Taqdimoti mavzu: Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Mineralogiya” asarlaridagi rivoyat, afsona va hikoyatlar tahlili”



Download 0,61 Mb.
bet3/4
Sana10.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#767743
1   2   3   4
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy taqdimot Gulchehra Tashpulatovna

Navro’z xususida
Jamshid davrida katta va kichik Navro'zlar alohida hayit sifatida nishonlangan.Undan keyin hukmronlik qilgan podshohlar farvardin moh (yilning birinchi oyi) ning barcha kunlarini hayitga aylantirib uni olti bo‘lakka taqsimlashgan: birinchi besh kun – podshohlar uchun, ikkinchi besh kun – ulug‘ kishilar uchun, uchinchi besh kun – podshohlarning g‘uloslari uchun, to‘rtinchi besh kun – xizmatkorlar uchun, beshinchisi – xalq ommasi uchun va nihoyat oltinchi kun – cho‘ponlar uchun deb belgilangan.
Ushbu asarni har gal qayta va qayta o‘qigan kitobxon o‘zi uchun ko‘proq yangilik topib boraveradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Beruniy asarlari qadimgi xalqlar, shu jumladan o‘zbek xalqi, uning qadimgi madaniyati va etnografiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, “Osor al boqiya” uzoq o‘tmish tariximizning buyuk yodgorligi hisoblanib, bugungi kun kitobxoni albatta tanishib chiqishi lozim bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi.
Suqrotning javobi
Qadimgi yunonlarda teriga yozish odati bo’lmagan edi. Keltirilishicha, Suqrotdan bu haqda so’rashganda: “Ilmni tirik kishilar qalblaridan o’lik qo’ylarning terlariga ko’chirmayman”, degan ekan.
Yomonning kasofati
Bir kishi, ittifoqo, o’zi tanimagan bir guruh bilan hamroh bo’lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo’lib, bir qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o’g’rilar bilan birga biroz yo’l bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo’lga oldi. Bu kishi garchi o’g’rilarga sherik bo’lmasa ham, ularga qo’shilgani uchun azobga duchor bo’ldi.
Nomus
Malika Kleopatra (o’z o’lkasiga yopirilib kelayotgan) dushman bo’lmish Avgust qo’liga tushib, nomusi poymol bo’lishidan qo’rqib, ikkala ko’kragiga zaharli ilon qo’ygan ekan. Uning huzuriga kirishganda, u toj kiyib boshi bilan o’ng qo’liga suyanganicha o’tirganmish. Shu ko’yi dushman qo’liga tushib sharmanda bo’lmasdan, obro’sini saqlab qolgan ekan.
Ilonlar uyqusi
Ozor (mart) oyining o’rtalarida dengizda yurish yaxshi bo’ladi, deyishadi. Xuddi shu paytda ilonlar ko’zlarini ochar, lekin hali sovuq bo’lgani sababli qimir etmay yotar ekan. Xorazmda ilonlarni yer ostida bir-biriga o’ralib yotganini ko’rdim. Ular xuddi shar singari o’ralib yotar, ko’pining boshi ko’rinib ham turardi.
Ma’rifat
Ma’rifatdagi darajalarni bir-biridan ortiq qo’ymoqchi bo’lgan kishilar uchun shunday masal to’qilgan: Qorong’u kechada shogirdlari bilan yo’lga chiqqan bir kishi yo’l ustida tik turgan narsani ko’rib cho’chigan va uning nima ekanligini aniqlashni buyurgan. Bir shogird: “Nima ekanligini bilolmayman”, degan, ikkinchisi: “Uni bilishga qudratim ham yetmaydi”, deya to’g’risini aytgan. Uchinchisi esa: “Bilishning foydasi yo’q, chunki tong yorishgach, ma’lum bo’ladi-qo’yadi” degan. Demak, uch shogirdning ma’rifati qisqalik qilgan. Birinchisi — ilmsizligi, ikkinchisi — ojizligi, uchinchisi — ishni keyinga surib, ustozlari oldida ojiz ekanliklarini ko’rsatishgan. Ammo to’rtinchisi aniq javob bermagan va shubhali narsaga yaqin borib, uning o’ralashib ketgan qovoq palagi ekanligini ko’rgan va uni tepib yuborgan. Shunday qilib, shogird o’zining ma’rifatliligi bilan ustozini xursand etgan ekan.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish