Beshinchiyo’nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash,
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan
bog’liq bo’lib,
bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to’kilayotgan
bir sharoitda milliy xavfsizlikni taminlashga jiddiy e’tibor berish eng muxim
vazifalardan biri sifatida
belgilangan. O’ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan
O’zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o’zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tikod va
madaniyatlarni xurmat qilish singari bag’rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning
ahamiyati
beqiyos ekanligi ta’kidlanadi. O’zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 33 millionli oilamiz
istiqboli uchun diniy e’tiqodi,
milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qati nazar, xar bir fuqaro
mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruxda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan.
O’zbekistonning
tashqi siyosatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek,
davlatlarning suverenitetini, xududiy yaxlitligini xurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo’l bilan xal etish, boshqa davlatlarning
ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoida va
normalariga
asoslanib, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo’yicha ustuvor
yo’nalishlarini ishlab chi qish muhim vazifa qilib qo’yilgan.
Aytish mumkinki, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi o’tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan
yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, xozirgi kunda davrning o’zi oldimizga qo’yayotgan dolzarb
masalalarni xisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga
mo’ljallangan tarixiy taraqqiyotni yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo’lib, u o’zining moxiyat
etibori bilan O’zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarishni ta’minlaydigan strategik dasturdir.
Albatta, xalqimiz o’rtasida «Xarakatlar strategiyasi» degan nom bilan tobora mashxur bo’lib,
uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir yo’nalishi va bandining samarali
amalga oshirilishi xar birimizning mazkur jarayonda
ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi
farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog’liqdir. Buning uchun esa eng avvalo, Xarakatlar
strategiyasining ma’no-mazmunini, uning har bir yo’nalish bo’yicha qo’yilayotgan amaliy va dolzarb
vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak.
Nazorat savollari:
1.
Milliy taraqqiyot modeli ishlab chiqilishiga nima sabab bo’ldi?
2.
“O’zbek modeli” deganda nimani tushunasiz?
3.
Jaxonda qanday taraqqiyot modellari mavjud?
4.
Xarakatlar strategiyasi ma’no- mazmuni nimada?
5.
Ustuvor yo’nalishlarni sanab bering.