Butunjahon turistik tashkiloti – BTT tashkil etilishi tarixini aytib bering.
Butunjahon turistik tashkilotning hududiy tarkibini ko‘rsating.
Nodavlat turistik tashkilotlar va milliy xalqaro turistik tashkilotlarni aniqlang.
«O‘zbekturizm»MK faoliyati va tashkil etilishi tarixini ta’riflang.
O‘zbekiston Respublikasida hududiy sayohat va ekskursiyalar byurosi turistik davlat tashkilotlarini gapirib bering.
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasining asosiy vazifalarini sanab o‘ting.
XI Bob. XALQARO TURIZMDA TURISTIK
SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH
1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va roli.
Agent bitimi.
Turoperatorlarning xalqaro turlarni tashkil etish xususiyatlari.
Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish.
Turoperatorning yo‘nalish bo‘yicha asosiy funksiyalari. 11.6. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning asosiy funksiyalari.
11.7. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari.
11. 1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va roli
Barcha sayohatlar xoh ichki, xoh xalqaro turizmda bo‘lsin, uyushtirilgan va uyushtirilmagan sifatida baholanadi.
Turistik firmalar vositachiligi yoki yordamida xorijga yoki o‘z mamlakatiga individual va guruh bo‘lib sayohat qilish uyushtirilgan turizm hisoblanadi.
Individual yoki guruh bo‘lib o‘z mamlakati yoki xorijga ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan tashkil etilgan sayohat esa uyushtirilmagan turizm hisoblanadi.
Odatda turizmning bu kategoriyasiga nisbatan «havaskor turizm» (oddiy tilda
«Yovvoyilar») degan atama qo‘llaniladi.
Uyushtirilgan va uyushtirilmagan turizm maxsus statistikasi milliy va xalqaro masshtabda yurgizilmaydi, ammo ekspertlar bahosi bo‘yicha jahon turizmi umumiy hajmiga uyushtirilgan turizmning 35 % ga yaqin, uyushtirilmagan turizmning 65 % ga yaqin ulushlari to‘g‘ri keladi.
Uyushtirilgan sayohat ulushi hozircha uyushtirilmagan safarlardan ancha orqada qolayotgan bo‘lsada, mutloq raqamlarda uyushtirilgan turizm ko‘psonli oqimlarni tashkil qiladi va yildan yilga ortib borayapti.
Turistik firma – yig‘ma tushuncha. Uning zamirida tadbirkorlik tarkibi, turistik xizmatlar oldi-sotdisi sohasida tijoriy asoslarda vositachilik operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchilar tushuniladi. Turistik firmaning o‘zi turistik xizmatlar ishlab chiqarmaydi. U buning uchun zarur ishlab chiqarish vositalariga ega emas. Shuning uchun u sof vositachilik vazifasini bajaradi va ist’molchi topshirig‘i bilan ishlab chiqaruvchilardan har xil turistik xizmatlarni sotib oladi (mehmonxona, transport ovqatlanish korxonalari va sayr tomoshalar va boshq.). Turistik firma ist’molchi va turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachi o‘rnini egallaydi (jadval 26).