Taqrizchi:
Maktabning matematika fani o`qituvchisi O’ralova Nilufarning bir soatlik dars tavsiyanomasi pedagogik zamonaviy uslublarni qo’llagan holda yozilgan. Suhbat, bahs, ko’rgazmali qurollar, oddiy matematik boshqotirmalar, didaktik materilal bilan hamkorlikda o’qitish texnologiyasi usullaridan, interfaol (guruhlarga bo’lib) usullaridan foydalanilgan.
VI - sinfga o’tishga tavsiya etildi.
Uslubchi: J.Usmonov.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga “Sonning qismini topishga doir misol va masalalar”ning yechilishi haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga kasrlarning qismini topish, suratga ko’paytirishva maxrajga bo’lish yo’llarini o’rgatish .
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar formula asosida bo’lish va ko’paytirishlarni to’g’ri yechish usullarini shakllantirish
Kutiladigan natija.
Murakkab masalalar yechishda qulay usullarni qo`llashga erishish.
Uslub.
Noan’anaviy usulda: (zanjir mashqi, quvnoq daqiqa. Topshiriqlar o’yini)
Jihozlar: Soat modeli, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, test varaqalari .
Do'stlaringiz bilan baham: |