffitsienti; - regional qonunchilik asosida o‘rnatiladigan me’yorlar (federal me’yorlarga qo‘shimcha ravishda). Jon boshiga moliyalashtirish yangi mexanizmini tadbiq etish Armaniston Respublikasi umumta’lim tizimida 2000-yildan boshlab amalga oshirib kelinayotgan tarkibiy islohotlarning muhim komponentlaridan biridir. Bu mexanizmga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soniga nisbatan qo‘llaniladigan yagona summa asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish 2014-yilda tajribaviy loyihani amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur dasturga Armanistonning turli marzlaridagi (hududiy bo‘linmalari)154 ta (mamlakatdagi jami maktablarning 10 foizi) maktab jalb qilindi. Maktablarning yangi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi bosqichma-bosqich kechdi va Armaniston hukumati tomonidan o‘rnatilgan grafikka muvofiq 2016-yilda yakunlandi. Maktablarning jon boshiga moliyalashtirish mexanizmiga o‘tishi ular yuridik maqomlarining o‘zgarishi bilan birga amalga oshdi, ya’ni ular budjet tashkiloti maqomidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildilar. Bu maqom maktablarga banklarda o‘z hisobraqamini ochish, alohida mulkka ega bo‘lish imkonini berdi, shuningdek, ular o‘z budjetlarini tuzish, u bo‘yicha ajratilgan budjet mablag‘larini tasarruf etishda mustaqillikka ega bo‘ldilar. Maktablar mustaqilligining oshishi bilan bir qatorda, yangi moliyalashtirish mexanizmining joriy etilishi yangi boshqaruv organlarini – maktab Kengashlarini shakllantirish bilan birga kechdi, bu organ maktabning yillik budjetini tuzish va uning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oldi. Armanistonda jon boshiga moliyalashtirishga quyidagi bazaviy tamoyillar asos qilib olindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |