Tanlangan texnologik ishlab chiqarish jarayonining bayoni



Download 1,43 Mb.
bet21/22
Sana16.07.2022
Hajmi1,43 Mb.
#810197
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
NH3-BMI-trubchatiy-pech

11. Xorijiy investitsiya
Bugungi kunda ,,Farg’ona azot AJ’’ da tehnalogiyada asosiy o’rin tutadigan tipik reaktorlarni investitsiya kiritish orqali almashtirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilgan. Bunga yorqin misol men loyihalayotgan Ammiak-3 sexida Xindiston bilan hamkorlikda yuqori samaradorlikda ishlovchi yangi reaktor ya’ni trubkali pech olib kelinishi bo’yicha investitsion shartnomalar tuzilgan. Bu investitsion shartnoma unumdorligi 40000 m3 bo’lgan trubkali pechni unumdorligi 70000 m3 bo’lgan trubkali pechga almashtirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va energiya sarfi tejaladi. Oldingi tehnlogiya bo’yicha bizga kerakli energiya miqdori yangi tehnalogiya bo’yicha yoqilg’i sarfini 30% va undan yuqori foizlarda kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari yana bir yangi invistitsion loyiha bo’yicha fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan zamoniy yangi sex qurilishi bo’yicha investitsion shartnomalar imzolanmoqda. Bu loyihani ishlab chiqarishga joriy qilish 2019 yil boshlaridan boshlanishi ko’zda tutilgan. Bu zavot uchun juda katta yangilik hisoblanadi , chunki bu orqali zavod o’z faoliyatini kengaytiradi hamda 100 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan tasdiqlangan joriy yil investitsiya dasturiga ko’ra, chet el kreditlari hisobiga hukumat kafolati bilan 79 loyiha bo’yicha 1,854 milliard dollar, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar evaziga 120 ta loyiha asosida 2,65 milliard dollar o’zlashtiriladi. 
Xorijiy investitsiyalarning eng katta qismi (37 loyiha bo’yicha 2,47 milliard dollar) yoqilg’i-energetika tarmog’iga to’g’ri keladi. Ulardan chet el kompaniyalari to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalari hisobiga neft-gaz sohasiga 20 loyiha doirasida 1,97 milliard dollar kiritiladi. 
Jumladan, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi 2017-yilda umumiy qiymati 8 milliard dollardan oshiq bo’lgan ikki kelishuv bo’yicha 1,217 milliard dollar investitsiya qiladi. Gazprom International sho’ba tizimi bo’lgan Gas Project Development Central Asia Ustyurt mintaqasi va Surxondaryo viloyatida 1,3 milliard dollarlik ikki loyihani amalga oshiradi.
Energetika tarmog’ida xorijiy kreditlar hisobiga 17 loyiha asosida 506,7 million dollar o’zlashtiriladi. Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems (Yaponiya) Namangan viloyatining To’raqo’rg’on tumanida quvvati 900 megavatt bo’lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi va Navoiy IES uchun 450 megavattli bug’-gaz qurilmasi o’rnatishga kirishadi. Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlaydi. 
Ma’lumot uchun, 2016-yil yakunlari bo’yicha O’zbekistonga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga ko’paydi va 3, 7 milliard dollardan oshdi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 28 - dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a`zolari to'liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlat rahbarining joriy yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta`minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta`minlash maqsadida “O'zkimyoimpeks” mas`uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o'z yechimini topgani yo'q. Masalan, mineral o'g'it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo'jaligini moliyalashtirishga umuman e`tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o'zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda, dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral o'g'itlar bilan bog'liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o'sib ketmoqda.
Shu munosabat bilan 2018 yildan boshlab, iste`molchilarga mineral o'g'it yetkazib berish “O'zkimyosanoat” AJ huzurida tashkil qilinadigan “Yagona agent” vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o'g'itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o'g'itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017 yilda “Farg'onaazot” AJ korxonasi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, “Ammofos-Maksam” va “Maksam-Chirchiq” birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo'lgan, “Navoiyazot” korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o'z aylanma mablag'larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda.
Shu sababli “O'zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
E`tibor qaratish lozim bo'lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag' yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta`mirdan o'tmayapti.
Davlat rahbari joriy va kapital ta`mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta`kidladi.
Qishloq xo'jaligini fosforli o'g'itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta`minlash masalasi muhokama qilinar ekan, bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo'lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019 yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021 yilda yangi fosforli o'g'itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda.
Yig'ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta`minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko'p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog'liqdir. Ammo bu yo'nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, “O'zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda “O'zkimyosanoatloyiha” loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo'nalishlarini o'zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish