Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
8.4. Xalqaro turizmda globalashuv jarayonlari Hozirgi zamon jahon bozori rivojlanishi tendensiyasi ichida, xususan turistik sohada globallashuv jarayonlari e’tiborni tortadi. TMKlar bir milliy kapitalidan va separat harakatdan siyosiy hamkorlikka, qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga o‘tdi. Bu tendensiya korporatsiyalarning global ittifoqlari paydo bo‘lishida qo‘zga tashlanadi.
TMKlarning soni tez ko‘payishi bir qator omillar ta’siri ostida sodir bo‘lmoqda. Ularning ichida jahon bozorida raqobatning kuchayishi omili hal qiluvchi ta’sir o‘tkazmoqda. U faqat ko‘proq rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari o‘rtasidagina emas, balki jahon «qashshoq» bozorlarini tobora ko‘proq egallab olayotgan yangi industrial mamlakatlardan chiqqan firmalar ularning xavfli raqiblariga aylanishayapti. Bular mehmonxonalar xo‘jaligida
Syangan (Gonkkong), «Shangri-La», «Regal Xoutlez», «Mandarin Oriyentl»larga tegishli otellar zanjiridir.
Global ittifoqlashuv mohiyati shundan iboratki, inson, moliyaviy va ilmiytexnik resurslar yutuqqa erishish uchun turli firmalar bilan birlashtiriladi. Hamkorlik yordamida maqsadga erishishning samaraliroq yo‘llari belgilab olinadi. Ular birgalikda har bir ishtiroki tomonning yutuqlaridan foydalanishadi. Umumiy dasturni amalga oshirish bilan bog‘liq harajatlarni taqsimlaydilar va qaltisliklarga bahamjihat qo‘l uradilar.
Global ittifoq tuzish mehmonnovozlik va turizm industriyasining turli sektorlarida amaliyotga kiritilayapti. Buning yorqin misoli qilib, turistik mahsulotlarni bronlashtirish global kompyuter tizimining birlashtirilishini ko‘rsatish mumkin. Ular tufayli avia kompaniyalarning tashqi aloqa tizimlari otellar, turagentliklar, avtomobillar ijarasi (prokati) va boshqalar kompyuter tarmog‘i majmualari bilan ulangan. Bular turistik xizmatlar paketlarini bronlashtirish yoki ularning alohida elementlari – avia uchishlar, otellarga joylashtirish, teatrlarga biletlar sotish, sug‘urta polislariga buyurtmalar berish imkonini beradi.
Turistik mahsulotlarni bronlashtirish kompyuter tizimining eng mashhur va yiriklaridan biri SEYBR, «Amadeus» va «Uorldspen» bilan bir qatorda «Galileo Interneyshnl» hisoblanadi. Uning vizit kartochkalari bilan egiluvchanlik va zahiralashtirishga keng imkon beradigan qudratli axborot bazasi yaratilgan. «Galileo Interneyshnl» hozirgi zamon ko‘rinishida 1993 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayapti. U ikki bronlashtirish elektron tizimi – «Galileo» va «Kovya-Apollo»ni qo‘shib olgan. Birlashgan tarmoqlar ta’sischisi sifatida Shimoliy Amerikalik va Yevropalik aviatashuvchilar chiqishdi. Ishtirokning teng ulushi asosida ular 1,5 mlrd. dollar miqdorida yangi kompaniyaning ustav fondini tashkil qildilar. U 120 ming terminallarga ega bo‘lib, 500 aviakompaniya, 31 ming otellar, 44 avtomobillarni ijara (prokat)ga berish firmalarini qamrab olgandi. Undagi abonentlarining umumiy soni 42 mingga yetadi.
Qo‘shilish, ma’lumotlar yagona bazasini yaratish va Denver (AQSH, Kolarado sht) shahrida shtab-kvartirasiga ega bo‘lishiga qaramay «Galileo Interneyshnl», «Kovya-Apollo» va «Galileo»ni ikki mustaqil tizim sifatida saqlab qolish va rivojlantirishni mo‘ljallayapti. Agar birinchisi AQSH, Meksika va kamroq darajada Yaponiyaga xizmat ko‘rsatishda davom etsa, ikkinchisi «Jemin» tarmog‘i mavjud Kanadadan boshqa hamma mamlakatlarga ishlaydi.
Hozirgi vaqtda, global ittifoqlardan tashqari, strategik alyanslar ham tuzilmoqda. Birinchisiga mulkiy munosabatlarni o‘zgartirish xos. Ikkinchisi esa tomonlarning kelishuviga asoslangan va mulkchilik munosabatlariga teginilmaydi. Shuning uchun strategik alyanslar keng yoyilmoqda.
Strategik alyanslar turli ko‘rinishlarda (konsorsiumlar, strategik harakterdagi qo‘shma korxonalar va h.k) bo‘lishi mumkin. An’anaviy firmalararo shartnomalardan farqli ravishda ularning hammasi alyans ishtirokchisining global strategik faoliyat doirasida kompaniya uchun uzoq muddatli raqobatbardosh ustunlikka erishishga qaratilgan.
Mehmonxonalar xo‘jaligida strategik alyanslar xizmatlarni birgalikda amalga oshirish uchun bir necha kompaniyalar o‘rtasida tuziladi. Mol sotish, kelishilgan marketing faoliyati, yirik moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirish yagona tarmoqlari yaratiladi. Bunday birlashuvlar asosiy motivlari shundan iboratki, mehmonxona kompaniyalari oraqali bozorda o‘zining savdo markasi harakatini amalga oshirish hisoblanadi. Alyans doirasida bir firma mahsuloti ikkinchisiga bozorga chiqishga imkoniyat yaratadi va moliyaviy qaltislikni bo‘lib olish yo‘li bilan noqulay iqtisodiy kon’yunktura chog‘ida ikkalasi ham bankrotlikdan qutulib qolishadi.
Strategik alyansga misol bo‘lib 1996 yil oxirida «Karlson Xospiteliti Uorlduayd» (AQSH) va «For Siznz» (Toronto) guruhlari o‘rtsaida tuzilgan sherikchilik bitimlari xizmat qiladi. Uning maqsadi-so‘nggi xalqaro otellar zanjiri «Ridjent»ga tegishli otellarni kengaytirish. Alyanslar o‘z samaradorligini ko‘rsatib, XXI asrda mehmonxonalar o‘sishining bosh strategiyasiga aylanadi. Mehmonnovvozlik industriyasida tadqiqot o‘tkazgan Nyu-York universiteti mutaxassislari shunday xulosaga keldilar.
Globallashuv jarayonlari ko‘proq havo transportida ko‘zda tutilmoqda. Jahonning yetakchi aviakompaniyalar o‘rtasida mustahkam sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ular yirikroq yuktashuvchilar aksiyalarini sotib olishdan ko‘ra o‘z raqobatchilari bilan strategik alyanslar tuzishni ma’qul ko‘rishmoqda.
O‘zaro kelishuvga erishib, aviakompaniya tezda yo‘nalish tarmoqlarini kengaytirishi, o‘zining bozor ulushini ko‘paytirishi, boshqa yuk tashuvchilarning bozorga kirishini cheklab qo‘yishi mumkin. Bunday hamkorlik alyansning hamma ishtirokchilariga umumiy natijalar beradi - havo orqali yuk tashish hajmini va foydani ko‘paytiradi.
Aviakompaniyalar o‘rtasidagi bitimlar faoliyatning har xil sohalariga taaluqlidir. Ilgari ular aeroportlarda asosan yuk ortish, tushirish ishlarini boshqarish, joriy moliyalashtirish va investitsiyalash (birgalikda yonilg‘i, samolyotlar sotib olish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, ustaxonalaridan foydalanish va h.k.)ga, shuningdek birlashgan tijoriy vakolatxonalar ochishga tarqalardi. Misol uchun «Djapan Eyrlaynz», (Yaponiya), «Lyuftganza» (Germaniya) va «Er Frans» (Fransiya) aviakompaniyalari Nyu-Yorkdagi J.Kennedi nomidagi aeroportda birgalikda terminal qurish haqida bitim tuzdilar.
Bugungi kunda havo tarnsportida xalqaro strategik alyanslar taraqqiyotning yangi bosqichini boshdan kechirmoqdalar. Aviatashishlar bozori ustidan nazorat o‘rnatishga intilib, alyans a’zolari tez-tez uchadigan yo‘lovchilar uchun maxsus rag‘batlantirish dasturi doirasida o‘zaro o‘z identifikatsion kodlari bilan almashinishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu tarzdagi tajribalar aviaxizmatlar bozorida chuqur o‘zgarishlarga olib keldi.
Mahsus «Ef-Ef-Pi» dasturi mijozlarni ma’lum aviakompaniyalarga birkitib qo‘yadi va yo‘lovchilarni boshqa yuk tashuvchilarga oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Keyingi vaqtlarda ular qudratli marketing quroliga aylandi. Samarali qo‘llanilishi global strategik alyansda integratsiyalash hollarida imkoniyatlarni yanada kengaytirayapti.
Yaqinda «Yunayted Eyrlaynz», «Lyuftganza», «Eyr Kanada» va SAS aviakompaniyalari doimiy yo‘lovchilarga munosabatda birgalikda strategik dastur ishlab chiqdilar.
Rag‘batlantiruvchi dasturlarni birlashtirgan holda alyans a’zolari o‘zlarining mijozlar bazasini kengaytirmoqda va bozordagi o‘rinlarini mustahkamlashmoqda. Bu strategiya havo transportini umum liberallashtirish sharoitida aviatashishlarni monopollashtirishga olib keladi. U bozorga yangi o‘yinchilar chiqishi va raqobatni cheklash uchun to‘siq yaratadi.
Mayda va yangi tashkil etilgan avia kompaniyalar alyanslarni ko‘p sonli doimiy yo‘lovchilar kontingentiga egalik qilishda, antimonopolik qonunchilikni buzishda ayblaydilar. Monopoliya harakatlari ustidan nazorat qilish va raqobat muhitini himoya qilish mahsus organlari alyanslarning shakllanishi va strategik rivojlanishi ustidan diqqat bilan ko‘zatib turadilar.
Ammmo ular hozircha belgilangan huquqiy meyoorlarni amalda buzulishi hollarini ko‘rib chiqmaydilar. Tez-tez uchuvchi yo‘lovchilar uchun rag‘batlantiruvchi dasturlarni birlashishidan tashqari, alyans a’zolari o‘rtasidagi identifikasion kodlar almashinish yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda. Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) qoidalari bo‘yicha avikompaniya o‘zining identifikatsion kodlarini boshqalarga foydalanish uchun taqdim etishga haqli yoki bir necha tashuvchilar o‘sha bitta koddan foydalanishlari mumkin. Bu degani yo‘lovchilar biletda ko‘rsatilgan avikompaniyalar samolyotlarida emas, balki boshqasida uchadilar. Is’temolchilar huquqlarini himoya qilish uchun kod almashinuvlarini tartibga solish taklif etilmoqda. Mazkur masalani hozir muhokama qilish jarayoni kechmoqda. Aviakompaniyalar hozircha hech bo‘lmaganda bu tartib haqida yo‘lovchilarni xabardor qilishlari zarur.
Idensifikatsion kodlarning almashinishida «ha» va «qarshi» degan dallilar qanaqa bo‘lmasin, bitimlar soni o‘sib bormoqda. 1997yil ispan «Iberiya»aviakompaniyasi, Shvesariyaning «Svisseyr» va Avstriyaning «Ostrian Eyrlaynz» kompaniyalari bilan «Delta Eyrlaynz» kodini almashish haqida kelishib oldi. «British Midlend», «Galf Eyr»bilan, «Djapan Eyrlaynz», Avstriyaning «Kuantas Eyrlaynz» bilan xuddi shunday kelishib oldilar. O‘sha yili «Delta Eyrlaynz» va «Kantinentl Eyrlaynz», «Er Frans» bilan kod almashinish bo‘yicha ko‘p rejali bitim imzoladilar. Identifikatsion kod almashinishlar bo‘yicha tuzilayotgan bitimlar ko‘pincha xalqaro strategik alyanslarga aylanish bilan yakunlanadi.
Hozirgi kunda dunyoda 363 tadan ortiq avikompaniyalar alyansi mavjud. Ularning soni toboro ko‘payib bormoqda. Ko‘pchilik yangi alyanslar birgalikdagi marketing va texnik taraqqiyot egiluvchan tashkil etilgan faoliyati bilan ajralib turadi.
Tashuvchilar o‘rtasidagi sherikchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda kutilayotgan siyosat to‘siqlarga duch kelyapti.AQSH alyanslarga ikki tomonlama «ochiq osmon» haqida bitim imzolashi sharti bilan antitrest imuniteti taqdim etyapti. Bu bitimlar amerakalik tashuvchilarga Yevropa va Osiyo aviabozorlariga kirib borish imkonini beradi. Ayrim mamlakatlar (Shveysariya, Yaponiya va boshqalar) Amerika tamoni bosimiga qarshi turishga urinishyapti. Eski qit’ada alyanslar tuzish Yevropa komissiyasining ikki tamonlama bitimlar masalasi bo‘yicha tutgan o‘rni tufayli mushkullashyapti. YEI yagona hududiy tuzilma sifatida qaralib, ular bir mamlakat bilan alohida bitim imzolash tajribasidan voz kechib, qat’iy markazlashgan muzokaralar jarayoniga kelishni ta’minlaydi.
Paydo bo‘layotgan to‘siqlarga qaramay aviakompaniyalar birlashishda davom etayapti. Tez- tez o‘sha bitta tashuvchining o‘zi bir necha alyanslarga turli markazlar bilan kirayapti. Avikompaniya kompaniyalar bilan bazaviy bitimga ega bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga boshqa tashuvchilar bilan to‘la huquqli marketing va tijorat a’zosi bo‘la oladi. Misol uchun «Lyuftganza», «Yunayted Eyrlaynz» bilan global strategik alyansda bo‘lishdan tashqari «Finneyr» bilan marketing alyansi, «Djapan Eyrlaynz» va «Korean Eyrlaynz» bilan fraxt alyans tuzgan. Shuningdek identifikatsion kodlar almashinishi bo‘yicha «Adria Eyrveyz», «Varig Brazilian Eyrlaynz», «Lyukseyr» va «Ostrian Eyrlaynz» aviakompaniyalari bilan bitimlar imzolagan. Tashuvchilar jahon alyansi tuzishi bilan ilgari erishilgan kelishuvlar istiqbollari taboro noaniqlik bo‘lib qolmoqda.
Havo transportida «Uanuorld»va «Star alyans» yirik birlashmalar hisoblanadi.
Ularning har biri yiliga 180 mln dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadilar.
Jahonning yetakchi besh avikompaniyalari «Ameriken Eyrlaynz», «British Eyrlaynz», «Kanadion Eyrlaynz», «Kitay Pasifik Eyrveyz» va «Kuantas Eyrlaynz» yangi global alyans «Uanuorld» tashkil qilinmoqchi ekanligini e’lon qildilar Uning a’zolari qiymati o‘nlab million funt sterling bo‘lgan qo‘shma dasturni amalga oshirishga kirishdilar. Alyans doirasida butunjahon «Uanuorld» tarif tarmog‘i mavjud. U orqali indentifikatsion kodlar almashinuvi amalga oshiriladi. Shningdek yaqinda joriy etilgan biletlarni bronlashtirishning yagona tizimi bo‘yicha doimiy yo‘lovchilar uchun uchish millarini o‘zaro hisob-kitob qiladi. Alyansga a’zo bo‘lishning zarur sharti mazkur tashuvchilar birlashmasi tamonidan ko‘zda tutilgan xizmatlar va imtiyozlar to‘liq paketini taqdim etish. Shuning uchun ham
«Uanuorld»ga kirishga qaror qilingan ispan «Iberiya », fin
«FinnEyr»aviakompaniyalari izchil yo‘lga qo‘yilgan telekommunikatsiya ishlarini bajarishi, alyans talablariga muvofiq xodimlarni qayta tayorlashlari lozim edi. Ikki yangi a’zo qo‘shilishi bilan «Uanuorld» yo‘nalishi tarmoqlari 800 dan ortiq boriladigan manzillarni qamrab oldi.
Boshqa bir xalqaro avia tashish birlashmasi «Star Alyans»1997 yili «Lyuftganza» tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bugun unga Germaniya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Braziliya va boshqa mamlakatlar aviakompaniyalari kiradi. «Star Alyans» a’zolari safini kengaytirish davom etmoqda. Ularga ahamiyati jihatdan ikkinchi bo‘lgan Britaniyaning «British Midlend», Meksikaning eski tashuvchilaridan bo‘lgan «Meksikana Eyrlaynz» avivakompaniyalari qo‘shildilar. London aeroporti «Xitrou»da joylashgan «British Midlend»ning alyansga qo‘shilishi ikki raqobatchi global avikompaniyalar uchun dunyodgi yagona tugunni vujudga keltirdi. «Star Alyans»ning umumiy yo‘nalish tarmog‘i jahonning 130 mamlakatida joylashgan 815 manzilni bog‘laydi.
Alyansning aviakompaniyalari samolyotlarning o‘rtacha har 9 daqiqada parvoz qilishadi va umumiy olganda har kuni 9600 ga yaqin reys bajarilishini ta’minlaydi.
«Uanuorld» va «Star Alyans»dan tashqari, xuddi shunday boshqa tashuvchi birlashmalar «Kvoliflayer Grup» va «Vands» ham faoliyat yuritadi. Yaqinda Nyu- Yorkda yangi alyans «Skay Tim» tashkil etilgani e’lon qilindi. Uning yadrosi bo‘lib bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan «Delta Eyrlaynz» va «Erfrans» hisoblanishadi. Yaratuvchilar so‘zlariga qaraganda, alyans ko‘p jihatdan avvalgi rasmiylashtirlgan birlashmalardan farqli ravishda birinchi navbatda yo‘lovchilar manfatiga qaratilgan. Alyansning AQSH, Yevropa mamlakatlari, Lotin Amerikasi va Osiyoda ommaviy axborot vositalarida avj oldirilgan reklama kompaniyasi «Biz siz haqingizda g‘amxo‘rlik qilamiz» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
«Skay Tim»ga «Aeroflot – Rossiya aviayo‘nalishlari»va «O‘zbekiston havo yo‘llari» qo‘shilishi rejalashtirmoqda. Tashuvchilarda alyansning to‘la huquqi a’zo bo‘lishi uchun barqaror ish sharoitida barcha imkoniyatlar yetarli. Hozirda esa Rossiya va MDH aviakompaniyalari alyanslarni tuzish haqida muzokaralar olib bormoqda. Globallashuv jarayonlariga qo‘shilar va vatanmiz vositachilik firmalarining halqaro turizmiga kirishida ehtimol bo‘lgan salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun intilar ekan, respublika turizm bozorida normal sivilizatsiyalashgan munosabatlar o‘rnatib olg‘a qadam tashlayapti.