Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o’quv reja, dastur va darsiliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo’lishi kerak. Bolaning maxsus ta’limga bo’lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o’zgaruvchan bo’lishi talab etiladi. - Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o’quv reja, dastur va darsiliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo’lishi kerak. Bolaning maxsus ta’limga bo’lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o’zgaruvchan bo’lishi talab etiladi.
- Malakaviylik tamoyili. Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o’qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o’qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf o’qituvchisi defektlogiya sohasi bo’yicha ham malaka oshirgan bo’lishi kerak.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi lozim. Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi. Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixologo-pedagogik jihatdan o’rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo’yicha ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi. XULOSA XULOSA Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Inklyuziv ta'lim madaniyati! Salamanka deklaratsiyasiga muvofiq xar bir o'quvchi xususiyatlarini isloh qilishni qo'llab-quvvatlovchi va ma'qullovchi dalil sifatida qaraladi. Uning maqsadlari jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyati va qobiliyati farqlar sabab ijtimoiy segregatsiya oldini olish uchun emas. Biroq, kontseptsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo'lib chiqdi. Dunyo tajribasiga ko'ra, maktablarda kiritish ko'pincha tengdoshlari bilan birga o'rta maktablarda nogironlar ta'lim sifatida qaraladi (Judi Kugel'mas) biroq, inklyuziv ta'lim mohiyati bilim va bilim hali jamiyatda yetarli emas. Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni joriy etish muhim masalalardan biri hisiblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |