Tarbiya, 7-sinf
Ma’naviyat xazinasidan
Mulohaza uchun
Men bu bolalarni qahramon bo‘lish
uchun qutqarmadim. Bu insoniylik bur-
chim bo‘lgani uchun ham ularga yor-
dam qo‘lini cho‘zdim. Inson yordamga
muhtoj boshqa insonga, uning millati
va dinidan qat’i nazar, yordam be rishga
doimo shay turishi kerak. Barchamiz
bu hayotga yaxshilik qi
lish uchun kel-
ganmiz.
Irena Sendler
HIKOYA
(«O‘rgimchak odam»
¿
lmidan lavha)
«O‘rgimchak odam»
¿
lmi qahramoni Piter 3 ming dollar ish-
lab topish maqsadida «Suyak sindiruvchi» laqabli Mak Grou
ismli odam bilan ringga chiqadi va uni ikki daqiqa ichida yer
tishlatadi. Yutug‘ini olish uchun kassaga kelgan Piterga klub
boshlig‘i 100 dollar uzatadi. Piter hayron bo‘lib:
– Yuz dollar? E’londa 3 ming deyilgandi-ku?! – dedi.
– O‘rgimchak kalla, yaxshilab o‘qigin. Bu yerda
3 daqiqa uchun 3 ming deyilgan, sen bo‘lsang
uni 2 daqiqada yer tishlatding. Buning uchun
senga 100 dollar beraman. Shuni olganingga
ham xursand bo‘lgin, – dedi klub boshlig‘i.
– Menga bu pullar juda ham zarur, –
dedi Piter.
– Nega endi bu narsa meni qiziqtirishi
kerak? – deb e’tiborsiz javob berdi klub
boshlig‘i.
Piter bahslashishning foydasi yo‘q
ligini
tushunib, 100 dollar pulni oladi. U eshik
oldiga yaqinlashganda ortida:
#HGXUWPBX]
112
V bob. Birlashgan o‘zar
Ijodiy faoliyat
«Jin ursin, nima bo‘layapti?» –
deb baqirgan tovushni eshitib, o‘girildi.
Notanish bir odam klub boshlig‘iga
to‘pponcha o‘qtalib: «Pullarni tezroq
sumkaga sol. Tezroq bo‘l, imillama!» –
deb turganini ko‘rdi.
O‘g‘ri pulni olgach, yugurib ketdi.
Klub boshlig‘i esa, «Hoy! U yutuq pul-
larini o‘g‘irladi! U odamni to‘xtat!» –
deb Piterga qarab baqirdi. Piter esa
o‘g‘rini to‘xtatib qolishga hech qanday
harakat qilmadi va o‘g‘ri uning yoni-
dan yugurib o‘tib ketayotib, hatto unga rahmat ham aytdi.
Klub boshlig‘i Piterga:
– Senga nima bo‘ldi o‘zi? Sen uni qochirib yubording! Uni
tilka-pora qilib tashlashing mumkin edi-ku? Endi esa u qochib
ketadi. Uning yo‘lini kesib chiq va politsiyani chaqir, – dedi.
Piter esa beparvolik va kinoya bilan:
– Nega endi bu narsa meni qiziqtirishi kerakligini tushunma-
yap man? – dedi...
Piter, savolingga yarasha javobingni olding deb, o‘zining qilgan
ishidan xursand bo‘lib bekatga yaqinlashganida odamlar kimnidir
o‘rab olishgan, kimdir: «Ana, huv ana uyoqqa ketdi, yaramas,
mashinani olib qochibdi. Bu kishi mashinaning egasi ekan, uni
otib ketibdi», degan gaplarini eshitdi. Piter odamlar orasiga suqilib
kirib borar ekan, ichidan otilib chiqayotgan to‘fon unsiz tovush-
ga aylanib, bo‘g‘ziga tiqilib qoldi. Politsiyachilar jasadning ustini
yopishmoqda edi. «Nahotki, Ben amakim bo‘lsa? Bo‘lishi mum-
kin emas». Afsuski, jasad Piterning Ben amakisi edi.
1. Piterning o‘rnida siz bo‘lganingizda qanday yo‘l tutar
edingiz?
2. Ben amaki bilan bo‘lgan fojianing oldini olish mumkin
edimi?
3. Ben amakining o‘limiga kim sababchi, deb o‘ylaysiz?
4. «Ma’naviyat xazinasidan» ruknida berilgan hikmat bilan
bog‘ liqlik jihatlari bormi?
#HGXUWPBX]
113
Do'stlaringiz bilan baham: |