Jadval 27 Turoperator va turagentliklarning turmahsulotlar sotishni tashkillashtirishdagi o‘rni.
Turoperatorturmahsulot yaratuvchi
Tur xizmatlar yetkazib beruvchilar
Turmahsulot Chakana
iste’molchilari turagent
(turistlar ) liklar
Manba: Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006
Ammo biroq ulgurji turoperator va chakana turagentlik funksiyalarini hamma vaqt ham aniq chegaralab bo‘lmaydi. Chunki unisi ham, bunisi ham ulgurji, ham chakana operatsiyalarni bajarishi mumkin. Turoperatorlar ko‘pincha o‘z turlarini chakana sotish uchun xususiy agentliklar tashkil qiladilar.
Turagentlik katta talab mavjud chog‘ida o‘z navbatida uncha katta bo‘lmagan ulgurji operatsiyalarning zimmasiga olishi mumkin.
11.2. Agent bitimi
Turoperator va turagent o‘rtasida hamkorlik agent bitimi asosida olib boriladi. Bu bitimda tomonlarning o‘zaro asosiy hamkorlik tamoillari – turlarni sotish, bir – birlarining va turistlar oldida ularning burch va huquqlari belgilab olinadi. Agent bitimining nisbatan ko‘proq tarqalgan formulasi quyidagilar hisoblanadi:
Turoperator huquq beradi, turagent esa o‘z nomidan turoperatorning turlarini sotish majburiyatini qabul qiladi va ma’suliyatni bo‘yniga oladi. Evaziga turoperator tomonidan komission taqdirlay oladi. Bunday formula shuni bildiradiki:
turist bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi va boshqa safar hujjatlarda turagent aytilishi kerak;
Tursotish bilan bog‘liq barcha ishlab chiqarish harajatlari va chiqimlar turagent tomonidan to‘lanadi;
turagent sotilgan turning bajarilishi uchun o‘z haridori oldida bevosita javobgardir.
Turoperator o‘z tomonidan turagentga har bir sotilgan tur uchun komission taqdirlashni to‘laydi. Bunday taqdirlash miqdori turni sotish narxiga foiz hisobida belgilanadi yoki qayd qilingan summa ko‘rinishida to‘lanadi. Turoperator shuningdek turagent oldida sotilgan turni bajarish chog‘ida vujudga keladigan turistga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun to‘liq javob beradi.
Bitim ob’ekti. U turoperatorning turlarni sotish va bronlashtirish tartibi va sonining ruyxatini belgilaydi, masalan:
turoperator yillik katalogiga muvofiq yoki cheklangan turlar ruyxatiga asosan turlarni sotish;
turagentdan tushgan buyurtma va turoperatorda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qarab turlarni sotish;
turagent tomonidan unga qat’iy berkitilgan o‘rinlar kvotasi bo‘yicha turlarni sotish. Bu holda turagent ajratilgan o‘rinlar kvotasini turoperatordan qo‘shimcha tasdiq olmasdan sotish huquqiga ega.
Turlar narxi. Tomonlar reklamada e’lon qilingan turlarning har biri bo‘yicha yagona narx haqida kelishib olishadi. Hech bir tomon bu narxlarni oshirish yoki kamaytirishga haqli emas. Turagent belgilangan narxga turistning iltimosi bilan ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun narx qo‘shish huquqiga ega. Masalan, turistning yashash joyidan guruh yig‘iladigan joygacha va qaytish qiymatiga.