Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari



Download 0,71 Mb.
bet164/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

11.7. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari.
Yuqorida aytib o‘tildi, chakana turagentlik huquqiy – tashkiliy shakllarga tobe bo‘lmagan holda turistik industriya korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan, turoperator tomonidan shakllanadigan alohida xizmatlarni ham, kompleks standart turlar (inklyuziv - turlar) ni sotish bilan shug‘ullanadi.
Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday turlarni sotish huquqi faqat chakana turagentliklarga berilgan. Shuning uchun mazkur biznes ular uchun asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Ammo turagentlar kompleks turlarni chakana sotish bilan bir qatorda katta miqdorda turli xil turistik xizmatlarni sotishda ham ishtirok etadi. Ularning ruyxatiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • muzeyga ekskursiya, kartinalar galeriyasi, arxitektura yodgorliklari shahar tashqarisiga sayr va boshq.;

  • sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va ijtimoiy-maishiy, madaniy oqartuv muassasalariga ekskursiya;

  • ichki va xalqaro transport biletlarini sotib olish;

  • gid (ekskursovodlar) va gid-tarjimonlar xizmati;

  • mehmonxona xizmatlari va qo‘shimcha joylashtirish vositalari xizmatlari;

  • umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari;

  • avtotransport prokati;

  • xorijga chiqish vizalarini olishga so‘rovlarni rasmiylashtirish;

  • sug‘urta polislarini sotish;

  • sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlarini sotish;

  • suvenirlar, pochta otkritkalari, yo‘l ko‘rsatkichlar, markalar va boshq.

sotish;

  • valyuta almashtirish;

  • turistik va sport anjomlarini ijaraga olish.

Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:

  • turoperatorlar, mehmonxona va transport korxonalari, ekskursiya byurolari, sayr-tomosha korxonalari va boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan ular ishlab chiqadigan xizmatlarni chakana haridorlarga sotish huquqini olish maqsadida agentlik munosabatlarini o‘rnatish;

  • o‘zining turistik xizmatlar mikro bozorida harakatlanishni tashkil qilish, shu maqsadda pochta reklamalari, telefon orqali murojaat, shaxsiy aloqa va boshqalardan foydalanish;

  • potensial haridorlarni sotiladigan xizmatlar va ularni sotish tartibidan xabardor qilish;

  • haridorlarni tanlangan turlar (xizmatlar) ga talabnoma olish va bu talabnomalarni turoperator yoki boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilarga ularni bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish;

  • haridordan tur (xizmat) uchun to‘lov haqi qabul qilingani tasdig‘i olingacha, zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‘z vaqtida turoperatorga yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchiga tegishli summa o‘tkazishga taqdim etiladi, xorijga tur sotishda vizani rasmiylashtirish, turoperatorga berish uchun haridorning xorijga chiqish pasporti qabul qilinadi;

  • turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan turning o‘zgartirilgani yoki bekor qilingani haqidagi ma’lumot haridorga

yetkaziladi;

  • haridordan qabul qilingan va turoperatorga yoki boshqa xizmatlarni yetkazib beruvchiga uzatilgan haridor talabnomalari o‘zgartirilishi yoki sotib olingan tur (xizmat) ni bekor qilinishi;

  • turoperator yoki boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi oldida barcha amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot berish;

  • haridordan sotib olingan xizmatlarni bekamu – ko‘st bajarilishi bo‘yicha shikoyatlarni bartaraf etishda ko‘maklashadi;

  • turagentlik bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy fikrlar va istaklar to‘g‘risida axborotlar yig‘adi va ularni turoperator va boshqa xizmat yetkazib beruvchilarga uzatadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilishning ana’anaviy tarkibi bilan bir qatorda (turoperatorlar va turagentliklar) bu sohaga boshqa soha tashkilotlari tobora ko‘proq kirib faol harakat qilishayapti. Bunda xalqaro aviakompaniyalar, mehmonxona zanjirlari, banklar, sug‘urta jamiyatlari, savdo uylari, o‘zlarining asosiy vazifalari bilan birga turistik xizmatlar sotish bilan shug‘ullanuvchi savdo tarmoqlari ko‘zda tutilmoqda. Masalan, aviakompaniya avia bilet sotishda haridorga mehmonxona, transfer, boradigan manzilda ekskursiya bronlashtirishni taklif qiladi. Bunday tashkilotlar uchun umumiy bo‘lgan sabab shuki ushbu sohalarda ortiqcha kapital hosil bo‘lgan. Bu esa xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ko‘p yillar oldin istiqbollarini ishlab chiqishga qulay sharoit yaratadi.
Turistik biznesga o‘z kapitallarini sarflar ekan, bu tashkilotlar avvaloboshdan turistik bozorda raqobat kurashida ustunlikka erishish imkoniga egadirlar. Chunki o‘z xususiy sotish tarmoqlari (chakana sotish punkti), masalan, bilet kassasi, bank bo‘lish, sug‘urta agenti, shuningdek yaxshi yo‘lga quyilgan avtomat bronlashtirish tizimi, qaysikim turistik xizmatlarni sotish uchun qo‘llaniladigan keng imkoniyatlarga egadir. Bunday noan’anaviy sayohat tashkilotchilari rolini global taraqqiyot jarayonida oshishi, turistik bozorda turoperatorlar va turagentlar uchun murakkab vaziyatning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish