Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi : Bitiruv malakaviy ishi 2 ta bob , 4 ta paragraf , xulosa va tavsiyalar , foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat bo‘lib , jami betni tashkil etadi
I BOB – Sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi qarashlari
1.1. O‘zbek oilalariga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning nazariy tahlili.
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko‘rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati haqida gapirib: "Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor", degan edilar.
Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnag‘ini ta’minlovchi tarbiya maskanidir. "Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan" . Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. "Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi... Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir". Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi).
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o‘zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘ladigan odob-axloq qoidalari, meyorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo‘lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o‘zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo‘llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko‘rinishida bayon etilgan.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg‘or vakillari diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamolotida uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov va davlatimiz rahbarlari tomonidan hozirgi davrda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas, albatta "Oilaga e’tiborimizni tubdan o‘zgartirish, oilalarni avvalo ijtimoiy jihatdan himoyalash, e’zozlash, qo‘llab-quvvatlash bugungi kunimiz uchun va ertangi istiqbolimiz uchun naqadar muhim va dolzarb ekanligini yaxshi tushunishimiz va anglashimiz darkor".
Ana shunday xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarning kun tartibida turishi oila hayoti, undagi shaxslararo munosabatlar mustahkamligi va uning farovonligi kabi masalalar ijtimoiy psixologiyaning asosiy kategoriyasi va shaxslararo munosabatning asosi sifatida nihoyatda dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi.
"Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi". Ko‘rinib turibdiki, oilaviy hayot masalalari hozirgi davr fani tadqiqot yo‘nalishining ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Respublikamizda "Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi hamda hukumat tomonidan "Oila kodeksi" (1998) qabul qilinishi bugungi kunda oilalarning mustahkam va barqarorligini saqlash uchun qilinayotgan muhim amaliy ishlardan hisoblanadi.
Afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib borayotganligi dunyoning deyarli ko‘pchilik mamlakatlarida: Amerika Qo‘shma shtatlari, Angliya, Fransiya, Germaniya, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa qator davlatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda o‘zbek oilalari hayotida oila-nikoh munosabatlarining zaiflashuvi va uning buzilishlari yuqorida qayd etilgan davlatlardagiga qaraganda ancha kam bo‘lsa-da, afsuski ajralishning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi va uning oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi asoratlar ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o‘rganishni taqozo etadi.
O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan .
Biroq, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari maxsus tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilaning buzilishi va uning salbiy asoratlari, hamma-hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
1.2. Sharqona axloq tamoyillari – oila barqarorligi omili
sifatida.
Ma’lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan "Qur’oni Karim" va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlar va shar’iy qonunlar yoritilgan. Islomda bo‘lajak oilaning vujudga kelishiga alohida e’tibor berilgan. Shariat bo‘yicha nikohdan o‘tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo‘lgan. 1.Nikohlanuvchi-larning o‘zaro roziligi. 2.Nikoh yoshiga to‘lish. 3.Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish. 4.Kelin uchun qalin va mahr to‘lash. 5. Diniy e’tiqod birligi. 6.Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo‘lmasligi. 7.Tabaqa bo‘yicha tenglik. 8.Nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi.
Bu shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli huquq va majburiyatlar bilan ta’minlagan.
Qur’oni Karimning oyatida oiladagi er bilan xotinning o‘rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shularning evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila ro‘zg‘or tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar mavjudligi sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir. Qur’oni Karimdan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos ibratli misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Hatto ajdodlarimizning muqaddas dini hisoblangan zardushtiylikda ham nikoh va oilaviy burch masalasi muhim axloqiy o‘rinda turgan. Zardushtiylikda ko‘p xotinlilik qat’iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo‘ydoq o‘tkazish ham qoralangan. Balog‘atga yetgan qiz ota-ona va jamoaning ra’yini pisand qilmay, qasddan turmushga chiqmay yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Agar erkak kishi shu yo‘lni tutsa, unga tamg‘a bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur etilgan. "Avesto"da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va baquvvat bo‘lmog‘i lozim edi. Bundan tashqari, mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga sazovor mulohazalar mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning) o‘ziga xos mezonlari birma-bir keltirib o‘tilgan.
Zardushtiylikning axloq meyorlari majmuida ayollar masalasiga ham alohida o‘rin berilgan. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalgani uchun boshqa sabablarga ko‘ra, jumladan, ig‘vo, tuhmat, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligiga, ota ona bilan chiqisha olmaslik bahonasi bilan nikohni bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Umuman Zardushtiylikda ham, Islomda ham nikohda ikki tomon teng va munosib bo‘lishi aytib o‘tilgan. Nikoh tartiblari va hayotiy tajribalariga ko‘ra, kelin va kuyov nasl nasabda, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, ilm-e’tiqodda, mulkdorlikda bir-birlariga yaqin bo‘lishi ma’qul topilgan. Shu bois, Sharq xalqlarida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, ularning tengini topib uylantirishga jiddiy e’tibor berilgan. Ayniqsa, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oilaning muqaddas ekanligi, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog‘liqligi haqida ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan nasihatnoma, pandnoma va hikmatnomalarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli nasihatlar hikoya qilinadi.
Jumladan, turk olimi Yusuf Tovasliy to‘plagan "Hikmatlar xazinasi"dagi kelin bo‘luvchi qizga beriladigan ona nasihati kishining e’tiborini o‘ziga tortadi. Unda ona turmushga chiqayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: "Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir, o‘git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o‘rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim buza olmaydi". Shu sababli sen tug‘ilib o‘sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, o‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o‘zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin. Sen unga yer bo‘lki, u senga osmon bo‘lsin !
Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go‘zal hayot kechirasizlar, mas’ud, baxtiyor va saodatli turmush ko‘rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning ham, eringning ham oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo‘lamiz. Aks holda ikki oilada ham huzur-halovat bo‘lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashagandek bo‘lasan.
Qizim! Endi senga aytadigan o‘n o‘gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda tut;
1.Qanoat sohibasi bo‘l. O‘z xolingga shukur qil. YA’ni, ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo‘lsin, xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero, baxtli hayot kechirmoqning bir yo‘li o‘z holiga shukur etmoqlikdir, holiga shukur etmagan o‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri, qalb rohati bo‘lmaydi.
2.Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! YA’ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo‘lganingda itoatli bo‘lishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab ado etishingni sening so‘zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan bo‘lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo‘ladi.
3.Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber!. YA’ni, uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko‘ziga bir chirkin yer ko‘rinmasin.
4.Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘yni sezsin, dimog‘iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko‘z o‘ngida sening obro‘yingni tushiradi. Sendan irkanishga sabab bo‘ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng yaxshi narsalardir, inson ko‘ziga xush ko‘rinishlik shular bilandir.
5.Ovqatni vaqtida tayyorla. YA’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o‘rgangan bo‘lsa, o‘sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini keltiradi.
6.Uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini yaxshi bilib ol! YA’ni, uning qachon uyquga yotish payti bo‘lsa, o‘rnini tayyorlab qo‘y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin so‘ndiradi.
7.Eringni moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l! YA’ni, eringning mol dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Eringni mol dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish demakdir.
8.Eringni qarindosh va yaqinlariga hurmat ko‘rsat! YA’ni, eringni qarindoshlari va yaqinlariga hurmat - uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish - eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9.Eringning sirini boshqalarga aytma! YA’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot bo‘lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo‘ysang, uning g‘azabini keltirib qo‘yasan, ishonchini yo‘qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi.
10.Eringni diniga to‘g‘ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo‘lmasin. Agar bir shunday harakat bo‘lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo‘ladi. U senga dushmanlik yo‘lini tutsa, sen ko‘p zarar ko‘rasan va qo‘lingdan hech narsa kelmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, xalq og‘zaki ijodi va diniy g‘oyalar hamda hikmatnomalar og‘zaki tarzda avloddan-avlodga ko‘chib sayqallashgan holda saqlanib kelgan bo‘lsa, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli ma’lumotlarni xalq an’analari va qadriyatlariga tayangan holda o‘z asarlarida yoritgan holda ilmiy-madaniy meros sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar. Ulardan biri - jahon ilm-fani hazinasiga munosib hissa qo‘shgan mutafakkir olim Abu Nasr Forobiydir.
Abu Nasr Forobiy (873-950) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini va inson kamoloti bosqichlarini, insonlar yashash jarayonida baxt-saodatga erishuv yo‘llarini o‘zining mashhur asari "Fozil odamlar shahri"da bayon etadi. Forobiy oqil insonlar haqida gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o‘zlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar" degan edi. Alloma oqillar bor joyda hech qachon muammolar va kelishmovchiliklar bo‘lmasligiga ishora qiladi. Uning g‘oyalarida oilaning to‘liqligi, unda qaror topgan sog‘lom ma’naviy muhitning ahamiyatini aks ettiradigan fikrlar ham mavjud. "Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi" yoki "odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir. Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (bizningcha, oila) fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi (bizningcha, oila jamoasi) fazilatli jamoadir".
Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt saodatga erishish yo‘llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) "yomon odatlarni o‘zida ifodalovchi o‘tmishni ham o‘zgartirmog‘i kerak. Aks holda o‘tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o‘zgarish va o‘sish ham bo‘lmaydi". Yoki "Baxt saodatga erishuv yo‘lida nimaiki (bilim, axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo‘lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur".
Biz tadqiqotlarimizda o‘rganadigan muammo nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Forobiyning inson kamoloti, uning jamiyatdagi, oiladagi o‘rni, yoshlarning voyaga yetishiga ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari, insonlar jamoasidagi o‘zaro hamjihatlik, yordam haqidagi hikmatlari hozirgi oilaviy turmush masalalarini yechishda, undagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda farovon turmush kechirish uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘z ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan yaxlit ijtimoiy ta’limot yaratmagan bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘zining nuqtai nazarini ko‘pgina qomusiy asarlarida izhor etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlariga xosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. "Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir"."Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi". "Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Beruniy o‘rta Osiyo, Qadimgi Yunon va Hind xalqlari hayotini yaxshi bilgani uchun ular amal qiladigan urf-odatlar, qadriyatlar va milliy madaniyatlarining o‘ziga xos tomonlarini taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar oila-nikoh, oiladagi o‘zaro munosabatlarga ham xosdir. Jumladan, u oilalarning "poligamiya" (erkak yoki ayol bir paytning o‘zida bittadan ortik er yoki xotinga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladigan nikoh shaklini bildiradi) turi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, Janubiy Hindiston madaniyatida tud erkaklari biologik nuqtai nazardan otalikni o‘rnatish bilan qiziqmaganlar. Ularda bolaga otalik rasmini amalga oshirish chog‘ida o‘qli kamonni homilador ayolga tantanali suratda bergan erkak bolaning otasi hisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga otalik qilishni xohlab qolsa, bu rasm ayolning navbatdagi homiladorligida takrorlangan. Bu ma’lumotlar izlanuvchilarda ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida oilaviy turmushning takomillashuvi, oila-nikoh munosabatlarining barqarorlashuvi va monogamiya oila turining kelib chiqishi tarixi haqida ilmiy tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi.
Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining yetakchi omillari oqillik va mehnatsevarlikning ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar mavjud."Muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir. Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi. Zero, inson o‘z hohishiga mehnat tufayli erishgan".
Ushbu muammoga oid mulohazalar Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) "Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo‘jaligi" kabi qator asarlari Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida o‘rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar ekan, avvalo oila boshlig‘i erning oldidagi mas’uliyatli vazifalarga e’tiborini qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila boshlig‘i bo‘la oladi. Er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o‘zaro hurmat asosida qurilishi haqida to‘xtalib, "Erkak kishi oila boshlig‘idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog‘i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, munosib yo‘ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir" deb yozadi Ibn Sino.
Ibn Sino oilaviy munosabatlar maromi oiladagi tinch totuvlik, mehr-muruvvat, oila g‘ururi va sha’ni ko‘p jihatdan ayollarga ham bog‘liq ekanligi haqida ko‘p yozgan. Jumladan, "Oila xo‘jaligi" asarida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori insoniy fazilatlarga ega bo‘lmoqlari lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida" nomli bo‘limida ularning quyidagi fazilatlari bayon qilinadi; ayol aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli bo‘lib, ko‘p gapirmasligi lozim; u eriga bo‘ysunmog‘i, uni sevmog‘i, farzandlar tug‘ib, doimo halol, pok, to‘g‘ri so‘z, kamtar bo‘lishi kerak; injiq bo‘lmasligi, o‘z iffat va obro‘sini to‘kmasligi lozim; u hech qachon eriga nisbatan dimog‘dorlik, viqor hissini ko‘rsatmasligi, o‘z ishlarini yaxshi, o‘z vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini tejamkorlik bilan ishlatmog‘i lozim; o‘z xulq-atvori bilan o‘z erining qalbida hadiksirash hissiga o‘rin qoldirmasligi kerak ("Ibn Sino va tadbiri manzil".
Mutafakkir olimning sog‘liqni saqlashga doir risolalarida jinsiy aloqalarning meyorlari, unga qat’iy amal qilish, jinsiy aloqalarda o‘zgarishning sabablari, ularni yo‘lga qo‘yish tadbirlari haqida ham qimmatli ko‘rsatmalar berilgan. Uning fikricha, er-xotin ularni yodda tutishi va unga amal qilishi oilaviy munosabatlar barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, Ibn Sino "kitob ush-shifo" asarida oila inqirozi va buzilishiga sabab bo‘ladigan omillarni ham ko‘rsatib o‘tgan.
Bularga: 1.Agarda er va xotinlikdan dunyoga farzand kelmagan bo‘lsa.
2.Agarda xotin eriga hiyonat qilib,uning e’tiborini pasaytirsa.
3.Xotin kishi tarbiyasiz bo‘lsa-yu, tarbiya olishni istamasa.
4.Er va xotin bir-birlariga yoqmaydigan xarakterli bo‘lsa.
Ko‘rinib turibdiki, Ibn Sino asarlarida oila-nikoh va oilaviy turmushda er-xotin munosabatlarini ibratli misollar asosida yoritgan hamda ayollar mavqei undagi munosabatlarda muhim o‘rin tutishini asoslab bergan.
Kaykovus qalamiga mansub Qobusnoma asari (1082-1083 yillarda yozilgan) Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir. Qobusnomada qator ibratli va hayotiy pand nasihatlar bilan birgalikda "ishq va uning odatlari zikrida", "xotin olmoq zikrida" ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. "Ey farzand, to kishining ta’bi latif bo‘lmaguncha oshiq bo‘lmag‘usidir, nedinkim ishq beshak ta’bi latiflikdan paydo bo‘lur. Har narsaki ta’bi latiflikdan paydo bo‘lsa, ul beshak latif bo‘lur". Bu yerda insonning qalbi toza, pok va axloqan yuksak bo‘lsa, uning ko‘ngli, sifat va fazilatlari ham, hissiy kechinmalari ham sof va chiroyli bo‘lishiga ishora qilingan. "Bas, agar oshiq bo‘lsang shundoq kishiga bo‘lgilki, ul ma’shuqalikka loyiq bo‘lsin". Bunda bo‘lg‘usi er-xotinning nikohigacha davrda bir-birini ko‘rib-bilib, sinab ma’shuqaning oqila, orasta, tejamkor, saranjom-sarishta, bola tarbiyasini, uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rniga qo‘yadigan kamtarin va eriga sadoqatli bo‘lishi nazarda tutiladi.
Ey farzand, agar xotin olmoq tilasang, o‘z hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol aziz bo‘lsa ham xotin va farzandingdan darig‘ tutma. Ammo xotinni pok dil, farzandni farmonbardor va mehribon tutgil bu ish sening qo‘lingdadir. Bu o‘rinda xotinga xos munosabatda bo‘lish erning ixtiyorida ekanligi ogohlantirilgan.
Xotin talab qilsang, xotinni molini talab qilmagil, xotin pok nixod (toza tabiat va pok dil) bo‘lsin. Kadbonu (uy bekasi va ishchan xotin)eriga do‘st bo‘lgay. Hayolig‘, taqvador, tili qisqa, molni yaxshi saqlaguvchi bo‘lsin. Debdurlarki, yaxshi xotin erning va umrning rohati bo‘lur. Bunda esa bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini tanlashda erning oldidagi mas’uliyat va latif xotin bo‘lishga xos fazilatlar bayon qilingan.
Agar sen xotiningga rashklik qilmasang, u senga samimiyat bilan munosabatda bo‘lur. U senga ota-onang va farzandlaringdin ham mushfiqroq bo‘lur va senga undin do‘stroq kishi topilmas. Agar unga g‘ayrroq (rashk, qizg‘anish) ko‘rguzsang, senga ming dushmandin dushmanroq bo‘lur va begona dushmandin hazar qilsa bo‘lur, lekin undin hazar qilib bo‘lmas. Bunda er-xotinning o‘zaro munosabatlarini ziddiyatlarning shakllanishiga olib keluvchi sabablar va omillar haqida gap boradi.
Yusuf xos Hojibning mashhur asari "Qutadg‘u bilig" (baxt saodatga yo‘llovchi bilim)da er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor berish zarurligi, inson shaxsiga xos sifat va fazilatlarning oilaviy hayotni boshqarishdagi roli, o‘rni va ahamiyati, er-xotin o‘zaro munosabatlarining meyorlari, farovon turmush kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar aytilganki, ular hozirgi oila turmushi va er-xotin munosabatlari uchun ham ahamiyatlidir. Asarda "Sen xotin olsang, o‘zingdan quyisini ol, zoti oliysiga boqma, sen qul bo‘lib qolasan". Asli, urug‘i hamda zoti yaxshi bo‘lsin, uyatli, andishali, pokizasini istagin.
Yuzi chiroyini istama, xulqi yaxshisini ista, fe’l-atvori yaxshi bo‘lsa, sening yuzingni yoritadi. Fe’lu-atvori yaxshi bo‘lsa, u to‘kis bo‘ladi. Fe’lu-atvori to‘g‘ri bo‘lsa, juda munosib bo‘ladi, xotin chiroyi xulqdir, buni bilgan biladi.
Agar yaxshi andishali ayol topishga muyassar bo‘lsang, boy berma (darhol olgin) ey ezgu kishi andishali, pokiza bo‘lsa, unday kishi asl bo‘ladi. Sen xotinning andishali-aqllisini ista, ey dono, andishali aqlli xotin topilsa - farosat, andisha, boylik, chiroy, nasl-nasab jam bo‘ladi. "Sen xotinni qadrli tut, nima so‘rasa muhayyo et".
Asarda xotin bilan bir qatorda er ham bilimdon, farosatli, aql-idrokli, zukko bo‘lishi, oila tartibini saqlash va uni yuritishda intizomli (intizom o‘rnatuvchi), uni kuzatib borishi kerakligi, oilaning iqtisodiy jihatdan to‘kisligini ta’minlovchi, xotiniga va farzandlariga mehribon, xushmuomalali, to‘g‘ri so‘z bo‘lishi uning farovonligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Alisher Navoiy (1441-1501) "Mahbub ul qulub", ya’ni "qalblar sevgilisi" va "Vaqfiya" asarlarida oilaviy turmushi bilan bog‘liq er va xotinning vazifalari, burchlari, o‘zaro munosabat-muloqot madaniyati, ularning muvofiqligi va nomuvofiqligi, uning oqibatlari haqida qimmatli nasihat va ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Jumladan, Alisher Navoiy "Mahbub ul qulub" asarining 37 fasl "uylanganlik va xotinlar to‘g‘risida" ayolning fazilatlari va uning oiladagi o‘rni haqida quyidagilarni yozadi; "er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur, uy bezagi undan va uylanganning (erning) tinchligi undan.
Husni bo‘lsa, ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa, jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa, turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi. Ana shunday turmush o‘rtog‘i bo‘lsa - g‘am kulfatda sirdosh va hamdaming bo‘lur, maxfiy va yashirin dard va mashaqqatda hamnafas va hamrohing bo‘lur. Turmushdan har jafo yetsa, hasratdoshing ul va osmondan har bir balo kelsa, ko‘makdoshing ul. Ko‘ngling g‘amidan ul g‘am chekadi.
Nosoz juft uy uchun ham ochiq va ham yashirin qo‘rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo‘lsa, ko‘ngil undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa kuyovning ko‘ngli yaralanadi, yomon ishlik bo‘lsa, erga yuz qarolik keladi. Mayxo‘r bo‘lsa, uy obodonligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa uy ichi rasvogarlikka aylanadi".
Alisher Navoiy mazkur asarida (11 qismida) har bir kishi uchun zarur bo‘lgan yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to‘g‘risida qanoat, sabr, tavozu’ va odob, ishq, vafo, hayo, yumshoq ko‘ngillilik va bir qator yomon illatlar to‘g‘risida qimmatli maslahatlar beradi.
Alisher Navoiyning fikrlarini psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘sha zamonlarda ham, hozir ham yigit va qizlarning o‘zlariga har tomonlama mos turmush o‘rtoq tanlashi, ularda zarur sifat va fazilatlar mujassamligi oilaning baxti va farovonligidir. Bir-biriga nomunosib er yoki xotin oilaning tanazzulidir.
Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘zining hayotdan olgan saboqlari, tajribalari asosida insonparvarlik, ijtimoiy hayot, oilaviy odob, adolat, halollik, sofdillik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik haqidagi fikrlarini qiziqarli hikoyalar, rivoyatlar, pandu-nasihatlar yordamida bayon etgan. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayoti va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator ibratli rivoyatlar bilan ko‘rsatadi. Koshi-fiy jamiyatda, odamlar o‘rtasida va oiladagi o‘zaro munosabatlarda
O‘zbek xalqining go‘zal axloqiy qadriyatlar – iymon, insof, andisha, uvol, oriyat, hayo, iffat, or-nomus kabi tushunchalar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Birgina nomus degan tushunchani olaylik. Bu tushuncha «or», «oriyat», «hayo», «ibo», «iffat», «uyat», «poklik», «pokdomonlik» va unga yaqin so‘z bilan ifodalanadi. Negaki, nomus – yuksak insoniy qadriyatlardan biri. «benomus», «uyatsiz», «behayo», «nopok», degan so‘zlar haqorat sanaladi. «Yetti nomus-bir o‘lim», «yigit kishining uyalgani-o‘lgani», «uyat o‘limdan qattiq» degan gaplar bor. Buyuk bobomiz Abu Rayxon Beruniy «Hindiston» asarida yozgan edi: «Biron xalqning u yoki bu udumlariga baho berishda, bunisi menga yoqadi, unisi yoqmaydi, deyishga hech kimning haqqi yo‘q, negaki har bir xalq udumlari, an’analari ming yillar davomida shakllangan va unga millatning hayot tarziga aylangan». Shu mantiqdan kelib chiqadigan bo‘lsak o‘z qadriyatlarimizni ulug‘lab, boshqalarnikini kamsitish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Har bir millatning o‘ziga xos udumlari bor. Inson uchun zarur bo‘lgan huzur-halovat, osoyishtalik, ahillik, g‘amxo‘rlik, izzat-hurmat, qadr-qimmat, samimiy mehr-oqibat – xullas olijanob insoniy tuyg‘u va xislatlar sog‘lom muhit va sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi. Uning ildizlari esa sog‘lom oila, oilaning dono va oqilona munosabatlarida kurtak otadi, unib-o‘sib, meva beraboshlaydi. Bular esa sog‘lom turmush tarzining ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatlariga suyangan holda rivojlanadi va yangicha mazmun-mohiyat kasb etib takomillashib boradi. Inson xuddi o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek boshqalar bilan muloqotda anglab yetadi. Sog‘lom turmush tarzini hozirgi sharoitda davrimiz talabiga xos va mos axloqiy mezonlarga tayangan holda axloqiy qadriyatlarni takomillashtirib, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni axloqiy jihatdan sog‘lomlashtirish lozimdir. Bu jarayon kishilar jismu-ruhini tetik, fe’l-atvorini yetuk yaxshilik va yomonlikni farqlash tuyg‘usiga ega bo‘lishni taqozo qilmoqda. Zero insonlarni avvalo haqiqiy inson qilib yetishtirish, ular turmush tarzida axloqiy fazilatlarni kamol topdirish, aql-idrokni yaxshi xulq, yaxshi xulq, yaxshi bilim, yaxshi amal bilan boyitish lozim. Bu esa jamiyatimiz ravnaqida muhim ahamiyat kasb etayotgan tamoyil ma’naviyat va ma’naviy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya ishining uyg‘unligi va samaradorligiga bog‘liqdir. Shuningdek, salbiy illatlarga kurashchanlik ruhini yaratish, beparvolik, loqaydlik va murosasizlikka qarshi kurashish lozimligini taqozo qilmoqda. Axloqiy burch, ma’suliyatni ichki e’tiqodga aylantirish sog‘lom turmush tarzining axloqiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
Axloqiy asoslarga amal qilgan har bir inson – o‘z turmush tarzini mazmun-mohiyatini boyitish, go‘zal fazilatlar asnosida yetuklik va mukammallik sharafiga erishishga intilib yashaydi. Abdurauf Fitrat aytganidek inson bu dunyoga ma’naviy takomillashish uchun yuborilgan. Inson hayotining mazmuni bu dunyo hayotida va u dunyo hayotida ma’noli yashab o‘tishdan iboratdir.
Shaxsning shakllanishi u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy muhitning ta’sirida kechadi. Bu jarayonning birinchi bosqichi oiladir. Oilada go‘dakning dunyoga kelgan kunidan boshlab, axloqiy va ongli faoliyatiga asos solinadi. Dunyoga yangidan kelgan go‘dak sog‘lom bo‘lishi, buning uchun uning onasi ham sog‘lom bo‘lishi va ruhiyatining tetik bo‘lishiga ko‘p omillarga bog‘liq. Buyuk alloma, mutafakkir va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino shu munosabat bilan o‘zining «Tib qonunlari» nomli asarida «chaqaloqning ona qornida rivojlanishi va tug‘ilgandan keyingi davrlarda shaxs sifatida shakllanishi ona ruhiyatiga bog‘liq»1, deb ta’kidlaydi.
Xullas, yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash butun xalqning, jamoatchilik va nodavlat tashkilotlar, davlat tizimidagi vazirlik va institutlarga taalluqli ekan-ligini chuqur anglab, bu masalaga mas’uliyat bilan yondashish eng dolzarb masala va vazifadir. Tarbiya jarayonida yoshlarda ishonch hosil qilish, o‘qish va o‘rganish, yaxshi jihatlarni rag‘batlantirish, sabab va natijalarni o‘rganish, saboqlar chiqarish doimiy ish ekanligini unutmaslik lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlab o‘tganlaridek, "Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan".
Darhaqiqat, Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining oilaviy hayoti, undagi o‘zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud.
Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo‘lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o‘rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi, eposining (o‘zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko‘ramiz.
Chunonchi, o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do‘stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go‘zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g‘ururini himoya qilish, tug‘ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug‘langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug‘mish, Go‘ro‘g‘li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o‘zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
"Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" .
Sevib turmush qurish, sevgida vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar o‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek urug‘lari va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan.
Ma’lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan "Qur’oni Karim" va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlar va shar’iy qonunlar yoritilgan. Islomda bo‘lajak oilaning vujudga kelishiga alohida e’tibor berilgan. Shariat bo‘yicha nikohdan o‘tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo‘lgan. 1.Nikohlanuvchi-larning o‘zaro roziligi. 2.Nikoh yoshiga to‘lish. 3.Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish. 4.Kelin uchun qalin va mahr to‘lash. 5. Diniy e’tiqod birligi. 6.Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo‘lmasligi. 7.Tabaqa bo‘yicha tenglik. 8.Nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi.
Bu shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli huquq va majburiyatlar bilan ta’minlagan.
Qur’oni Karimning oyatida oiladagi er bilan xotinning o‘rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shularning evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila ro‘zg‘or tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar mavjudligi sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir. Qur’oni Karimdan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos ibratli misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Hatto ajdodlarimizning muqaddas dini hisoblangan zardushtiylikda ham nikoh va oilaviy burch masalasi muhim axloqiy o‘rinda turgan. Zardushtiylikda ko‘p xotinlilik qat’iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo‘ydoq o‘tkazish ham qoralangan. Balog‘atga yetgan qiz ota-ona va jamoaning ra’yini pisand qilmay, qasddan turmushga chiqmay yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan. Agar erkak kishi shu yo‘lni tutsa, unga tamg‘a bosilib badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur etilgan. "Avesto"da qayd qilinishicha, erkak avvalo uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va baquvvat bo‘lmog‘i lozim edi. Bundan tashqari, mazkur muqaddas kitobda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq solish xususida ham diqqatga sazovor mulohazalar mavjud. Shuningdek, unda nikoh va taloqning (ajrashishning) o‘ziga xos mezonlari birma-bir keltirib o‘tilgan.
Zardushtiylikning axloq meyorlari majmuida ayollar masalasiga ham alohida o‘rin berilgan. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalgani uchun boshqa sabablarga ko‘ra, jumladan, ig‘vo, tuhmat, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligiga, ota ona bilan chiqisha olmaslik bahonasi bilan nikohni bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Umuman Zardushtiylikda ham, Islomda ham nikohda ikki tomon teng va munosib bo‘lishi aytib o‘tilgan. Nikoh tartiblari va hayotiy tajribalariga ko‘ra, kelin va kuyov nasl nasabda, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, ilm-e’tiqodda, mulkdorlikda bir-birlariga yaqin bo‘lishi ma’qul topilgan. Shu bois, Sharq xalqlarida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, ularning tengini topib uylantirishga jiddiy e’tibor berilgan. Ayniqsa, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oilaning muqaddas ekanligi, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog‘liqligi haqida ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan nasihatnoma, pandnoma va hikmatnomalarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli nasihatlar hikoya qilinadi.
Jumladan, turk olimi Yusuf Tovasliy to‘plagan "Hikmatlar xazinasi"dagi kelin bo‘luvchi qizga beriladigan ona nasihati kishining e’tiborini o‘ziga tortadi. Unda ona turmushga chiqayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: "Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir, o‘git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o‘rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim buza olmaydi". Shu sababli sen tug‘ilib o‘sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, o‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o‘zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin. Sen unga yer bo‘lki, u senga osmon bo‘lsin !
Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go‘zal hayot kechirasizlar, mas’ud, baxtiyor va saodatli turmush ko‘rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning ham, eringning ham oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo‘lamiz. Aks holda ikki oilada ham huzur-halovat bo‘lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashagandek bo‘lasan.
Qizim! Endi senga aytadigan o‘n o‘gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda tut;
1.Qanoat sohibasi bo‘l. O‘z xolingga shukur qil. YA’ni, ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo‘lsin, xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero, baxtli hayot kechirmoqning bir yo‘li o‘z holiga shukur etmoqlikdir, holiga shukur etmagan o‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri, qalb rohati bo‘lmaydi.
2.Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! YA’ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo‘lganingda itoatli bo‘lishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab ado etishingni sening so‘zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan bo‘lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo‘ladi.
3.Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber!. YA’ni, uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko‘ziga bir chirkin yer ko‘rinmasin.
4.Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘yni sezsin, dimog‘iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko‘z o‘ngida sening obro‘yingni tushiradi. Sendan irkanishga sabab bo‘ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng yaxshi narsalardir, inson ko‘ziga xush ko‘rinishlik shular bilandir.
5.Ovqatni vaqtida tayyorla. YA’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o‘rgangan bo‘lsa, o‘sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini keltiradi.
6.Uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini yaxshi bilib ol! YA’ni, uning qachon uyquga yotish payti bo‘lsa, o‘rnini tayyorlab qo‘y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin so‘ndiradi.
7.Eringni moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l! YA’ni, eringning mol dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Eringni mol dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish demakdir.
8.Eringni qarindosh va yaqinlariga hurmat ko‘rsat! YA’ni, eringni qarindoshlari va yaqinlariga hurmat - uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish - eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9.Eringning sirini boshqalarga aytma! YA’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot bo‘lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo‘ysang, uning g‘azabini keltirib qo‘yasan, ishonchini yo‘qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi.
10.Eringni diniga to‘g‘ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo‘lmasin. Agar bir shunday harakat bo‘lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo‘ladi. U senga dushmanlik yo‘lini tutsa, sen ko‘p zarar ko‘rasan va qo‘lingdan hech narsa kelmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, xalq og‘zaki ijodi va diniy g‘oyalar hamda hikmatnomalar og‘zaki tarzda avloddan-avlodga ko‘chib sayqallashgan holda saqlanib kelgan bo‘lsa, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli ma’lumotlarni xalq an’analari va qadriyatlariga tayangan holda o‘z asarlarida yoritgan holda ilmiy-madaniy meros sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar. Ulardan biri - jahon ilm-fani hazinasiga munosib hissa qo‘shgan mutafakkir olim Abu Nasr Forobiydir.
Abu Nasr Forobiy (873-950) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini va inson kamoloti bosqichlarini, insonlar yashash jarayonida baxt-saodatga erishuv yo‘llarini o‘zining mashhur asari "Fozil odamlar shahri"da bayon etadi. Forobiy oqil insonlar haqida gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o‘zlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar" degan edi. Alloma oqillar bor joyda hech qachon muammolar va kelishmovchiliklar bo‘lmasligiga ishora qiladi. Uning g‘oyalarida oilaning to‘liqligi, unda qaror topgan sog‘lom ma’naviy muhitning ahamiyatini aks ettiradigan fikrlar ham mavjud. "Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. U bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi" yoki "odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir. Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (bizningcha, oila) fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi (bizningcha, oila jamoasi) fazilatli jamoadir".
Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt saodatga erishish yo‘llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) "yomon odatlarni o‘zida ifodalovchi o‘tmishni ham o‘zgartirmog‘i kerak. Aks holda o‘tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o‘zgarish va o‘sish ham bo‘lmaydi". Yoki "Baxt saodatga erishuv yo‘lida nimaiki (bilim, axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo‘lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur".
Biz tadqiqotlarimizda o‘rganadigan muammo nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Forobiyning inson kamoloti, uning jamiyatdagi, oiladagi o‘rni, yoshlarning voyaga yetishiga ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari, insonlar jamoasidagi o‘zaro hamjihatlik, yordam haqidagi hikmatlari hozirgi oilaviy turmush masalalarini yechishda, undagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda farovon turmush kechirish uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘z ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan yaxlit ijtimoiy ta’limot yaratmagan bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘zining nuqtai nazarini ko‘pgina qomusiy asarlarida izhor etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlariga xosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. "Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir"."Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi". "Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Beruniy o‘rta Osiyo, Qadimgi Yunon va Hind xalqlari hayotini yaxshi bilgani uchun ular amal qiladigan urf-odatlar, qadriyatlar va milliy madaniyatlarining o‘ziga xos tomonlarini taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar oila-nikoh, oiladagi o‘zaro munosabatlarga ham xosdir. Jumladan, u oilalarning "poligamiya" (erkak yoki ayol bir paytning o‘zida bittadan ortik er yoki xotinga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladigan nikoh shaklini bildiradi) turi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, Janubiy Hindiston madaniyatida tud erkaklari biologik nuqtai nazardan otalikni o‘rnatish bilan qiziqmaganlar. Ularda bolaga otalik rasmini amalga oshirish chog‘ida o‘qli kamonni homilador ayolga tantanali suratda bergan erkak bolaning otasi hisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga otalik qilishni xohlab qolsa, bu rasm ayolning navbatdagi homiladorligida takrorlangan. Bu ma’lumotlar izlanuvchilarda ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida oilaviy turmushning takomillashuvi, oila-nikoh munosabatlarining barqarorlashuvi va monogamiya oila turining kelib chiqishi tarixi haqida ilmiy tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi.
Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining yetakchi omillari oqillik va mehnatsevarlikning ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar mavjud."Muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir. Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi. Zero, inson o‘z hohishiga mehnat tufayli erishgan".
Ushbu muammoga oid mulohazalar Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) "Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo‘jaligi" kabi qator asarlari Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida o‘rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar ekan, avvalo oila boshlig‘i erning oldidagi mas’uliyatli vazifalarga e’tiborini qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila boshlig‘i bo‘la oladi. Er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o‘zaro hurmat asosida qurilishi haqida to‘xtalib, "Erkak kishi oila boshlig‘idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog‘i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, munosib yo‘ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir" deb yozadi Ibn Sino.
Ibn Sino oilaviy munosabatlar maromi oiladagi tinch totuvlik, mehr-muruvvat, oila g‘ururi va sha’ni ko‘p jihatdan ayollarga ham bog‘liq ekanligi haqida ko‘p yozgan. Jumladan, "Oila xo‘jaligi" asarida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori insoniy fazilatlarga ega bo‘lmoqlari lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida" nomli bo‘limida ularning quyidagi fazilatlari bayon qilinadi; ayol aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli bo‘lib, ko‘p gapirmasligi lozim; u eriga bo‘ysunmog‘i, uni sevmog‘i, farzandlar tug‘ib, doimo halol, pok, to‘g‘ri so‘z, kamtar bo‘lishi kerak; injiq bo‘lmasligi, o‘z iffat va obro‘sini to‘kmasligi lozim; u hech qachon eriga nisbatan dimog‘dorlik, viqor hissini ko‘rsatmasligi, o‘z ishlarini yaxshi, o‘z vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini tejamkorlik bilan ishlatmog‘i lozim; o‘z xulq-atvori bilan o‘z erining qalbida hadiksirash hissiga o‘rin qoldirmasligi kerak ("Ibn Sino va tadbiri manzil".
Mutafakkir olimning sog‘liqni saqlashga doir risolalarida jinsiy aloqalarning meyorlari, unga qat’iy amal qilish, jinsiy aloqalarda o‘zgarishning sabablari, ularni yo‘lga qo‘yish tadbirlari haqida ham qimmatli ko‘rsatmalar berilgan. Uning fikricha, er-xotin ularni yodda tutishi va unga amal qilishi oilaviy munosabatlar barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, Ibn Sino "kitob ush-shifo" asarida oila inqirozi va buzilishiga sabab bo‘ladigan omillarni ham ko‘rsatib o‘tgan.
Bularga: 1.Agarda er va xotinlikdan dunyoga farzand kelmagan bo‘lsa.
2.Agarda xotin eriga hiyonat qilib,uning e’tiborini pasaytirsa.
3.Xotin kishi tarbiyasiz bo‘lsa-yu, tarbiya olishni istamasa.
4.Er va xotin bir-birlariga yoqmaydigan xarakterli bo‘lsa.
Ko‘rinib turibdiki, Ibn Sino asarlarida oila-nikoh va oilaviy turmushda er-xotin munosabatlarini ibratli misollar asosida yoritgan hamda ayollar mavqei undagi munosabatlarda muhim o‘rin tutishini asoslab bergan.
Kaykovus qalamiga mansub Qobusnoma asari (1082-1083 yillarda yozilgan) Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir. Qobusnomada qator ibratli va hayotiy pand nasihatlar bilan birgalikda "ishq va uning odatlari zikrida", "xotin olmoq zikrida" ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. "Ey farzand, to kishining ta’bi latif bo‘lmaguncha oshiq bo‘lmag‘usidir, nedinkim ishq beshak ta’bi latiflikdan paydo bo‘lur. Har narsaki ta’bi latiflikdan paydo bo‘lsa, ul beshak latif bo‘lur". Bu yerda insonning qalbi toza, pok va axloqan yuksak bo‘lsa, uning ko‘ngli, sifat va fazilatlari ham, hissiy kechinmalari ham sof va chiroyli bo‘lishiga ishora qilingan. "Bas, agar oshiq bo‘lsang shundoq kishiga bo‘lgilki, ul ma’shuqalikka loyiq bo‘lsin". Bunda bo‘lg‘usi er-xotinning nikohigacha davrda bir-birini ko‘rib-bilib, sinab ma’shuqaning oqila, orasta, tejamkor, saranjom-sarishta, bola tarbiyasini, uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rniga qo‘yadigan kamtarin va eriga sadoqatli bo‘lishi nazarda tutiladi.
Ey farzand, agar xotin olmoq tilasang, o‘z hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol aziz bo‘lsa ham xotin va farzandingdan darig‘ tutma. Ammo xotinni pok dil, farzandni farmonbardor va mehribon tutgil bu ish sening qo‘lingdadir. Bu o‘rinda xotinga xos munosabatda bo‘lish erning ixtiyorida ekanligi ogohlantirilgan.
Xotin talab qilsang, xotinni molini talab qilmagil, xotin pok nixod (toza tabiat va pok dil) bo‘lsin. Kadbonu (uy bekasi va ishchan xotin)eriga do‘st bo‘lgay. Hayolig‘, taqvador, tili qisqa, molni yaxshi saqlaguvchi bo‘lsin. Debdurlarki, yaxshi xotin erning va umrning rohati bo‘lur. Bunda esa bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini tanlashda erning oldidagi mas’uliyat va latif xotin bo‘lishga xos fazilatlar bayon qilingan.
Agar sen xotiningga rashklik qilmasang, u senga samimiyat bilan munosabatda bo‘lur. U senga ota-onang va farzandlaringdin ham mushfiqroq bo‘lur va senga undin do‘stroq kishi topilmas. Agar unga g‘ayrroq (rashk, qizg‘anish) ko‘rguzsang, senga ming dushmandin dushmanroq bo‘lur va begona dushmandin hazar qilsa bo‘lur, lekin undin hazar qilib bo‘lmas. Bunda er-xotinning o‘zaro munosabatlarini ziddiyatlarning shakllanishiga olib keluvchi sabablar va omillar haqida gap boradi.
Yusuf xos Hojibning mashhur asari "Qutadg‘u bilig" (baxt saodatga yo‘llovchi bilim)da er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor berish zarurligi, inson shaxsiga xos sifat va fazilatlarning oilaviy hayotni boshqarishdagi roli, o‘rni va ahamiyati, er-xotin o‘zaro munosabatlarining meyorlari, farovon turmush kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar aytilganki, ular hozirgi oila turmushi va er-xotin munosabatlari uchun ham ahamiyatlidir. Asarda "Sen xotin olsang, o‘zingdan quyisini ol, zoti oliysiga boqma, sen qul bo‘lib qolasan". Asli, urug‘i hamda zoti yaxshi bo‘lsin, uyatli, andishali, pokizasini istagin.
Yuzi chiroyini istama, xulqi yaxshisini ista, fe’l-atvori yaxshi bo‘lsa, sening yuzingni yoritadi. Fe’lu-atvori yaxshi bo‘lsa, u to‘kis bo‘ladi. Fe’lu-atvori to‘g‘ri bo‘lsa, juda munosib bo‘ladi, xotin chiroyi xulqdir, buni bilgan biladi.
Agar yaxshi andishali ayol topishga muyassar bo‘lsang, boy berma (darhol olgin) ey ezgu kishi andishali, pokiza bo‘lsa, unday kishi asl bo‘ladi. Sen xotinning andishali-aqllisini ista, ey dono, andishali aqlli xotin topilsa - farosat, andisha, boylik, chiroy, nasl-nasab jam bo‘ladi. "Sen xotinni qadrli tut, nima so‘rasa muhayyo et".
Asarda xotin bilan bir qatorda er ham bilimdon, farosatli, aql-idrokli, zukko bo‘lishi, oila tartibini saqlash va uni yuritishda intizomli (intizom o‘rnatuvchi), uni kuzatib borishi kerakligi, oilaning iqtisodiy jihatdan to‘kisligini ta’minlovchi, xotiniga va farzandlariga mehribon, xushmuomalali, to‘g‘ri so‘z bo‘lishi uning farovonligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Alisher Navoiy (1441-1501) "Mahbub ul qulub", ya’ni "qalblar sevgilisi" va "Vaqfiya" asarlarida oilaviy turmushi bilan bog‘liq er va xotinning vazifalari, burchlari, o‘zaro munosabat-muloqot madaniyati, ularning muvofiqligi va nomuvofiqligi, uning oqibatlari haqida qimmatli nasihat va ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Jumladan, Alisher Navoiy "Mahbub ul qulub" asarining 37 fasl "uylanganlik va xotinlar to‘g‘risida" ayolning fazilatlari va uning oiladagi o‘rni haqida quyidagilarni yozadi; "er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur, uy bezagi undan va uylanganning (erning) tinchligi undan.
Husni bo‘lsa, ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa, jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa, turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi. Ana shunday turmush o‘rtog‘i bo‘lsa - g‘am kulfatda sirdosh va hamdaming bo‘lur, maxfiy va yashirin dard va mashaqqatda hamnafas va hamrohing bo‘lur. Turmushdan har jafo yetsa, hasratdoshing ul va osmondan har bir balo kelsa, ko‘makdoshing ul. Ko‘ngling g‘amidan ul g‘am chekadi.
Nosoz juft uy uchun ham ochiq va ham yashirin qo‘rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo‘lsa, ko‘ngil undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa kuyovning ko‘ngli yaralanadi, yomon ishlik bo‘lsa, erga yuz qarolik keladi. Mayxo‘r bo‘lsa, uy obodonligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa uy ichi rasvogarlikka aylanadi".
Alisher Navoiy mazkur asarida (11 qismida) har bir kishi uchun zarur bo‘lgan yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to‘g‘risida qanoat, sabr, tavozu’ va odob, ishq, vafo, hayo, yumshoq ko‘ngillilik va bir qator yomon illatlar to‘g‘risida qimmatli maslahatlar beradi.
Alisher Navoiyning fikrlarini psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘sha zamonlarda ham, hozir ham yigit va qizlarning o‘zlariga har tomonlama mos turmush o‘rtoq tanlashi, ularda zarur sifat va fazilatlar mujassamligi oilaning baxti va farovonligidir. Bir-biriga nomunosib er yoki xotin oilaning tanazzulidir.
Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘zining hayotdan olgan saboqlari, tajribalari asosida insonparvarlik, ijtimoiy hayot, oilaviy odob, adolat, halollik, sofdillik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik haqidagi fikrlarini qiziqarli hikoyalar, rivoyatlar, pandu-nasihatlar yordamida bayon etgan. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayoti va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator ibratli rivoyatlar bilan ko‘rsatadi. Koshi-fiy jamiyatda, odamlar o‘rtasida va oiladagi o‘zaro munosabatlarda axloq meyorlari bo‘lib, bu meyorlar insonlarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga solib turadigan axloqiy talablardir, deb baholaydi. U ijobiy xislatlarning kishilarda bo‘lishi shart bo‘lgan insoniy fazilat deb tushunadi. Insoniy fazilatlar; sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, rostgo‘ylik, shijoat, kamtarlik, xushyorlik, oliyhimmatlilik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab, ularning ahamiyati va oqibatlarini aytib o‘tadi.
O‘z davrining yetuk ulamosi Rizouddin ibn Faxruddin er-xotin munosabatlarining sofligi naqadar muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etgan holda bu masalaga shunday yondashadi. "Go‘zal muomalali bo‘lmoq islom shariatining birinchi qoidalaridandir. Go‘zal muomalaning eng lozim qismi xotin bilan bo‘lajak muomaladir.Qur’oni Karim xotinlar bilan go‘zal mushoirat etishga buyurgandir. Bunday muomala etuvchi erning dunyosi tuzuk, oxirati rohat bo‘lur.
Xotinga go‘zal muomala qiluvchi oliy tabiatli erlar shariatu aql tarafidan man etilgan narsalarga xotinlarini yo‘llamaydilar va eng aziz bolasiga bo‘lgan mehru-shafqati darajasida oqibat ko‘rsatib, xotinlarini barcha mashaqqatdan saqlaydilar, qurbilari yetmagan xizmatga buyurmaydilar".
Oilaviy hayot va undagi munosabatlar bobida Ahmad Donishning qarashlari alohida e’tiborga loyiqdir. U o‘zining "Nodir voqealar" asarida oilaviy hayotning turli jabhalari nikoh odoblari, uylanish shartlari, ishq-muhabbat va sevishganlarning odobi, qaynona-kelin nizolari, farzandlarga vasiyat, kasb-hunarlarning foydasi haqida qimmatli fikrlarni bayon etgan. Uning fikricha, har bir inson muayyan yoshga yetgandan keyingina unda uylanish va oila qurishga zarurat hosil bo‘ladi. Bu davrga kelib inson oila nikoh munosabatlari, oilaviy hayot quvonchlari va tashvishlaridan boxabar, oilaviy baxt, farzand tarbiyasi, er-xotinlik va ota-onalik burchlarini tushunib yetgandirlar. Ahmad Donish uylanish shartlariga o‘sha davr uchun xos bo‘lgan xislatli turmush quruvchilarning biron-bir kasb sohibi ekanligini, uy-joy sohibi bo‘lishini, oila va oilaviy hayot masalalarini egallab olganliklarini nazarda tutadi. O‘sha davrga xos uylanish shartlari (qiz tomonidan qo‘yilgan) yangi oilaning farovonligi, to‘kisligini ta’minlaydigan omillardan hisoblangan.
Ahmad Donish o‘sha davrdagi uylanishning maqsadi va motivi o‘ziga xosligi, shunga qaramay, xotinlarning ham erkaklarday izzat nafsi borligi, ular o‘zlarini erkaklardan kam tutmasligi, shuning uchun ularning haq-huquqlarini himoya qilish zarurligini aytib o‘tadi. Ahmad Donishning qarashlarida ham oilaning baxti, oila farovonligi uning mustahkam va barqarorligi xotinga, uning axloqiy va ma’naviy kamolotiga bog‘liqdir.
XX asr Turkiston jadidchiligining ulkan namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat "Oila" nomli asarida farzandlar tarbiyasi, qizlar ham ilm olish kerakligi va bu sohada ota-onaning vazifalari, uylanish va uylanmaslik, uylanishda qanday xotin tanlash lozim, bo‘lajak er-xotin birinchi marta nimalarga e’tibor berishi lozimligi, er-xotinning qanday yashamoqlari xususida oilaning maishati va idorasi, er xotinga xos sifat va fazilatlar to‘g‘risida hayotiy ma’lumotlarga tayanib ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. U "millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog‘liqdir, qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi", deb yozadi (10; 8).
Fitrat mazkur asarining uylanishda qanday xotin tanlash lozim mavzusida "er xotin mushkulotdan iborat bo‘lgan hayot safarida birga bo‘lib, jismoniy va ruhiy osoyishtalikka sherik, insoniy vazifalarni bajarishda dastyor, qayg‘u va umidsizlik damlarida g‘amxo‘r, saodat va baxtiyorlik chog‘lari bir-birlariga hamdam bo‘lishlari lozim. Shunday ekan, ular albatta, eng avvalo, bir-birlarini kamoli diqqat va tajriba yuzasidan imtihon qilishlari zarur. Xotin erkak holidan va yigit qiz ahvolidan yaxshigina xabardor bo‘lib, keyin turmush qurishlari lozim" deb ogohlantiradi. Fitratning fikricha, uylanish uchun yana to‘rt narsaga alohida e’tibor berish lozim: mol, nasab, husn va imonu-e’tiqod. "Uylanish orzusida bo‘lgan er bilan xotinning mol (boylik)lari va nasablari taqriban bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda er bilan xotin bir-birlariga teng bo‘lmay, hayotini mudom azobga qo‘yadi".
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosidan bunday misollarni adoqsiz davom ettirish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’siri masalasiga Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar ziyolilari alohida e’tibor bilan qaraganlar.Ularning asarlarida oilaning muqaddasligi, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, oila muqaddasligini belgilovchi muhim milliy-madaniy va milliy-psixologik omillar ko‘rsatib o‘tilgan.
Ayniqsa, oilaning asosini tashkil etuvchi er va xotinga xos sifat va fazilatlarning shakllangan bo‘lishi, ular oilaviy burch va vazifalarini sadoqat bilan ado etishlari, bir-biriga mehribon va kechirimliligi eng muhim qadriyat sifatida e’zozlanadi.
Oila barqarorligini belgilovchi shaxslararo munosabatlar ta’siriga xos qimmatli ma’lumotlar hozirgi oilaviy turmush va uning barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
II- BOB Oilani ijtimoiy psixologik mustaxkamlashda sharqona
axloq tamoyillarining amaliy axamiyati.
2.1. Oilani ijtimoiy – psixologik mustaxkamlash omillari.
Tarixchi Lourens Stoun o‘rta asrlar davridagi oilaviy hayot shaklining hozirgi zamon shakliga o‘tishini ta’minlagan sxemani yaratib, u XVI asrdan to XIX asrgacha davr oralig‘ida oila taraqqiyotining 300 yil davomida bosib o‘tgan 3 bosqichidagi o‘ziga xoslikni ko‘rsatib berdi. Mazkur davrning dastlabki va undan keyingi bosqichida ham Stounning fikricha, ochiq qarindoshlik oilasi uning hukmron shakli hisoblangan, u nuklear oila bo‘lib, nisbatan cheklangan darajada o‘z xo‘jaligini yuritgan. Mahalliy jamoa bilan, o‘zining qarindoshlari bilan uzviy aloqaga kirishgan. Stounga ko‘ra, ihotalangan patriarxial oilalar asta-sekinlik bilan jamoadan ajralgan holda uyga bog‘langan nuklear oilalar tomonidan siqib chiqarildi. Bu oilaning muhim jihatlari uning a’zolari o‘rtasidagi yaqin emotsional munosabat, undagi munosabatlarning o‘ta o‘ziga xosligi va bola shakllanishiga e’tiborning yuqoriligi bilan farqlanadi. Bunday uyushgan oila tipi hozirgacha saqlanib qolgan. Jamoadan ajralgan holda uyga bog‘langan nuklear oilalarning paydo bo‘lishi bilan emotsional individualizmning, ya’ni emotsional va romantik muhabbat tartiblarini belgilovchi tanlovga ko‘ra nikohga kirishning qadri ortdi. Nikoh va oilaning g‘arbona tipi shunday qiyofaga ega bo‘ldiki, bu umumiy holda hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Biroq keyingi davrda (aniqrog‘i XX asrning 50-yillaridan boshlab) insoniyat turmush tarzi bilan bog‘liq jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar natijasida odamlar ma’lumotlilik darajasining o‘sishi, ayollarning xalq xo‘jaligining turli sohalarida faol ishtirok etishi, mehnat faoliyati ta’sirida oila sharoitida er-xotin munosabatlarining o‘zgarishi, o‘z navbatida, oila-nikoh munosabatlari xususiyatiga o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazdi.
Oxir oqibatda bugungi kunga kelib nikoh odamlarning o‘z mulki va mavqeini keyingi avlodga o‘tkazish maqsadidagi sa’i-harakatlari majmui bo‘lmay qoldi: ayollar iqtisodiy mustaqilligining ta’minlanishi bilan nikoh qachonlardir bo‘lganidek iqtisodiy sheriklik zaruriyatining natijasi hisoblanmay qoldi.
Farovonlikning umumiy o‘sishi ta’sirida, agar nikoh insonni qoniqtirmasa, u o‘z hayotini osongina boshqa yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘lib qoldi; Bundan tashqari, ajrashganlar endilikda o‘zlarida "isnod" tamg‘asini ko‘tarib yurmaydi, chunki ajralish o‘z hayot yo‘lini istaganidek qurish uchun qoniqish hissini vujudga keltiradigan omilga aylandi. Natijada oilaviy hayotda insoniyatning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoti uchun zid bo‘lgan holatlar: tug‘ilishning kamayishi, ajralishlar sonining ko‘payishi, ajralishlar salbiy oqibatining kishilar hayotiga ta’sirchanligini ortib borishi, nikohsiz oilalarning ko‘payishi va boshqa qator salbiy hodisalar yuz bera boshladi. Shu tariqa oila turmush yuzaga kelayotgan muhim muammolar jahon ilmiy jamoatchiligi: sotsiologlar, demograflar, etnograflar, tarixchilar, huquqshunoslar, mediklar, pedagoglar va psixologlar e’tiborini o‘ziga tortdi. Oilaviy hayot muammolarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari psixologiya fanining dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy psixologiyada oilaviy hayot muammolariga doir ilmiy tadqiqot ishlari qanchalik keng miqyosda olib borilishiga qaramay, uning hali yetarli darajada o‘rganilmagan tomonlari ham mavjud. Bular qatoriga oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ham kiradi.
Oilaviy hayot, nikoh va oila, undagi shaxslararo munosabatlar muammolari bo‘yicha tadqiqot olib borgan uzoq va yaqin chet el psixologlarining ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularning izlanish yo‘nalishini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin.
1.Oilaning buzilishiga olib keladigan sabablarni o‘rganish orqali oilani mustahkamlash, undagi o‘zaro munosabatlar barqarorligini ta’minlash va oilaviy baxt istiqbollarini belgilash sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari.
2.Baxtli va farovon oilalarni, ya’ni oiladagi baxt va farovonlikni ta’minlovchi oilaviy hayotga xos muhim omillarni o‘rganish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari.
Endi ana shu yo‘nalishlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar bilan chuqurroq tanishib, ularning tadqiqotimiz bilan bog‘liq o‘ziga xos tomonlari haqida mulohaza yuritamiz.
Bugungi kunda nikoh va oilada muhim o‘zgarishlar yuz berayotganini rad etish qiyin. Bular kengroq ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘zida ifodalaydi.
Tadqiqotlarning guvohlik berishicha "baxtli oila" va "farovon turmush" ni ta’minlovchi muhim jihatlar to‘g‘risidagi o‘spirinlar tasavvuri bilan oilalilar tasavvuri o‘rtasida keskin farq mavjud. Bu holat ayniqsa oilaning ma’naviy va moddiy hayoti to‘g‘risidagi tasavvurlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Nikohdan keyingi hayot er-xotinning o‘z turmush tarzi va tajribalari yordamida o‘zlarining baxtli oilalarini qurishga undaydi va bu ijtimoiy voqelikni ular real tushuna boshlaydilar.
Baxtli oila masalalari bilan shug‘ullangan yetakchi sotsiolog va psixolog olimlar uning 11 ta eng muhim shart-sharoitlari mavjudligini aniqlaganlar:
1.Er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunishi. 2.Alohida uy-joyning mavjudligi. 3.Moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganlik. 4.Farzandlar. 5.Nikoh mustahkamligiga ishonch. 6.Oilada bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish. 7.O‘ziga yoqqan ish bilan ta’minlanganlik. 8.Ma’lumotning mosligi. 9.Ish joyining qulayligi. 10.Yaxshi do‘stlarning mavjudligi. 11.Er-xotinning erkinligi.
Ularning tadqiqot tahlillariga ko‘ra, qaysi bir oilada ana shunday imkoniyatlar mavjud bo‘lsa, u oilani baxtli oila deyish mumkin, uning a’zolari esa baxtiyor va farovon turmush kechirayotganliklaridan darak beradi .
Ularning tadqiqot tahlillariga ko‘ra, yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, oilada baxtli va farovon turmush vujudga kelishi uchun yuqorida keltirilgan shart-sharoitlar o‘z ahamiyatiga ko‘ra er bilan xotin uchun bir xil emas. Masalan, "Er-xotinning bir-birini tushunishi", "alohida uy-joyning mavjudligi", "moddiy yaxshi ta’minlanganlik", "farzandlar" va "qiziqarli ish" ahamiyatiga ko‘ra, erda boshqacha, xotinda esa boshqacha baholangan. Er birinchi va ikkinchi o‘ringa "alohida uy-joy bilan ta’minlanganlik" va "moddiy yaxshi ta’minlanganlikni", keyin boshqalarini qo‘ysa, xotin esa birinchi va ikkinchi o‘ringa "er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunish", "farzandlar" va so‘ngra esa "alohida uy-joy", "moddiy yaxshi ta’minlanganlik" hamda "qiziqarli ish"ni qo‘yadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, baxtli va farovon oila mazmunini ta’minlashning eng muhim tomoni hayot va faoliyatning zarur shart-sharoitlari va bolalar oila ittifoqi barqarorligining muhim mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
S.V.Kovalevning ta’kidlashicha, yoshlarda oilaviy hayot va turmush tarziga xos to‘g‘ri tasavvurlar yetarli emasligi sababli turmush qurganlarida oila-nikoh munosabatlaridan qoniqmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Shuning uchun yoshlar o‘sib ulg‘ayadigan va o‘qish joylarida ularni oilaviy hayotga, turmushga tayyorlash, ularda baxtli oila va farovon turmushni ta’minlaydigan zarur sifat va fazilatlarni shakllantirish, ularni bo‘lg‘usi oila to‘g‘risidagi romantik, shirin xayollardan, har xil chalg‘ishlardan qutqarish bilan bog‘liq tarbiyaviy shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risidagi qimmatli maslahatlarni ilgari suradi .
Xorijiy mamlakatlarda shu sohada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yuqori sinf o‘quvchilarida baxtli oila qurishlari uchun ularda ikkita muhim jihat shakllangan (ular egallagan) bo‘lishi shart. Birinchisi, g‘oyaviy yetukligi (iqtisodiy ta’minlanganlikka nisbatan ham), ikkinchisi, o‘zaro munosabat va muloqot madaniyati tarkib topgan bo‘lishi zarur. Shu bilan bir qatorda oila qurayotgan yoshlarda yana: o‘zini o‘zi anglab o‘zidagi qusurlarni qisqartirishga intilish, voqea va hodisalarga o‘zgalar nazari bilan qarash, muomalada yuqori madaniyatlilik, boshqalarni xohish va qarashlari bilan hisoblashish, sevgini ulug‘lash, bir-biriga barqaror ishonch, bir-birini tushunishning yuqoriligi, bir-biriga hurmat va sadoqat kabi fazilatlar ham mujassamlashuvi kerak.
Oilaviy munosabatlarni o‘rganish sohasida estoniyalik olimlar E.Tiyd va V. Ukolovalarning olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ular oiladagi er-xotin o‘zaro munosabatlari xarakteriga qarab uning modellarini ishlab chiqadilar. Ularning fikricha, hozirgi jamiyatda ko‘proq oilaning 2 ta modeli: An’anaviy (asimmetrik) oila modeli va zamonaviy (simmetrik) oila modeli uchraydi. An’anaviy (asimmetrik) oilada er so‘zsiz oilaning iqtisodiy ta’minotchisi va uning boshlig‘i sanaladi. Oiladagi ittifoq mavqeini u belgilaydi. Oila hayotiga xos tashkiliy va boshqa muhim muammolar yechimini u belgilaydi. Shu bois, er oiladagi boshqa tashvishlardan ozod qilinadi. Ayol esa an’anaviy oilalarda uncha ko‘p daromad keltirmaydi yoki nisbatan oz daromad keltiradi. Uning uchun eng muhimi farzand ko‘rish (tug‘ish) va oila xo‘jaligini namunali yuritish, bolalarni nazorat qilish va ularning kamoloti bilan shug‘ullanishdir. Shunga ko‘ra, oila yuritish javobgarligi ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘lgani uchun undagi mikro muhitni yaratish va shakllantirish tashvishi, asosan, uning majburiyatiga kiradi.
Zamonaviy (simmetrik) oilada er-xotin o‘zaro munosabatlari an’anaviy oiladagidan farqli o‘laroq (yoki bu oila egalitar (fransuzcha - tenglik) oila ham deyiladi) undagi barcha rollar xoh u iqtisodiy, xoh u tarbiyaviy bo‘lsin hammasi er-xotinning hamkorligida, birgaligida amalga oshiriladi. Ular oila xo‘jaligini birga yuritadilar, uning masalalari va muammolarini birga hal qiladilar hattoki, to tarbiyaviy masalalargacha.
Estoniyalik olimlar E.Tiyt va V.Ukolovalarning ko‘rsatishicha, oilaning mustahkamligi, undagi munosabatlarning aniq maqsadlarga qaratilganligi va yo‘naltirilganligi bilan ham belgilanadi. Ular oilaviy munosabatlar maqsadini ko‘proq 3 yo‘nalishda bo‘lishini farqlaydilar. Oilaviy munosabatlar barqaror bo‘ladi, qachonki:
1.Maqsad, bolalar tarbiyasi bilan bog‘langan bo‘lsa;
2.Maqsad, er-xotinning shaxs sifatida yanada rivojlanib borishini asoslasa;
3.Maqsad, oila uchun zaruriy narsalarni, uyni shinam va orastaligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa.
Ko‘rinib turibdiki, oila barqarorligi-oila a’zolarining o‘zaro hurmatga, sevgi-muhabbatga, javobgarlik - burch hissiga va er-xotinning psixologik va jinsiy o‘zaro mosligiga asoslangan juda murakkab, ko‘p qirrali va ko‘p darajali munosabatlari natijasidan iboratdir.
Oila barqarorligi oilaning yagona va butunligini saqlaydi. Afsuski, oila barqarorligi XX asrning 80-90 yillariga kelib pasaya boshlagan. Buning asosiy sabablari oila buzilishlarining keskin oshishi, bolalarni tug‘ilish sonining kamayishi, nikohsiz oilalarning ko‘payishi bilan tavsiflanadi. Shu bois, hozirgi yoshlarga oila buzilishining muhim sabablarini tushuntirish bilan birga oila beqarorligiga olib keluvchi juda murakkab omillar ta’sirini ham dalillab borish zarur.
Aksariyat tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, oila buzilishining eng muhim sabablari: er-xotinning bir-biriga nisbatan ishonchining yo‘qolishi, hissiyotning (sevgi-muhabbatning) susayishi, xarakter xususiyatlarning mos kelmasligi, er-xotindan birining bola ko‘rishga layoqati yo‘qligi yoki jinsiy qoniqmaslik holatlaridan iboratdir. Bunday natijalarni uzoq va yaqin chet el psixologlari olib borgan tadqiqotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Oilada shaxslararo munosabatlar madaniyatining shakllanganligi oila a’zolarining jamiyatda o‘z o‘rnini, qadrini topishga o‘z istak va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. Agar unda oilaviy munosabatlar yetarli darajada shakllanmagan bo‘lsa yoki shakllanmasa unda turli muammolar va nizolar shakllanadi. Oilada totuvlik yo‘qoladi va unda noxush psixologik muhit hosil bo‘ladi. Oila a’zolari jamiyatda ham o‘z o‘rinlarini topa olmaydilar. Eng muhimi shuki, bunday holat farzandlar kamolotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘rov davrida 266 ta oilaviy muammolar bo‘yicha shug‘ullanadigan maslahatchilar o‘rganib ko‘rilganda, ularning qayd etishicha, ularga yordam so‘rab murojaat qilgan har 10 ta oilaning 9 tasida o‘zaro munosabatlarda qiyinchiliklar sodir bo‘layotganligini tasdiqlay-dilar. Mazkur qiyinchiliklardan: - kommunikativ qiyinchiliklar - 86,6% ni, bolalar va ularning tarbiyasi bilan bog‘liq - 45,7% ni, jinsiy muammolar - 43,7% ni, moliyaviy muammolar - 37% ni, madaniy muammolar - 37,6% ni, tug‘ishganlar bilan munosabat - 28,4% ni, er-xotin o‘rtasidagi ishonchsizlik - 26,6% ni, xo‘jalik ishlari - 16,7% ni, jismoniy haqoratlash - 15,6% ni va boshqa muammolarni tashkil etadi.
Xuddi shunday holatni, ya’ni er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar madaniyatini amerikalik tadqiqotchilar V.Metyuza va K.Mixanovichlar olib borgan real oila hayotini o‘rganish natijalari ham tasdiqlaydi. Ular baxtli va baxtsiz oilalar (shartli ravishda) orasidagi o‘ndan ortiq zarur farqlarni ko‘rsatib o‘tganlar. Ularga: -Oilada er-xotin munosabatlaridagi tengsizlik; bir-birini yaxshi tushunmaslik; jahl bilan gapirish; o‘zini tahqirlanganligini sezish; e’tiborsizlik; umidsizlik; ishonchsizlik; janjallarni sodir etib turish; birovlarning fikriga qo‘shilmaslik, hurmat talabliklar ekanligini asoslaydilar.
Ko‘pchilik psixologlarning fikriga ko‘ra, oilaviy baxt bo‘lishi uchun nizoli oilalarda yetarlicha psixologik shart-sharoitlar majmuasi mavjud emas (oilada ijobiy barqaror psixologik muhitni ta’minlaydigan er-xotin munosabatlariga xos sifat va fazilatlar yetarli shakllanmaganligidan dalolat beradi). Ularning fikricha, oilada yetarli psixologik shart-sharoitlar kompleksini:
1.Normal (do‘stona) ziddiyatsiz munosabat. 2.Ishonch va empatiya. 3.Bir-birini tushunish. 4.Normal (intim) jinsiy hayot. 5.Uy-joyning bo‘lishi tashkil etadi.
Rossiyada o‘tgan asrning 80-90- yillarida oila muammolari bilan shug‘ullangan psixolog olimlar (S.V. Kovalyov, N.N. Obozev) ning bahosiga ko‘ra, baxtsiz oilalarni uch toifaga kiritish mumkin. Ular shartli ravishda: janjalli, inqirozli, muammoli oila toifalariga bo‘linadilar.
Janjalli oilada er-xotin o‘rtasida parda (sfera) bo‘lib, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, baholashlari va xohishlari o‘rtasida doimo to‘qnashuvlar kelib chiqadi va u kuchli emotsional holat ko‘rinishida uzoq saqlanadi.
Inqirozli oilada er-xotinning qiziqish va ehtiyojlari asosan qat’iy xarakterga ega bo‘lib, bu holat oilaviy hayot sohasining muhim tomonlarini egallaydi.
Muammoli oilada er-xotin o‘rtasida sodir bo‘ladigan qarama-qarshiliklar yoki ziddiyatlar asosan unda qiyin hayotiy vaziyatlar, qiyinchiliklar (masalan uy-joyning yo‘qligi, og‘ir va uzoq muddatli kasallik) yuz bergan holatlarda yuzaga keladi.
Ana shunday oilalardagi er-xotinlar ulardagi ijtimoiy-psixologik muhit va o‘zaro hurmatga, yordamga tayangan o‘zaro munosabatlardan qoniqqandagina turmushlari mustahkam bo‘lishi mumkin (Kovalev).
Oilaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablarni o‘rgangan S.I.Golod (1981) oilaviy qiyinchiliklarni quyidagi ko‘rinishlarda: -uy xo‘jaligini tashkil etish; qarindoshlar bilan munosabatning og‘irligi; bolalar va uning tarbiyasi; kommunikatsiyadagi qiyinchiliklar, moliyaviy qiynalishlar, ichimlikka berilish, qiziqish va e’tiqodlarning turli yo‘nalishdaligi, rashk va qizg‘anish, jinsiy nomutanosibliklarda namoyon bo‘lishini qayd etadi.
