Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
X Bob. XALQARO TURISTIK TASHKILOTLAR. 10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik.
10.2. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT).
10.3. Nodavlat, tijorat va milliy xalqaro turistik tashkilotlar.
10.4. «O‘zbekturizm milliy kompaniyasi».
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik
Yangi ming yillik asrida turizm sohasi juda ko‘pgina mamlakatlarda yangi ish o‘rinlari yaratishda, xorijiy valyuta tushumlarini ko‘paytirishda tez sur’atlarda o‘sayotgan iqtisodiy sektorda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Xalqaro turizm ham jahonda eksport tarmog‘i hisoblanadi va juda ko‘p mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda muhim omil sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylandi. U jahon infrastrukturasiga katta miqdorda investitsiyalarni jalb etmoqdi. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif buyuruvchilarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Turizm davlat g‘aznasiga soliq ko‘rinishidagi pul tushumlari ko‘payishini ta’minlaydi. Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlashtirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi.
Madaniyatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish haqida shaxsiy aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi.Turizm xalqaro hamfikrlikni mustahkamlash va xalqlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishda keng ufqlar ochadi.
Xalqaro turistik aloqalarning jadal rivojlanishi ko‘p sonli xalqaro tashkilotlarni tashkil etilishiga olib keldi. Bu sohada xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yaxshilashga, hamkorlik qilishga keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi dunyoda turli maqom va kasbdagi 70 ga yaqin xalqaro tashkilotlarni sanash mumkin. Ularga jumladan quyidagilar kiradi:
BMT tizimidagi ixtisoslashgan tashkilotlar.
BMTning boshqa tashkilotlari, ularda xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari onda-sonda muhokama etiladi va bu faoliyat sohasida asosiy hisoblanmaydi;
Ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlari;
Turizm bo‘yicha xalqaro tijorat tashkilotlari;
Xalqaro turizmni rivojlantirishda hamkorlik qiluvchi milliy va hududiy tashkilotlar.
BMT tizimidagi xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilanonda-sonda shug‘ullanuvchi tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchi marta 1963 yil Rimda o‘tkazilgan turizm va sayohat bo‘yicha BMT konferensiyasi.
Iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS). 1968 yil Bern (Shveysariya)da rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm muammolari bo‘yicha BMTning hududlararo mahsus seminarini o‘tkazdi.
Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD). 1972 yil III sessiyada “Turizmni rivojlantirish” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda xalqaro turistik almashinuv statistikasi rahbarlik prinsiplari to‘g‘risidagi masala ham aks etgan.
Hududiy iqtisodiy komissiya. 1975 yil BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi
(YEEK) Yugosloviyada xorijiy turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha konferensiya o‘tkazdi. 5. BMT ta’lim, madaniyat, fan masalalari tashkiloti (YUNESKO).
Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT).
Xalqaro assotsiatsiya, transport aviatsiyasi (ILTA).
№ 1. BMT tizimida ixtisoslashgan tashkilotlar qatoriga: Butun jahon turistik tashkiloti (BTT) ham kiradi. U 1975 yilda BMTning ixtisoslashgan organi sifatida tashkil etilgandi. Turizm bo‘yicha 100 dan ziyod mamlakatlar hukumat tashkilotlari birlashtirgan. Ko‘plab hukumat va nodavlat tashkilotlarini kuzatuvchi sifatida ham ishtirok etadi. Bu tashkilot maqsad va vazifalari uning Nizomiga muvofiq “Iqtisodiy rivojlanishga, tinchlikka, o‘zaro hurmat va gullab yashnashga, xalqaro munosabatlarda o‘zaro hamfikrlikka turizmni rivojlantirish orqali hissa qo‘shishdir”. Uning tomonidan xalqaro turizm sohasida bir qator deklaratsiyalar qabul qilingan. Ular orasida jahonda turizm to‘g‘risida Manila deklaratsiyasi, Akapulko hujjati, turizm bo‘yicha Hartiya va turist ahloq kodeksi, turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi bor.