Turist-sayyohning o‘tadigan mamlakati. Uning ijtimoiy-madaniy qiyofasi sayyohning harid xohishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, sayyoh o‘tadigan mamlakat bilan «valyuta almashinish samarasi» degan gap bog‘liq. U ko‘p hollarda u yoki bu mamlakatda bo‘lish istagini belgilaydi. Agar allaqachon tanilgan bo‘lsa, sayyoh tomonidan rivojlantirilgan harajatlar hajmini belgilaydi. Bu avvalo dollar, yoki yevro muomilada bo‘lgan mamlakatlarga, yaqindan buyon esa Yaponiyaga taaluqlidir;
Rayon va dam olish joyi. Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, san’at shaharlari bo‘ylab safar turistlarga dengizda, tog‘ yoki ko‘lda dam olishga nisbatan qimmatga tusharkan. Harajatlar kattaligi shuningdek turistik markazlar bo‘yicha ham farqlanadi. Venesiyada u odatda Paduye va Veronga nisbatan yuqori;
Joylashtirish tipi. Harajatlar hajmi joylashish turiga (otel, kemping, sayyohlar qishloqchasi va boshq.) va uning kategoriyasi – toifasiga bog‘liq;
Dam olish davomiyligi. U kurortga borish uchun transport, turini joylashish tipini tanlashga shuningdek tovarlar va xizmatlar hajmini belgilashga ta’sir qiladi. Ya’ni dam olishda turistning sarflaydigan barcha harajatlarini aks ettiradi va bu turistik harajatlarning bosh statiyasida namoyon bo‘ladi;
Dam olish vaqti (mavsumiy, mavsumlararo, mavsumiy emas). Turistik harajatlar kattaligi kurortlarga borish va yashash narxlarining mavsumiy o‘zgarib turishiga qarab turlanib turadi.
Bu besh omil turistlarning har bir safarida tovar yoki xizmatlar, sarflarning hajmi va tarkibini tanlash va aniqlash imkonini beradi.
1998 yilda xalqaro turistik harajatlar (transport tashishlari hisobga olinmgan holda) 400 mlrd. dollarga yaqinni tashkil etadi. Uning katta qismi (200 mlrd.ga yaqini) Yevropaga to‘g‘ri keladi va jahonda barcha turistik oqim aylanishining yarimidan ko‘prog‘ini qamrab oladi. Yevropaliklar sayyohatga qolgan barcha hududlarni birgalikda olganiga qaraganda ko‘p sarflashadi. Ikkinchi o‘rinda Amerika turadi. Keyingi vaqtlarda unga Osiyo-Tinch okeani hududlari jips yaqinlashib keldi, ayrim yillari hatto uni quvib o‘tdi.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro turizmda asosiy harajatlarni industrial rivojlangan davlatlar qilayapti, xususan AQSH, Germaniya, Buyukbritaniya va Ispaniya. Jami harajatlarning uch qismiga yaqini ana shu to‘rt davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. Ulardan tashqari xalqaro turizm harajatlarini shakllantirishda, ularni kattaligi va tarkibida «kata yettilik»ning boshqa a’zolari – Fransiya, Italiya va Kanada sezilarli rol o‘ynaydi.
90-yillarning ikkinchi yarimida salmoqli xalqaro turizm harajatlarini shakllantirayotgan guruh mamlakatlarga Skandinaviya mamlakatlari (Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya), ba’zi G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Avstriya,
Shveysariya, Benilyuks mamlakatlari), Lotin Amerikasining yangi industrial mamlakatlari (Braziliya, Argentina, Venesuela), Osiyo mamlakatlaridan – Xitoy,
Singapur, Malayziya qo‘shildi.
Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro turistik harajatlar umumiy hajmida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ulushi uncha kata emas. Ular orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar qatorida turuvchi Rossiya va xalqaro turistik harajatlar rekord o‘sishini namoyish etayotgan Polsha alohida ajralib turadi. Besh yil ichida, 1991 yildan 1995 yilgacha polyaklarning xorijga ommaviy safarlari 40 martaga ko‘paygan.
Avstralosiye subregioni (Avstraliya va Yangi Zellandiya) jahon turistik bozorida kamtarona o‘rinni egallab turibdi. 2000 yilda hamma xorijiy turistik safarlarning 0,6 % va jahonda xalqaro turizm harajatlarining 2 % uning hissasiga to‘g‘ri keladi, xolos. Ammo xorijga bir safar uchun aholi sarflayotgan turistik harajatlar ko‘rsatkichi bo‘yicha shubhasiz Avstraliya yetakchi hisoblanadi. Sayohatga sarflar yuqoriligi subregionning asosiy turizm markazlaridan uzoqligi bilan izohlanadi. Safar qiymatida sarflar ulushining 30 % xalqaro transport tashishiga to‘g‘ri keladi. Belgilangan joyga yetib borish uzoqligi transport harajatlarini qoplash shunga majbur etadi. Avstraliya va Yangi Zelandiya aholisiga xorijga safar o‘rtacha, 2604 dollarga (transport harajatlari qo‘shilgan holda) tushadi. Bu jahon o‘rtacha darajasidan uch barovar ko‘pdir.
Safar harajatlari kattaligi hududlar bo‘yicha ayniqsa jahonning subregionlari bo‘yicha sezilarli farqlanadi. Ko‘rsatkichlar ahamiyati yoyib chiqilsa 10 karra kattalikni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlardan birida Markaziy va Sharqiy Yevropa turibdi. Sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolari eng tejamli turistlar bo‘lib chiqishdi. 1990 yilda ular xorijga safarga (transport harajatlarini ham hisobga olgan holda) o‘rtacha 25,3 dollar sarflangan. Yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasdan, ular jahonni ko‘rish ishtiyoqida hamma narsadan tejab qolishgan. Shaxsiy avtomobilida yo‘lga chiqishda o‘sha davrdagi jahon turistik oqimining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlaridan o‘zib benzin va yeguliklarni g‘amlab olishgan.
Bu tendensiya 1973-1974 yillardagi jahon energetika krizisidan keyin paydo bo‘la boshladi. U sezilarli ravishda jahonda turistik xizmatlar, tovarlar va ishchi kuchlari, ayniqsa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda, qimmatlashgani bilan bog‘liq. Chunki, xalqaro turistik almashinuvlarning kata qismi shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro turizmdan tushumlarni regional – hududiy taqsimlanishi asosan turistik tashriflarning geografiyasi bilan mos keladi. Urushdan keyingi butun davrda, 1950 yildan tashqari, eng daromadli turistik hudud bo‘lib Yevropa hisoblanib kelinmoqda. Ammo umumiy tushumlar hajmida uning ulushi salmog‘i asta-sekin pasayayapti. Bu turistlar harajatlarini o‘rtacha jon boshiga kamayishiga nisbatan qisqa davom etadigan safarlar bozorini gurkirab rivojlanishi bilan izohlanadi.
60-yillar o‘rtalaridan boshlab Osiyo-Tinch okeani hududi salmog‘i jadal ko‘paymoqda. Bu hududda turistik daromadlar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlarining eng yuqorisi (1985-1995 yillarda 18,5 %) bo‘lgani qayd etilgan. 90-yillaridagi moliyaviy krizis-inqiroz bu hududda xalqaro turizmdan tushumlar dinamikasiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. O‘sish sur’atlari keskin tushib ketdi va 1999 yilga nisbatan 1998 yilgi 2,2 % darajani tashkil qildi.
Turistik tushumlarda Amerika ulushi AQShning faol turistik siyosat olib borishi natijasida oshib bormoqda. Bunga AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasida ichki regional turistik almashinishning tezlashgani, yaqinda tashkil qilingan Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi doirasida integratsiya aloqalarining kegayayotgani yordam bermoqda.
Turistik tushumlarda Afrika ulushining juda pastligi o‘ziga diqqatni tortadi (1998 y. 2,2 %). Ayniqsa daromadlarga taqqoslanganda u 4% ni tashkil qilgan.
Bunday vaziyat hududining umumiy iqtisodiy stagnatsiyasi va o‘z daromadlarining sezilarli qismini Afrika bozorlarida ishlayotgan xalqaro turistik agentlar va mehmonxona korporatsiyalariga o‘tkazilishi oqibatida vujudga keldi.
Xalqaro turizmdan tushumlar rivojlangan Shimoliy Amerika mamlakatlari (AQSH, Kanada) va G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya), O‘rta yer dengizi (Italiya, Ispaniya, Gresiya), va Alp (Avstriya, Shveysariya) mamlakatlarida to‘planayapti. Ularning ulushi jami tushumlarning yarimini tashkil qiladi.
Hozirgi paytda 15 eng daromadli turistik mamlakatlar ruyxatini AQSH boshqarmoqda. Ular kata o‘sish bilan oldinlanib ketgan holda keyingi yillarda o‘z turistik daromadlarini tobora ko‘paytirib borishayapti. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda xalqaro turizmdan tushgan tushumlar hajmi ikkinchi yarmidagi
Fransiyadagidan 2,4 marta oshgan 1980 yilda ular o‘rtasidagi farq kam sezilarli – 1,2 marta (mos ravishda 10,1 va 8,2 mlrd. dollar) edi. So‘nggi yillarda yetakchi o‘nlikka shuningdek Xitoy ham kirdi. U 25 –o‘ringa ko‘tarildi. Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlaridan birortasi 7 mlrd. lik marrani zabt etisholmadi. Yaxshi natijani RF qo‘lga kiritdi (1998 y. 6,5 mlrd. dollar). Biroq sobiq soitsalistik mamlakatlar tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar hajmini tez ko‘paytirib borishayapti. Besh yilda, 1992 – 1996 yillar davomida jahonda turistik daromadlar 40 % ga oshgan holda, Litvada 26 martaga, Estoniyada 17 martaga, Moldava Respublikasida 15 martaga o‘sdi.
Xalqaro turizmdan tushumlar hajmi turistik yo‘nalishdagi daromadlar darajasini baholashda keng foydalaniladi. Ammo aniqroq ko‘rsatkich bo‘lib, bitta kelishdan va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan turistik daromad miqdori hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarga asoslangan manzara yuqorida keltirilganlardan keskin farq qiladi.
1995 y. BTT turistik yo‘nalishning daromadligini tadqiq qilib ko‘rdi. Bir kelishdan tushgan tushum o‘rtacha 708 $ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha kuchli aralash-quralash bo‘lib ketdi. Kelishlardan tushgan daromad asosiy bosh turistlar yetkazib beruvchilar bilan umumiy quruqlik chegarasiga ega bo‘lgan mamlakatlar (Kanada, Meksika) da (AQSH bilan chegara ko‘zda tutilayapti) kam bo‘ldi. Shuningdek sobiq sotsialistik mamlakatlar (Xitoy)da ham past bo‘ldi. Kelishlardan tushgan yuqori daromad chiqish turizm yirik bozoridan uzoqlashgan, hayot qiymati yuqori harakterli yoki elita turistlariga mo‘ljallangan joylarda ko‘zga tashlandi.
Malayziya va Indoneziya turistik yo‘nalishning daromadlik farqiga klassik misol bo‘lib xizmat qila oladi. Har ikkala mamlakat ham turizm rivojlanishining bir bosqichida turibdi. Ammo Malayziya asosan turistlarni qo‘shni Singapur va Tailanddan qabul qiladi. Uning kelishlardan tushgan daromadi 1995 y. da 523 dollarni, Indoneziyaniki esa 1209 dollarni tashkil etgan.
BTT tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1995 yil bir kelishdan tushgan daromadlar bo‘yicha Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qildi – Daniya (2,3 ming $). Xalqaro turizmdan tushgan tushumlar mutlog‘ ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular birinchi o‘nlikka kirishgani yo‘q. AQSH 1-o‘rindan 19-o‘ringa tushib ketdi.
Bir kelishdan 1,4 ming dollar. Fransiya, Italiya va Ispaniya nisbatan daromadliroq 50 davlatlar qatoridan umuman joy ololmadilar. Bu albatta milliy turistik ma’muriyatlarni tashvishlantirmasdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |