Agloporitni qo‘llash soxasi Agloparit asosan konstruksion engil betonlar olishda ishlatiladi. Mustaxkamlik chegarasi 20-30 MPa va ba’zan 50MPa bo‘lgan agloporit beton asosida qo‘shimcha zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalar, tom yopma va qavatlararo katta prolyotli balka va fermalar, ko‘prik qurilishida va boshqalarga ishlatiladi. Bu konstruksiyalardagi og‘ir betonni engil agloporit beton bilan almashtirish uning samaradorligi oshiradi. Agloporitbeton konstruksion - issiqlikdan ximoyalovchi material sifatida xam qo‘llaniladi. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: Agloporit g‘ovak to‘ldirgichi shixta tarkibini keltiring?
Agloporit chaqiq toshini olish texnologiyasini keltiring?
Agloporit chaqiq toshining fizik-mexanik xususiyatlarini keltiring?
Agloporit shag‘ali va chaqiq toshiga qanday talablar qo‘yiladi?
Agloporit chaqiq toshiga qo‘yiladigan texnik talablarni keltiring?
Agloporit shag‘ali va qumini olish texnologiyasini keltiring?
Turli fraksiyadagi agloporit qanday uyilma zichlikni tashkil etadi?
Agloparitning donadorlik tarkibi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish, uyilma zichligi asosida markalarga bo‘lish qanday bajariladi?
5-§.Keramporit ishlab chiqarish texnologiyasi Keramporit olishdagi asosiy xomashyo bu qumoq tuproq bo‘lib, 70-80% ni tashkil etadi va ularga qo‘shimcha sifatida Keles va Darvoza konlarida joylashgan montmorillionit loylari va 10% gacha Angren ko‘miri qo‘shiladi. Toshkent arxitektura qurilish institutining “Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish” kafedrasida professor Botvina L.M. va uning shogirdlari tomonidan Respublika xomashyo bazasi asosida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan. SHular jumlasidan, barxan qumlaridan foydalanib olingan g‘ovak to‘ldiruvchilar, keramporit-O‘rta Osiyo mintaqasida joylashgan qumoq tuproqlar asosida olinadigan sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi, kamporit-tog‘ bag‘ri atrofidagi tuf va datsit porfirlari asosida, karboporit-dolomit va dolomitsimon oxaktosh chiqindilari asosida olinadigan sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilardir. Barxan qumi asosida olinadigan g‘ovak to‘ldiruvchiga asosiy xomashyo sifati Qoraqolpog‘iston Respublikasida Taxiatash, Qiziljar va To‘rtko‘l konlaridagi barxan qumlaridir. Plastiklovchi qo‘shimcha sifatida Qoraqolpog‘iston Respublikasida Beshtepa konida joylashgan bentonit loylaridan foydalanilgan. Engil g‘ovak to‘ldiruvchi olinishi uchun 60-70% barxan qumi 20-30% Beshtepa loyi plastiklovchi bog‘lovchi sifatida va g‘ovak hosil qilish uchun 5-10% Angren ko‘miri ishlatiladi. Zarrachalarni qizdirib qovushtirish texnologiyasi keramzitni olish texnologiyasi bilan bir xil. 7.3-jadval
№
Ko’rsatkich
Qizdirish darajasi 1180-12000S
1.
Zichligi, kg/m3
710-810
2
Mustahkamligi, MPa
1,1-2,3
3
Suv shimuvchanligi,(%) : 1 soatdan keyin 48 soatdan keyin
17-29 21-24,9
4
To’ldiruvchi markasi
750-800
Barxan qumlari asosida yirik g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishni quyidagi texnologiya asosida tashkil qilish mumkin. Bentonit loyi va ko‘mir tasmali transportyorda maydalab yanchiydigan bo‘limga jo‘natiladi. Kelayotgan loy maydalanadi. Ko‘mirni ham bolg‘ali maydalagichdan o‘tkaziladi. Kerakli bo‘laklardan tarozi tarelkalari orqali komponentlar namlab, aralashtirgichga berilib, teshikli bulg‘alagichga jo‘natiladi. Hosil bo‘lgan donachalar kuydirish uchun aylanma pechlarga uzatiladi. 1180-12000S 30 minut davomida ular pishiriladi va sovutgichlar orqali tayyorlash mahsulotlar bunkeriga yuboriladi.
Rasm-7.18. Barxan qumlari asosida olinadigan engil g‘ovak to‘ldiruvchilar olish
texnologiyasi
Rasm-7.19. Qumoq tuproq asosida g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish
texnologiyasi (Keramporit) O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: Mahalliy xomashyo resurslari asosida qanday sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar
ishlab chiqarish mumkin? Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatining qanday xomashyo bazasi mavjud?
O‘zbekistondagi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalarni keltiring?
TAQI da qaysi olimlar tomonidan Respublika xomashyo bazasi asosida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan?
Barxan qumlari asosida olinadigan engil g‘ovak to‘ldiruvchilar olish texnologiyasini keltiring?
6-§.Komporit ishlab chiqarish texnologiyasi Kamporit olish uchun asosiy xomashyo sifatida tog‘ yon bag‘ridagi tuf va datsit porfirlari qo‘llaniladi. Plastiklovchi qo‘shimcha o‘rnida bentonit loylari va qumoq tuproqlar ishlatiladi. Kamporit sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchining asosiy xom ashyosi dolomit va dolomitsimon oxaktosh chiqindilari 60% ni va Darvoza konidagi bentonit gili 40% ni tashkil topgan. Ular aralashmasidan tarelkali donalagichlar yordamida donalar tayyorlanib, aylanma pechlarda 1180-1220 0S da 30-35 minut davomida kuydiriladi. So‘ng tayyor mahsulotlar bunkeriga uzatiladi.