Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
www. onerail. com. 2001 yil martida Internetdan foydalanuvchilar temiryo‘l biletlarini bronlashtirish bo‘yicha yirik portalga kirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu tizimda yer yuzining deyarli barcha burchaklaridan 250 mln. marshrut taqdim etilgan, onlayn rejimida ularning istalganiga bronlashtirish mumkin. Bronlashtirish rasmiylashtirilganidan so‘ng tizim elektron tasdiq beradi. Turist uni elektron biletlar sotiladigan kioskalarda yoki kassalarda temiryo‘l bilitega almashtirishi lozim. «Onerail» turagentliklar uchun juda foydali hamkorlik shartlarini taqdim etadi. Ular har oyda o‘tkazilgan har bir bronlashtirish uchun komission mukofat olish imkoniyatiga ega. Kompaniya yetakchi GDSlar bilan faol hamkorlik qilmoqda: “Amadeus”, “Sabre”, “Worldspan” va “Galileo” shular jumlasidandir. Natijada foydalanuvchilari «Onerail» resurslariga kirish imkoniga ega bo‘ldilar.
www. eventclieks. com. Osiyo-tinch okeani regionida insentiv – turizm va kongressli – ko‘rgazmada doimiy oshib borayotgan talabga peshvoz chiqib, Gonkong Internet – kompaniyasi “E-kong Group” 2000 yil iyunda www. eventclicks.com. saytini ochdi. U to‘liq Osiyoda turizmga bag‘ishlangan. Mazkur saytda mehmonxonalar o‘zining kongresli va insentiv imkoniyatlari haqida bepul axborotlar joylashtiradi. Komissiya esa uning egasi foydasiga mijozlarning bronlashtirgan summasidan ushlab qoladi, xolos. Tizimida barcha otellar teng holatda, negaki bu yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarga narxlar e’lon qilinmaydi. Demak, mijoz ma’qul varitantni tanlab, www eventelicks. com. komandasini so‘raydi, u uning mehmonxona bilan kelgusi diologini ta’minlaydi.
www. lastminute.com. Bu saytning nomini o‘zi aytib turibdi, negaki u birinchi navbatda turlar va biletlarni bunday aytganda «oxirgi minutda» yoki «yonib borayotgan» lahzalarda sotish uchun tashkil etilgan. Ayrim baholarga ko‘ra, bugungi kunda www. lastminute.com. Yevropada birinchi raqam turistik saytga aylangan ko‘p sonli obunachilari va xizmatlar yetkazib beruvchi «Luftganza» aviakompanisidan Angliya milliy biletigacha ega. U mutlaqo mustaqil va barcha yetkazib beruvchilarga resurslar haqida axborotlar taqdim etadi. Ushbu sayt sharofati bilan Buyukbritaniyada birinchi marta tashkil etilgan joyda shunchalik mashhurki, egalari Fransiyada, Shvesiyada, Germaniyada va nihoyat Avstraliyada va JARda uning lokal versiyalarini ochishga shoshildilar. Shuning uchun mazkur konsepsiya Rossiyada ham davomini topganiga ajablanmasa bo‘ladi – bu mamlakatda «kuyayotgan putyovkalar magazini» ishlab turibdi.