Intеrnеtmatеriallari:
www.Google.uz
Google www.render.ru Yangi lоyiha adrеslarni tоpish
www.easu-render.nm.ru Tayyor rеndеr ishlar
www.lgraphik.ru 3D MAXda grafik ish bajarish
www.3dmir.ru 3 o’lchamli chizma ishlarini bajarish
www.3dmir.ru 3D MAX to’g’risida darsliklar
Paggordpaggord @linn.sci-ru
Papixel Tayyor diplоm lоyihalar
Kuni
|
Talaba tоmоnidan bajarilgan ishning ta’rifi.
|
Rahbarning imzоsi
|
1.
|
1-Mavzu: Texnika xavfsizligi yo’riqnomasidan o’tkazish. Kundalik va hisobotlarni yozish bo’yicha ma’lumot berish.
Texnika xavfsizligi yo’riqnomasi bilan tanishdim. Kundalik va hisobotlarni yozish bo’yicha ma’lumot oldim. Amaliyot rahbarining ruxsatisiz elektrdan va elektr-texnika vositalaridan foydalanmaslikka, belgilangan ishlarni grafik asosida bajarishda me’yoriy hujjatlarga rioya qilishlik. Qoidalari bilan yaqindan tanishib chiqdim.
|
06.07.2020y
|
2.
|
2-Mavzu: Xiva Ichan qal’a me’moriy yodgorliklari bilan tanishish va o’rganish.
Хivа Ichаn qаl’a me’moriy yodgorliklari bilan tanishdim, o’rgandim, ma’lumot to’pladim. Qadimiy binolarni o’ziga xosligini o’rganish uchun ma’lumot to’pladim. Sherg‘ozixon madrasasi — XVIII asrning birinchi yarmi. Bu madrasa Xorazmdagi o‘quv muassasalari orasida eng ko‘hnasidir. Uni Xiva xoni Sherg‘ozixon 1719 yili Mashhadga muvaffaqiyatli safar qilgandan so‘ng ana shu g‘olibona safar sharafiga qurdirgan. Madrasa binosi bizning davrimizgacha asl holicha to‘la yetib kelmagan. Yillar mobaynida nurab, yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur madrasa o‘z davrida yirik bilim o‘chog‘i bo‘lib, unda ko‘plab tolibi ilmlar tahsil olganlar. Jumladan, turkman xalqining mutasavvif shoiri Maxtumquli ham mana shu bilim dargohida ta'lim olgan. Bugungi kunda madrasada Mahtumquli, Ajiniyoz Ko‘siboy o‘g‘li ko‘rgazmalari tashkil qilingan.
|
07.07.2020
|
3.
|
3-Mavzu: Xiva Deshon qal’a me’moriy yodgorliklari bilan tanishish va o’rganish. Qurilmalarni elementlari yoki bino qismlari, hajmiy-rejaviy yechimlari va konstruktsiyaviy tizimini kuzatish va o’rganish.
Xiva – Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shim.gʻarbida, viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qad. Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². Aholisi 89,5 ming kishi (2017). Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Xiva shahrida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Shaharning eng pastki qatlamida topilgan ashyolar (sopol buyumlar va qalin paxsa devorlar) shundan dalolat beradi. Shahar devorlari ostidan topilgan madaniy qatlam, sopol buyumlar va katta hajmdagi xom g‘ishtlar shaharni 2500 yoshda ekanini tasdiqlaydi.
|
08.07.2020
|
4.
|
4-Mavzu: Xiva shahar Ma’mun akademiyasi bilan tanishish.
Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan ko‘p yillar davomida Xiva Ichon-qal’a davlat muzey – qo‘riqxonasida arxitektura yodgorliklarini kompleks o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar natijasida me’moriy yodgorliklarning poydevorining tuzilishi, qurilmalarning umumiy xolatiga turli tabiiy omillarning ta’siri o‘rganilgan.Ushbu tadqiqotlar qadimgi Xorazm tarixiga oid me’moriy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha yagona ish bo‘lmasdan, bugungi kunda Xorazm Ma’mun akademiyasining olimlari tomonidan Xazorasp tumanida joylashgan Xumbuztepa arxeologik ob’ektida ham qazish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar natijasida taxminan 2600-2700 yilgi tarixga ega bo‘lgan, O‘rta Osiyo xududidagi zardushtiylarning eng qadimgi ibodatxonasi topildi.Ushbu ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishish, tajribalar bilan o‘rtoqlashish va tajriba almashish maqsadida joriy yilning 28-may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Germaniya Federativ Respublikasi Bavariya Myunxen texnika universiteti, arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida akademiyaning “Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyida bo‘lib, akademiya olimlari bilan suhbat o‘tkazdilar, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishdilar.
|
09.07.2020
|
5.
|
5-Mavzu: Bog’-rog’larni bar’o etish borasida istiqlol me’morligini o’rganish
Bogʻ tuzish sanʼati bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va boshqa koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼati s.ning oʻziga xos xususiyatidir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |