Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
TMKlar joylashgan mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri. TMKlar nafaqat qabul qiluvchi mamlakatlar, balki o‘z “jonajon” mamlakati iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazadi. Bu baynalminallashuv (internatsionlashtirish)ning teskari tomoni ancha yomon tadqiq qilingan. Turistik TMK lar turizm ichki bozori tarkibini va turistik mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorlik (rentabelligi)ni o‘zgartirishi mumkin.
Birinchidan, ishlab chiqarish ko‘lamidan iqtisod olish uchun turizm bozori yetarli hajmga ega bo‘lmagan kichik mamlakatda, Singapur avia yo‘nalishidagi korporatsiyasi tipidagi “eksport varianti” iqtisodiy strategiyasi yetarli emas. Ular jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashmasdan turib, faoliyat yuritolmasdi.
Ikkinchidan, TMKlar investitsiyalarni yuqori daromadni ta’minlaydigan destinatsiyalarga yo‘naltiradi va bu bilan turizm industriyasida qo‘yilgan kapitallar o‘rtacha daromad xajmini ko‘paytirishga imkon yaratadi.
Uchinchidan, ular chiqish turizmi mahsulotlari ishlab chiqarishni uzluksiz yo‘lga qo‘yib, ichki bozorda narx-navo darajasini pasaytiradi.
To‘rtinchidan, chiqish turizmiga ixtisoslashgan TMKlar joylashgan mamlakatlarida bozorda monopolistik ustunlikni egallaydi. Agar u oligopolistik tarkibiga ega bo‘lsa, korporatsiyalar o‘z bozor o‘rinlarini himoya qilish uchun bloklarga birlashadilar. Hududda “Ay-Ti-Ti Sheraton” otellari zanjirining ochilishi odatda ko‘p o‘tmay bu yerda “Xilton Xoutelz Korporeyshn” yoki “Xolidey Inn Uorlduayd” kompaniyalari paydo bo‘lishini bildiradi.
Nihoyat, TMKlar turistik oqimlar orqali “jonajon” iqtisodiyotiga bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Ularning sayyohlik bozorida ishtirok etishlari, ayniqsa ko‘pchilik qudratli Yevropa turoperatorlari singari ko‘p hollarda chiqish turizmining faollashishi sabablaridan biri bo‘lib chiqadi. Chet ellarga safarlar sonining ortishi va uning bilan bog‘liq holda mamlakatdan valyuta oqimi turistik to‘lov balansida salbiy saldo hosil bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga xuddi shu TMKlar faoliyati tufayli turistlar olib chiqib ketgan valyutaning bir qismini vataniga qaytarishga muvaffaq bo‘linadi. Agar AQSH lik sayyoh amerika mehmonxonalar zanjiriga kiruvchi otelda to‘xtasa, amalda importning joy almashinishi ro‘y beradi. Bunday holda AQSH xorijda mexmonhonasi joylashgan mamlakatdan vatandoshlariga xizmat ko‘rsatishdan daromad oladi, bunday tovar va xizmatlarni eksport qilishdan tushgan mablag‘ o‘z to‘lov balansini mustahkamlaydi.
Transmilliy jarayonlarning xozirgi zamonda paydo bo‘lish shakllari xaddan tashqari bir-biriga ziddir. TMKlar haqidagi qizg‘in bahslar zamirida qadriyatlar, qarashlarda siyosiy-mafkuraviy ajralishlar, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish manbalarining xilma-xilligi, milliy xavfsizlikkka tahdidlar yotadi. Shunga qaramasdan, transmilliy firmalar soni ortib va ularning iqtisodiy eksponsiyasi kengayib bormoqda.