Toshkent Moliya instituti iqtisodiyot fakulteti I-71/22-M
masofaviy guruhi talabasi Karimov Baxrom Xudaybergen
o’g’lining Iqtisodiyotda informatsion va komunikatsion
texnologiyalari fanidan Iqtisodiyotda informatsion va
komunikatsion texnologiyalarining o’rni va ahamiyati
mavzusi bo’yicha
TAQDIMNOMASI
1.
Texnologiya nima?
2.
Axborot texnologiyasi nima?
3.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari funktsiyalari
4.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
5.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanining vazifasi nima?
6.
“Raqamli iqtisodiyot” tushunchasi kim tomonidan kiritilgan?
7.
Raqamli iqtisodiyotning afzalliklarini sanab bering
SWOT tahlil. O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni qo’llash samaradorligini tahlil qiling
S – (strength)
Kuchli tomonlari
W – (weakness)
Zaif, kuchsiz tomonlari
O – (Opportunities)
Imkoniyatlari
T – (Threats)
To’siqlar
1.
Texnikada yoki ishlab chiqarishda texnologiya deganda ma’lum bir kerakli xom ashyolardan
tayyor maxsulotni hosil qilish uchun uslublar va vositalar yig’indisidan foydalaniladigan jarayonni
tushunamiz. Misol uchun chigitdan yog’ va omixta yem ishlab chiqarish yoki bo’lmasa paxtadan
mato va gazlamalar ishlab chiqarish va hokozolar.
2.
Axborot texnologiyasiga keladigan bo’lsak bu ham alohida bir jarayon bo’lib, kompyuter texnikasi
texnologiyasi yordamida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish va
xo’jalik faoliyatini avtomatlashtirilgan holda tashkil etishdan iborat. Axborot texnologiyasi o’zi
uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan uzviy bog’liqdir
3.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va
funksional qismlarga ega. Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy,
xuquqiy, uslubiy, ergonomik, psixologik va lingvinistik ta’minotdan iborat bo’ladi. Axborot
tizimlarining funksional qismi axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari bajarilishini
ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim
doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalariga funksiyalarning esa axborot tizimi kenja
tizimiga o’zgarishi ro’y beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir
belgisiga ko’ra ajratib ko’rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimlarida funksional qism funksional
belgilariga ko’ra kenja tizimlarga bo’linadi: - Boshqaruv darajasi(oliy, o’rta, quyi); -
Boshqariladigan resurs turi(moddiy, mehnat, moliyaviy va hakazo); - Qo’llanish sohasi (bank,
jamg’arma bozori va hakazo); - Boshqaruv ishi va davri. Shuni qayd etish lozimki,
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir
obyektga bog’liq. Axborot tizimlarining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli obyektlar
uchun bir xilda bo’ladi.
4.
Shaxsiy kompyuterning yaratilishi bilan axborot texnologiyasining taraqqiyotida yangi davr
boshlandi. Yangi davrning asosiy maqsadi kasbiy va maishiy xizmat sohalarida insonning shaxsiy
axborot talabini qondirish bo’lib bormoqda. Axborot qayta ishlash vazifalari va jarayonlarining
ko’rinishi bo’yicha 1–bosqich (1960–70 yillar) – ma’lumotlarni qayta ishlash hisoblash
markazlarida (jamoa bo’lib ishlash tartibida) amalga oshirilgan. Axborot texnologiyasi
taraqqiyotining asosiy yo’nalishi insonning qo’l mehnatini avtomatlashdan iborat edi. 2–bosqich
(1980 –yillardan_ –strategik vazifalarni yechish uchun axborot texnologiyalari yaratilmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish yo’lidagi muammolar bo’yicha 1–bosqich (1960–yillar oxirlarigacha)
apparat vositalari imkoniyatlari cheklangan sharoitlarda katta hajmlardagi ma’lumotlarni qayta
ishlash muammosi bilan ajralib turadi. 2–bosqich (1970–yillar oxirlarigacha) IBM 360 turkumidagi
EHM yaratilishi bilan bog’liq. Bu bosqich muammosi –dasturiy ta’minotining apparat vositalari
rivojlanishi darajasida orqada qolishidir. 3–bosqich (1980–yillar boshlari) kompyuter malakasi
bo’lmagan foydalanuvchining quroli bo’lib qoldi. Axborot tizimlari esa foydalanuvchining
qarorlarini qabul qilishni qo’llab– quvvatlovchi vosita sifatida ishlatilmoqda. Bu bosqichda
foydalanuvchi ehtiyojlarini yuqori darajasida qondirish va kompyuter muhitida ishlovchi tegishli
interfeysni yaratish muammolari mavjud. 4–bosqich (1990–yillar boshlaridan) –tashkilotlaricha
aloqalar va axborot tizimlari zamonaviy texnologiyalarini yaratish.
5.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fani bo‘lajak iqtisodchilarga axborot
tizimlarini iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatish va boshqaruv faoliyatida avtomatlashtirilgan
axborot texnologiyalardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
6.
«Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nomlari bilan bog‘liq kanadalik iqtisodchi Don
Tapskott va amerikalik axborot texnologiya (IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte . 1995-yilda
"Being Digital" kitobida Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" atamasini qo‘llagan. Ilmiy
asarida uchta kesishidagan media tarmoqlarga (ommaviy axborot vositalar, (OAV) aloqa vositalari
va kompyuterlar) asoslangan konvergentsiya modelini taklif etgan. Bunday birlashish natijasida
yangi (raqamli) media shakllandi. O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The
Digital Economy» kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi
jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi.
7.
Raqamli iqtisodiyotning nima afzalliklari bor? Birinchidan, xufyona iqtisodiyotga chek qo‘yiladi.
Tranzaksiyalar raqamli shaklda amalga oshirilganda ularni boshqarish oson bo‘ladi. Xaridor va
sotuvchi o‘rtasidagi har qanday to‘lovlar rasmiylashtiriladi. Shu yo‘l bilan har qanday
g‘ayriqonuniy tranzaksiyalarga chek qo‘yiladi. Naqd pul shaklidagi tranzaksiyalarni cheklagan
hamda faqatgina elektron to‘lovlarni amalga oshirgan holda hukumat xufyona iqtisodiyotga
barham berishi mumkin. Bunday to‘lovlar o‘z navbatida, soliq tushumlarining ortishiga olib keladi.
Chunki raqamli shaklda amalga oshirilgan har bir tranzaksiya qayd etib boriladi. Ikkinchidan,
fuqarolarga yangi qulayliklar yaratadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi yangi xizmat
turlarining paydo bo‘lishi barobarida insonlarning tashvishlarini yengil qilishga xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |