O‘zbekistonda E.G‘.G‘oziev rahbarligida J.S.Iskenderov tomonidan pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllanishini baholashda test-reyting tizimidan foydalanishning samarali yo‘llari ishlab chiqildi. Pedagogika kolleji o‘quvchilarida xarakterning intellektual va irodaviy xususiyatlarini shakllanish jarayoni shasxning umumiy yo‘nalganligi, kasbiy ustanovkalari, kasbiy tasavvurlari va imkoniyatlari mutanosibligi omillar asosiga qurilishi tadqiqot davomida dalillandi. Bu Yoshdagi bolalar uchun muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi ham juda muhim, lekin u etakchi emas, faqat tanlagan kasb va yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ul bo‘lmagan o‘spirinlargina ko‘proq tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu Yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug‘ullana oladilar. Ilk o‘spirinlik davrini kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb hisoblash mumkin. O‘zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto‘g‘ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o‘spirinlar o‘z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur. Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda bo‘ladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni anglab etish mahorati ham rivojlanadi. Do‘stlik – ilk o‘spirinlik davridagi shasxlararo munosabat va hissiy bog‘lanishning muhim turidir. O‘spirinlik Yoshida o‘quvchilarda o‘rtoklik hissining rivoj topishi xarakterlidir. Rossiya psixologlari I.V.Straxov bilan A.L.SHnirman tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, o‘spirinlik Yoshidagi do‘stlik, o‘smirlik Yoshidagi do‘stlikdan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi. Birinchidan, o‘spirinlarda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq bo‘ladi. Do‘stlikning o‘ziga yuqori talablar qo‘yiladi, bular: oshkoralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy yordam ko‘rsatish, kamchiliklarni tugatish, do‘stiga yordam berish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |