Ichki turizm – fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valyutani olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi hisoblanadi. Boshqa shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo‘llari va boshqalar)ning tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
Chiqish turizmi – biror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi bo‘lmagan mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida harakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi.
Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm»,
«Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi. Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir. Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa mamlakatlar (mintaqa) dan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. Mamlakat (mintaqa)lar daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. Bu yo‘nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakat (mintaqa) ga valyuta oqimini, ikkinchi tomondan – mazkur mamlakat (mintaqa)da yashovchi fuqarolarning pul mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakat (mintaqa)da qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakat (mintaqa) da daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega (qishloq xo‘jaligi mintaqalari).
Rasm 2.