Bilmasvoyni tanlagan bo‘lsangiz...
Siz qiziqqon va ehtirosli insonsiz. Tezkor, juda harakatchansiz. Dovyurak va tashabbuskorsiz. Sizning kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turadi. Shunday bo‘lsada, ustun kayfiyatingiz – tetik va jangovordir. Ba’zida o‘zingizni tuta olmaysiz, sabrsiz va jizzakisiz. Xafachi emassiz, gina saqlamaysiz. Qaysarsiz. Ba’zida o‘zingizni boshqalardan ustun qo‘yish hissi sizga xos. Odamlar bilan muloqotda qo‘pollikka, serzardalikka yo‘l qo‘yasiz, bu esa odamlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga xalaqit beradi va bu asosda siz ko‘pincha ziddiyatli vaziyatlarga sababchi bo‘lib qolasiz. Ortiqcha to‘g‘riso‘zligingiz, jizzakiligingiz, qo‘polligingiz, jahlingizning tez chiqishi, betoqatligingiz ba’zida muomalani juda og‘irlashtiradi. Sizning qiziqishlaringiz va intilishlaringiz yetarlicha barqaror, maqsadga erishish yo‘lida juda sabotli va mustahkamsiz. Bahslarda topqirsiz. Yangi sharoitlarga tez moslashasiz . Shu bilan birga sizga qo‘nimsizlik, bir joyda uzoq o‘tira olmaslik, o‘zgalarning kamchiliklariga chiday olmaslik kabi xislatlar xos, tez o‘zingizdan chiqib ketasiz, tajovuzkorsiz. Sizni yoki sizning hatti-harakatlaringizni, bajargan ishlarinigiz natijasini tanqid qilishganini yoqtirmaysiz. Hayotda ko‘pincha “hammasini o‘zim qilaman” prinsipiga amal qilasiz.
Siz yangiliklarga intilasiz. Yangi ishga zo‘r qiziqish, zavq va ishqivozlik bilan kirishasiz, kamchiliklarni yengib, ko‘tarinki ruxda ishlaysiz. Lekin ish davomida quvvatingiz zahirasi tez kamayishi mumkin, bunda faoliyatingiz tez tushib ketadi: ko‘tarinkilik va ruhlanish yo‘qoladi, kayfiyatingiz keskin pasayib ketadi. Yetarlicha tez, lekin bir oz qiyinchiliklar bilan qayta o‘rganishingiz, qayta tayyorlanishingiz mumkin.
Mamontchani tanlagan bo‘lsangiz...
Siz juda ta’sirchansiz. Kichkinagina sabab ko‘z yoshlaringizni chaqirishi mumkin. Ba’zida siz o‘zingizga ishonmaysiz, jur’atingiz kam. Qiyinchiliklar sizni qo‘llaringizni tushirishga, chekinishga majbur qiladi. Kayfiyatingiz ko‘pincha tushkun. Siz kam kirishimlisiz, tortinchoq va qat’iyatsizsiz. Odatiy sharoitda o‘zingizni dadil xis qilasiz va topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarasiz. Sabr-toqatlisiz. Yolg‘izlikni oson ko‘tarasiz. Saranjom-sarishtasiz. Sizga hamma narsani tartibga keltirish, chiroyli qilish yoqadi. Andishali, xushmuomalasiz. Sizga jizzakilik, tez xafa bo‘lib qolish xos. Siz doim ham o‘z kuchingizga ishonavermaysiz, notanish sharoitda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz. Har qanday o‘zgarish va kutilmagan sharoitlar sizda xavotirlikni chaqiradi. Ishlayotganingizda tez toliqasiz. Bir marta o‘rgangan narsangizni hech qachon esingizdan chiqarmaysiz, lekin kerak bo‘lib qolsa, yangilik, noan’anaviy narsani qabul qilish uchun qaytadan o‘rganishingiz qiyin. Buning uchun siz bu narsani kuzatishingiz, uzoq o‘ylab ko‘rishingiz, unga ko‘nikib borishingiz kerak.
Temperament va kasb tanlash
Do'stlaringiz bilan baham: |