1. Xaqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish shakllari
2. Xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorliklarning rivojlanish xususiyatlari va asosiy koʻrinishlari
3. Jahon iqtisodiyotida integratsion jarayonlarning ijobiy va salbiy jihatlari va milliy davlatlar iqtisodiyotida tutgan oʻrni
Jahon iqtisodiyotida erkin savdo hududi (ESX) xalqaro iqtisodiy integratsiyaning boshlangʻich bosqichi boʻlib hisoblanadi. ESXlar preferensial hudud hisoblanib, u oʻz faoliyatida bojxona va miqdoriy cheklashlardan xoli savdo tartiblariga qatʼiy rioya qiladi. ESXlar amalda ikki va undan ortiq davlatlarning oʻzaro savdosida bojlar, litsenziyalar va kvotalarni muzlatish va astasekin bekor qilish toʻgʻrisidagi bitimlarning imzolanishi natijasida shakllanib boradi. Jahon iqtisodiyotida Yel, NAFTA va MERKOSUR tajribasidan maʼlumki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga nisbatan savdo rejimini erkinlashtirish qatʼiy cheklangan.

Integratsion jarayonlar rivojlanishining eng yetuk koʻrinishlaridan biri bu - umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqdir. Jahon iqtisodiyotida koʻplab iqtisodiy birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan maʼlumki, integratsiya jarayonlarida aynan ana shu umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng koʻp diqqatga sazovordir.

XX-XXI asrlar boʻsagʻasida Janubiy Amerika, Afrika va Osiyoning bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarida tovar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining yagona umumiy bozorlari koʻrinishidagi xalqaro tashkilotlar tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar keng tarqalgan edi. Ammo hozirgi kunga qadar integratsiyaning bu koʻrinishini faqat Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida keng amalda qoʻllanayotganligini koʻrish mumkin