FARG’ONA DAVLAT UNVERSITETI MATEMATIKA YO’NALISHI
21.02 GURUH TALABASI A’ZAMJONOVA MAVLUDAXON ABDUXAMID
QIZINING
“Tekislikda koordinatalar metodi”
mavzusida bajarilgan kurs ishiga
T A Q R I Z
Ish mavzusini dolzarbligi va mazmuni: Mazkur kurs ishida tekislikda koordinatalar sistemasi bunga misoldan tekislidagi koordinatalarning affin sistemasi, tekislikda to’g’ri burchakli dekart koordinatalar sistemasi haqida va bular bilan bog’liq bo’lgan kesmani teng ikkiga bo;lish, ikki nuqta orasidagi masofa kabi tushunchalar ham keltirilgan. Shuningdek, koordinatalar sistemasini almashtirish mavzularini o’rganishning muhim jihatlari tahlil qilish ishlari olib borilgan.
Analitik geometriya geometriyaning bir qismi bo’lib uning asosiy tushunchalari nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va sirtlardan iborat. Analitik geometriyaning asosiy tadqiqot vositalari koordinatalar metodi va elementar algebra metodlari bo’lib kelayabdi. Koordinatalar metodi 17-asrda paydo bo’lib u astronomiya, mexanika va texnikaning rivojlanishi bilan bog’liq. Bu metod va nalitik geometriya asoslari 1637-yilda R.Dekard tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, uning rivojiga P.Ferma, G.Leibnis, I.Newton, L.Euler va bhoshqa olimlar katta qissa qo’shgan.
Mazkur kurs ishini yaratish bo’yicha olib borilgan izlanishlar hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan hisoblanib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi va ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi.
Ishning bo’limlariga tavsif: Kurs ishi kirish qismi, 2 ta bob, 8 ta paragraf xulosa, va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Birinchi bobda tekislikdagi koordinatalar sistemasi ya’ni affin va to’g’ri burchakli dekart koordinatalar sistemalari haqida tushuncha va ularga talluqli boshqa ma’lumotlar tahlil qilingan.
Ikkinchi bobda esa koordinatalar sistemasini almashtirish bunda affin va dekart koordinatalar sistemalarini almashtirish va koordinatalarni bog’lovchi tenglama va tengsizliklarning geometrik ma’nosi ham tushuntirib berilgan.
Xulosa qismida kurs ishining asosiy natijalari va ularning amaliy tadbiqlari bayon qilingan.
Ishning kamchiliklari: kurs ishida ba’zi kamchiliklarga yol qo’yilgan. Masalan, imlo xatolariga yol qo’yilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda katta kamchilik sifatida qarashga asos bo’lmaydi.
Xulosa : Ushbu kurs ishni ko’rib chiqib, shuni takidlab o’tish lozim deb topaman: mavzuni dolzarbligi, mavzuga mosligi va muallif tomonidan mustaqil fikrlar asosida yaratilganligi, ijodiy yondashuvga erishganligi, yutuqlari va kamchiliklarini hisobga olib, ta’lab va meyorlar doirasida bajarilganligi uchun MATEMATIKA YO’NALISHI 21.02 GURUH TALABASI A’ZAMJONOVA MAVLUDAXON ABDUXAMID qizining “Tekislikda koordinatalar metodi” mavzusida bajarilgan kurs ishini himoyaga qo’yishga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar: yusupova A
Do'stlaringiz bilan baham: |