Osiyo mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2005 yil) -
Asosiy turistik yo‘nalishlar
|
Keluvchi turistlarning
umumiy soni
(mln.kishi)
|
Hissasi (%)
|
Keluvchi turistlardan olingan
daromad
(mln. dollar)
|
Hissasi (%)
|
Osiyo va Tinch okeani mintaqasi
|
155432
|
100,0
|
138588
|
100,0
|
Avstraliya
|
5020
|
3,2
|
14952
|
10,8
|
Kambodja
|
1422
|
0,9
|
840
|
0,6
|
Xitoy
|
46809
|
30,1
|
29296
|
21,1
|
Guam
|
1228
|
0,8
|
-
|
-
|
Gonkong (Xitoy)
|
14773
|
9,5
|
10286
|
7,4
|
Xindiston
|
3915
|
48,7
|
7356
|
4,9
|
Indoneziya
|
5002
|
3,2
|
4521
|
3,3
|
Eron
|
1659
|
-
|
-
|
-
|
Yaponiya
|
6728
|
4,3
|
12439
|
9,0
|
Koreya Respublikasi
|
6022
|
3,9
|
5660
|
4,1
|
Laos xalq demokratik respublikasi
|
672
|
0,4
|
147
|
0,1
|
Makao (Xitoy)
|
9014
|
5,8
|
7757
|
5,6
|
Malayziya
|
16431
|
10,6
|
8543
|
6,2
|
Yangi Zellandiya
|
2365
|
1,5
|
4865
|
3,5
|
Fillipin
|
2623
|
1,7
|
2130
|
1,5
|
Singapur
|
7080
|
4,6
|
5740
|
4,1
|
Tayvan (Xitoy)
|
3378
|
2,2
|
4977
|
3,6
|
Tailand
|
11567
|
7,4
|
10108
|
7,3
|
Vetnam
|
3468
|
2,2
|
-
|
-
|
Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
Shuni qayd qilish zarurki, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Amerikadagidek turistlar kelishi bo‘yicha asosan bir sub mintaqada o‘rnashgan. Ammo biroq turistlar kelishi darajasi anchagina past. Ularning tarqalishi Sharqiy, Janubiy – sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlarida bir tekisda tarqalgan.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida asosiy turistlar oqimi Sharqiy Osiyo ya’ni Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy (3/5 qismi) mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda esa Janubiy–sharqiy Osiyo (1/3) mamlakatlari egallaydi. Avstraliya va Okeaniya hududlariga qariyib 10 % keluvchi turistlar soni to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy Xalq
Respublikasi (XXR) alohida o‘rinni egallaydi. Uning evaziga butun mintaqaga keluvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo‘shib hisoblaganda esa 50 % to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, hozirgi kundagi Xitoy turizmi o‘tgan asrning 70- nchi yillaridan boshlab rivojlana boshladi, Qaysikim Xitoyda iqtisodiy islohatlar ya’ni «ochiq eshik» siyosati amalga oshirilishi bilan tub o‘zgarishlar ruy berdi. Birgina 1988 yilda Xitoyga tashrif buyuruvchi turistlar umumiy soni 1979 yilga nisbatan 37 barobarga oshdi. Shu davrda Xitoyga keluvchi turistlarning aksariyat qismi Yaponiya va AQSH mamlakatlaridan tashkil topdi. Ya’ni Xitoyga keluvchilarning har uch kishidan biri-yaponlar, har besh nafar keluvchi sayyohlardan biri esa amerikaliklar edi. Undan keyingi o‘rinlarni G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya), Janubiy-Sharqiy Osiyo (Singapur, Tailand, Filippin), Avstraliya va Kanada davlatlari egallaydi. So‘nggi yillarda Xitoy turizm bozorida ishtirok etishda Malayziya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Mongoliya va Rossiya davlatlari faollik ko‘rsatmoqda.
Xitoyga tashrif buyurgan sayyohlarda an’anaviy Pekin-Shanxay-Sian-Guilen yo‘nalishlarini chetlab o‘tib, Syangan (Gonkong) va Guandjou kabi o‘lkalarni borib ko‘rishga qiziqish o‘smoqda. Ayniqsa turistlar uchun Xuanxe daryosida sayr tamosho qilish, Yanszi daryosi bo‘ylab daralarni ko‘rish yoki qadimgi Xitoy devorlari va kanallarini kuzatish, xitoyliklar taomlarini tatib ko‘rish, qadimgi xitoy, tabobat ilmi usullari bilan yaqindan tanishish, ommaviy xalq sayillarida («qog‘oz ilonlar» festivalida) ishtirok etishga muyassar bo‘lishadi.
Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi o‘n yilliklarda xalqaro turizmda Xitoy shonshuhrati tobora ortib bormoqda. Agar 1990 yilda Xitoy mamlakatga turistlar kelishi bo‘yicha dunyoda 12 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1995 yilga kelib 8 o‘rin, 2000 yilda esa beshlik davlatlari qatoriga ko‘tarildi. 2005 yilda Xitoyga keluvchi turistlarning umumiy soni qariyib 47 mln. kishiga yetdi. BTT prognozlariga ko‘ra 2020 yilda Xitoyga (Syangan bilan birgalikda) keluvchi turistlar umumiy soni 196 mln. kishiga yetishi kutilmoqda. Ya’ni bu degani Xitoyga keluvchilar soni AQSH va Fransiyaga nisbatan 2 barobarga, Ispaniyaga -3 barobar, Italiya va Buyukbritaniyaga esa 4 barobarga ortadi demakdir.
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha Xitoydan tashqari yangi industrlashgan (sanoatlashgan) mamlakatlar, jumladan: Syangan (Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailand kabilar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda xalqaro turizmning ishga aloqador sohasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa
Tailand o‘zining ekzotik tabiati bilan ko‘p mingli turistlar guruhini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan (Gonkong), Singapur kabilar o‘zining ko‘ngil ochar turizm sohasi bilan mashhur bo‘lib bormoqda.
Yaponiya mintaqadagi eng rivojlangan turistik davlatlardan biridir. Bu yerga tashrif buyuruvchi turistlar turli xil maqsadlar bilan kelishadi. Ularning ko‘pchiligi dam olish, ko‘ngil ochishni ma’qul ko‘rishadi. Yaponiya ko‘ngil ochish turizmi bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan bir qator mamlakatlar, jumladan,
V’etnam, Laos, Kambodja, Mongoliya kabilar ham xalqaro turizm biznesida o‘z o‘rnini tompoqda.
BTT ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Sharqiy, Janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlari yaqin kelajakda xalqaro turizmda keluvchi turistlar soni bo‘yicha o‘z mavqeini yanada saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |