Taqrizchilar: S. J



Download 2,09 Mb.
bet11/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

Donadorlik tarkib to‘ldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini ko‘rsatadi. Bu miqdorni to‘ldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70 mm va undan ham yirikroq standart elaklardan o‘tkazib aniqlanadi. To‘ldiruvchilar turli o‘lchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan turlariga bo‘linadi. Fraksiyalangan to‘lidiruvchining donalari alohida fraksiyalarga ajralgan,
o‘lchamlari esa bir-birlariga yaqin, masalan 5-10 mm yoki 20-40 mm dan iborat. To‘ldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta yiriklikdagilari bo‘yicha xarakterlaydilar. Bu holda to‘ldiruvchi donalarining nisbatan eng kichik yoki eng katta o‘lchamlariga qarab tushuniladi. To‘ldiruvchida alohida yirik yoki mayda donalar uchrashi mumkin, biroq ularning miqdori 5 % dan oshmasligi kerak.
Agarda donadorlik tarkibda barcha o‘lchamlardagi, xususan eng maydasidan eng yirigigacha donalar mavjud bo‘lsa bu tarkib uzluksiz tarkib deyiladi. Agarda to‘ldiruvchida qandaydir bir oraliq o‘lchamlardagi donalar mavjud bo‘lmasa bunday donador tarkib uzlukli tarkib deb ataladi.
Uzlukli tarkibli qorishmalardan o‘rtacha o‘lchamlardagi fraksiyalarni olib tashlanganda g‘ovaklikning kamayishi ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi harakatchan beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab olish zarurati tug‘iladi. Uzluksiz donador tarkibli qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq bo‘lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda to‘ldiruvchidagi mayda fraksiyalarning hajmi, hamda to‘ldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi va
to‘ldiruvchining bo‘shliqlarini kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan tashqari uzlukli donadorlik tarkibning qatlamlanishga moyilligi bo‘lib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to‘ldiruvchining donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag‘aldan foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag‘al fraksiyalari orasidagi nisbat imkoniyat darajasida tanlanadi. Donador tarkibni yomonlashuvini qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. SHuning uchun standartlar va texnik ko‘rsatmalarda bir necha turli donadorlik tarkiblar tavsiyasi ko‘rsatiladi va to‘ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraksiyalar nisbatida ma’lum darajadagi o‘zgarishlarga imkon beriladi.
Yiriklik moduli qumning beton xususiyatiga faqat taqribiy baho bera oladi, chunki turli donador tarkibdagi qumlar bir xildagi yiriklik moduliga ega bo‘lishi mumkin.
Zich tog‘ jinslaridan olingan shag‘al va chaqiq toshning donadorlik tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo‘lganligi uchun eng kichik va eng yirik o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
3.3.-jadval

Elak teshiklarining o’lchamlari, mm

D kich
5 mm

D kich
10 mm

0,5 Dkich+Dkat

Dk
at

Bir fraksiya uchun

Fraksiy alar aralashmasi uchun

To’liq qoldiqlar, %

95­
100

90­
100

40-80

50-70


10

To‘ldiruvchini optimal donadorlik tarkibi aksariyat, nafaqat qum va chaqiq toshning donadorlik tarkibiga, balki ularning o‘zaro to‘g‘ri nisbatini tanlashga ham bog‘liq.
Bu nisbatning to‘g‘ri tanlanishiga faqat beton tarkibini hisobga olish bilan erishish mumkin, xususan sement va suvning miqdorini to‘g‘ri tanlash orqali erishiladi.
Sement sarfi ko‘p bo‘lgan yuqori mustahkamlikdagi va bikir beton qorishmalarida qum hajmi yoki to‘ldiruvchining mayda fraksiyalarini umumiy hajmga nisbatan to‘ldiruvchini aniq xususiyatlari va beton tarkibidan kelib chiqqan holda kamaytirish maqsadga muvofiq.
To‘ldiruvchining bo‘shligi bilan donadorlik tarkib bevosita bog‘liq bo‘lib, uning zich joylashuvchanlik imkoniyatlari bilan aniqlanadi. SHuningdek, to‘ldiruvchi donalarining shakli bo‘shliqlilikka ta’sir ko‘rsatadi. To‘ldiruvchining bo’shliqliligi - ahamiyatli jihat bo’lib, u sement sarfi (qanchalik bo’shliqlar ko‘p bo‘lsa shunchalik sement sarfi ortadi) va beton xususiyalariga ma’lum darajada ta’sir etadi. Nazariy nuqtai nazardan to‘ldiruvchidagi bo‘shliqlar hajmi undagi donalarning yirikligiga emas, balki donalarning shakliga, ularning joylashish zichligi va quyilishiga bog‘liq. Bu fraksiyadagi to‘ldiruvchining bo‘shliqligi 0,3 dan 0,48 gacha o‘zgaradi.
Donalarning qirralari ko‘payishi bilan bo‘shliqlar hosil bo‘lish ehtimoli ortadi. Aksariyat, uzunchoq ko‘rinishdagi (ignasimon, yapasqi) donalar qo‘llanilganda bo‘shliq ortib ketadi. SHuning uchun bunday donalarning shag‘alda yoki chaqiq toshdagi miqdori oddiy og‘ir betonlarda 35% dan, yo‘l qurilishi uchun mo‘ljallangan shag‘alda esa 25%dan oshib ketmasligi zarur (yapasqi donalar betonning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).
SHu sababli, qumning hajmi Vqum = 0,01Vbo‘sh.yir. bo‘lsa, u holda yirik to‘ldiruvchining donalari qorishmada kam miqdorda siljiydi va qorishma bo‘shliqligi ortadi. Aralashma bo‘shliqligining mayda va yirik to‘ldiruvchilarga bog‘liqligini I.N.Axverdov grafik ko‘rinishida (rasm.3.1.)tasvirlaydi.



Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish