Yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlami «atmosfera» deyiladi. Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning massasi yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos. Atmosferaning yuqori chegarasi deb shartli ravishda yerning tortish kuchi bilan uning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo'qoladi. Hisobkitoblarga ko‘ra, bu sath ellepsoidal yuzagacha bo‘lib, ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km. balandlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 % dan ortig‘i) uning quyi qatlamiga - troposfera va stratosferaga to‘g‘ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |