Tana mushaklari va fassiyalari
Tana mushaklari tananing orqa tomondagi mushaklari, ko‘krak va qorin mushaklariga bo‘linadi.
Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari
Tananing orqa tomonidagi mushaklari juft bo‘lib, tananing or- qa yuzasida dumg‘aza va yonbosh suyaklari qirrasidan kalla asosi- gacha bo‘lgan sohani egallaydi. Ular birnecha qavat bo‘lib joyla- shadi. Orqa mushaklari yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi.
Tananing orqa tomonidagi mushaklarning yuza guruhi yel- ka kamari va yelka suyagiga birikib (81-rasm), bir nechta qa- vat bo‘lib joylashadi. Ularga trapetsiyasimon mushak, orqaning serbar mushagi, katta va kichik rombsimon mushaklar, kurakni ko‘taruvchi mushak, orqaning yuqorigi va pastki tishli mushakla- ri kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |