Ta`minlovchi stolcha va tsilindrlarning ўz aro joylashishi ikki xil – tsilindr stolcha ustida yoki stolcha tsilindr ustida bўladi
3.21-rasm.Ta`minlovchi tsilindr stolcha ustida
3.22-rasm. Stolcha tsilindr ustida
Ta`minlovchi stolcha sirti (perimetri) tўғriroғi ishchi қirralari tўғri tanlangandagina қabul barabaning tishlari tutam ichiga botadi (kiradi) va uni katta uzunlikda uzmasdan taraydi.
Bunday shartlarni barataraf etish va tolalarni shikastlantirmasligi uchun stocha tsilindr ustiga ўrnatilgan. (3.22-rasm).
Daғal tarashning maқsadga muvofiқ amalga oshirishda ta`minlovchi tsilindr yordamida tolalar tutamini ma`lum bir kuch bilan siқib uzatish katta aҳamiyatga ega.
Аgar kuch etarli bўlmasa tutamdagi tolalari orasida zichlik kamayadi va guruҳ-guruҳ bўlib қobul barabaniga ўtib ketadi. Natijada u taralmasdan tuganaklarga aylanib taramga ya`ni piltaga ўtib ketadi.
Аgar yuklovchi kuch keragidan ortiқ bўlsa uzatuvchi valik bilan ta`minlovchi tsilindr orasida қatlamning tarangligi kamayadi va bu maҳsulotni stolchada tўplatib қolishiga sabab bўlib, sifatli pilta olishga monelik қiladi.
Қabul barabani uzelida қuyidagi vazifalarni bajariladi:
Tarash jarayoni normal ўtishi uchun қabul barabani sirtidagi tolalar bosh baraban sirtiga tўliқ ўtishi shart. Аgar bu shart buzilsa, tugunaklar miқdori kўpayib, tarash sifati pasayadi.
Garnituralarning ўzaro ta`siri. Tarash mashinasi ishchi organlarga қoplangan arra tishlar bir biriga parallel yoki kesishadigan қilib ўrnatilgan bўlishi mumkin. Tolalar tutamiga garnituraning kўrsatayotgan ta`siri tishlarning ўzaro joylashuviga, tezliklariga, oradagi razvodka va sirtlaroning xarakat yўnalishiga boғliқ bўladi.
Tishlar ўzaro parallel joylashuvi
Tishlar қarama қarshi joylashuvi
Tarash jarayonida tishli sirtlar ўzaro ikki ҳolatda ishlashi mumkin.
Birinchi ҳolat. Аrra tishli sirtlar parallel joylashgan. Ular orasidagi paxta bўlakchasi ikki tomonga tortilib, tishning old қirrasi bўylab uning asosiga yўnalgan Q kuchi ta`sirida tishga chuқurroқ botadi.
Ikkinchi ҳolat. Аrra tishlar bir biri bilan kesishadigan қilib ўrnatilgan, ular қarama-қarshi tomonga yўnalgan. V1 V2 teng bўlmasa, tolalar 2-tishdan bўshatilib 1-tish old қirrasi bilan ushlanadi.
Katta ўlchamli tarash mashinalarida 110 ta shlyapkadan 39-41 tasi ishchi bўlib, tarashda ishtirok etadi, kichik ўlchamli mashinalarda esa 72 tadan – 24 tasi tarashda ishtirok etadi. Xorijiy firmalarning oddiy (katta) ўlchamli shlyapkali tarash mashinalarida 80 ta shlyapkadan 30 tasi ishchi zonasida joylashtirilgan.
Shlyapkalarning xarakat yunalishiga mos ravishda asosiy zona razvodkasi ўzgaruvchan, ya`ni 0,25 mm dan 0,15 mm gacha kamayadigan қilib ўrnatiladi.