Dayan Vagen (1986) ajralish vaqtida ajralishgan sheriklar munosabatlarini tekshirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p hollarda jismoniy ajralishdan oldin er-xotinlar ijtimoiy jihatdan boshqa-boshqa bo‘lib qoladilar.
Vagen tadqiqotiga ko‘ra, ajralish dastlabki paytlarda oldindan o‘ylab qilinmaydi. Bir individ, Vagen atamasiga ko‘ra, tashabbuskor - boshqasiga qaraganda, mavjud munosabatlardan kam qoniqadi va nikohdan mustaqil "hudud" ni yaratadi... Shunday vaqt keladiki, urinishlarining chippakka chiqqanligini, munosabatlarning uzil-kesil buzilganligini tashabbuskor tushunadi. Shu vaqtdan boshlab erkak yoki ayol sherigi bilan har qanday munosabatlarni inkor etish hukmida bo‘ladi. Vagenning taxminicha, bu - erning munosabatlar boshidagi mavjud nuqsonlarini hisobga olmay, xotinning ko‘zga tashlanadigan jihatlarini bo‘rttirgan "sevgisiga" qarama-qarshi holatdir.
Muammolarni chuqur o‘ylab ko‘rib, ba’zilar ilgarigi munosabatlarini qayta tiklashga urinadilar. Qat’iy ajraluvchilar uchun mulohaza va muhokama o‘z hukmining to‘g‘riligiga ishonch yaratadi va ajralishni tezlashtiradi .
Ajralmoqchi bo‘lganlar o‘z turmush tarzi va dunyoqarashlarida jiddiy o‘zgarishlarni boshidan kechiradilar. Pol Boennen ajralishni amalga oshiruvchi o‘zaro 6 ta bosqichni belgilaydi. Bularning hammasi qiyinchiliklar va tortishuvlar tug‘diradi, ajralishganlarga, ularning bolalariga, qarindoshlariga va tanishlariga ta’sir qiladi:
1.Janjalli ajralish - bunda sheriklar o‘rtasidagi sovuq munosabatlar keskin oshib, odatda nikohning buzilishiga olib keladi.
2.Ochiq ajralish - bunda nikohni bekor qilish uchun zarur asoslar mavjud bo‘ladi.
3.Iqtisodiy sababli ajralish - mol-mulkning bo‘linishi bilan bog‘liq ajralishdir.
4.Ota-onalar ajralishi - bolalarga vosiylik qilish va ulardan xabar olib turish huquqi bilan bog‘liq ajralish.
5.Kommunikativ ajralish - ajralganlarning do‘stona va boshqa ijtimoiy aloqalarining o‘zgarishi.
6.Ruhiy ajralish - individ hissiy bog‘langanlikni uzil-kesil uzadi va mustaqil hayot zaruratini sezadi.
Amerika qo‘shma shtatlarda Robert Veyss tomonidan ajralgan erkaklar va ayollar bilan o‘tkazilgan suhbatlar shuni ko‘rsatadiki, xotinlar ajralishdan erkaklarga qaraganda ko‘proq iqtisodiy zarar ko‘radilar, ammo psixologik (ruhiy) va ijtimoiy ko‘nikish jarayoni har ikki jinsda o‘xshash holatda kechadi. Veyss qarab chiqqan ko‘pchilik hollarda sheriklarning bir-biriga nisbatan hurmati va muhabbati juftlarning ajralishiga qadar yo‘qoladi. Ular o‘rniga dushmanlik va ishonchsizlik paydo bo‘ladi .
Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nihoyatda og‘ir kechadi. Judet Vallerstayn va Jon Kellilar Kaliforniya shtatida ajralgan oltmishta oilaning bolalari hayotini o‘rgandilar. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ota-onalar ajralganidan so‘ng, ko‘p hollarda bolalar ancha mayus bo‘lib qolganlar. So‘rov o‘tkazilgan 131 ta bolaning qariyb hammasi ajralish vaqtida o‘tkir emotsional holatda bo‘lganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ba’zan yuz bergan voqeada aybni o‘zlariga olib, xijolat va vahimada bo‘lganlar, katta yoshdagilar esa ota-onalarining niyatlarini yaxshiroq tushunsalarda, ajralish oqibatlari va o‘zlarining kelajaklari uchun chuqur xavotirlanishni, ularda ko‘pincha o‘tkir g‘azablanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi .
YE.Burgess, P.Vollin, L.Terman va M.Odema, G.Rolandlar bir qator tajribalarga tayanib er-xotinlikdan qoniqishda sheriklarga xos sifatlarning quyidagi turlarini qayd etadilar.
Baxtli nikohdagi sheriklarni tavsiflovchi sifatlarga:
1.Emotsional barqarorlik. 2.O‘zga kishilar bilan kelisha olishlik. 3.Xushmuomalalik. 4.Ochiqlik, ishonch. 5.Emotsional muhtojsizlik. 6.Yon beruvchanlik kiradi.
Baxtsiz nikohni tavsiflovchi sifatlar:
1.Emotsional beqarorlik (nevrotizm). 2.o‘zga kishilarga tanqidiy munosabat. 3.Hukmronlikka intilish. 4.Berklik, tundlik. 5.Shubhalanuvchan-lik. 6.Emotsional berklikdir (103; 74).
Yuqoridagi mualliflarning izohlashicha, nikohdan qoniqqanlikni belgilovchi 2 ta asosiy o‘lcham (mezon)i bor ekan. Ushbu ikkala o‘zaro aloqadorlikdagi ko‘rsatkichlar - emotsional soha va ijtimoiy muhitga yo‘nalganlikdan iboratdir.
G.Roland esa o‘z tadqiqotlarida oiladagi shaxslararo munosabatdan qoniqish uchun zarur kommunikativ sifatlarni ajratib ko‘rsatgan:
1.Muloqotmandlik. 2.Oilada yuqori darajadagi o‘zaro tushunish.
3.Er-xotinlarning jinsiy qoniqqanligi. 4.Emotsional qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi va ishonch. 5."Uy" ni oiladagi hamjihatlikni belgilovchi maskan deb qarash (Roland 98).
B.Faber esa oiladagi kommunikativ qadriyatlar yo‘nalishining yuqori meyorda bo‘lishi baxtni belgilovchi baho deb hisoblaydi.
A.Kempinskiy bo‘lsa er-xotin hamjihatligi to‘g‘risidagi qiziqarli (taajjubli) konsepsiyani taqdim etdi. Muallif bu konsepsiyani taqdim etishda (tayyorlashda) nevrotik oilalarga oid ma’lumotlarga tayanadi. Uning qarashlariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasidagi mutanosiblik uchun muhim (chuqur) ahamiyat kasb etuvchi shaxs xislatlariga qaraganda, shunchaki yuzaki (ikkinchi darajali) fazilatlar muhimdir. Ikkinchi darajali shaxs sifatlari situativ xulq-atvorda namoyon bo‘ladi. Ular er-xotin juftligining yaxlit tuzilma sifatida mos kelishidagi vazifalarini muvofiqlashtiradi (103; 75).
N.N.Obozov oilaviy hayotdan qoniqmaslik, nikohning buzilishi va beqarorligini belgilovchi sabablarni er bilan xotin o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyaning tenglashtirilishidandir deb tushuntiradi. Uning fikricha, oldinlari erning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi uning oiladagi boliqligini belgilagan bo‘lsa, u oilani buzilishdan saqlashning bitta vositasi edi, xolos. Hozirgi kunda er bilan xotinning ijtimoiy-iqtisodiy tengligi ularning funksional majburiyatlarini taqsimlashda yangicha yondashishni talab qiladi. Funksiyalarni taqsimlashdagi asos sifatida er bilan xotinning o‘zaro ta’sirlashuvining psixologik xususiyatlarini ochish maqsadga muvofiq. Uning fikricha, ijtimoiy-tarixiy tajriba va keyingi tajribalar hozirgi avlodning funksiyalarini psixologik taqsimlash jarayonini qiynalmasdan va "asoratsiz" bo‘lishini kafolatlay olmayapti.
V.YE.Semenov, Masherov, Y.T.Timofeyevlarning tadqiqotlarida oilada nizoli vaziyatlarni kelib chiqishi inson turmush tarzining butunligicha qamrab oluvchi sohalardagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotdagi natijalarga ko‘ra, ishchi ayollar uchun eng ahamiyatli hayotiy qadriyatlar "oilaviy baxt", "yaxshi sog‘lomlik", "sevimli ish" va "sof vijdon" dan iborat ekan. Erkak ishchilarda esa qadriyatlarning eng asosiysini "sevimli mashg‘ulot", so‘ngra "oilaviy baxt" tashkil qilishi aniqlangan .
Shu o‘rinda oiladagi maishiy masalalar ishlab chiqarish jarayonidan tashqaridagi omil bo‘lsa ham, undagi psixologik muhitni tartibga solishda ishtirok qilishini ta’kidlash joizdir.
Ko‘rib o‘tganimizdek, chet el psixologlari tomonidan oila muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ancha salmoqli va keng qamrovlidir. Shunday bo‘lsa-da, mazkur ilmiy izlanishlar natijalari, ulardagi ilmiy tavsiya va xulosalar ma’lum darajada cheklanganlik xarakteriga egadir. Tadqiqot natijalarining cheklanganlik xarakterda ekanligi har bir xalqda oilaviy turmush muammolari milliy, madaniy, an’anaviy va hududiy xususiyatlar mavjudligi bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Chunki, oilaviy turmush tarzi va er-xotin munosabatlarining milliy, madaniy va mintaqaviy o‘ziga xosligi boshqa millatlarnikiga u yoki bu darajada to‘g‘ri kelavermaydi. YA’ni boshqa millat vakillarida oila muammolarini hal qilish bilan bog‘liq o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini o‘zbek milliy-madaniy muhitida samarali qo‘llash mumkin emas. Shu bois, biz ushbu tadqiqotlar natijasida erishilgan yutuqlarga yuqori baho bergan holda, bu ilmiy dalillarni o‘zbek oilalari uchun ham to‘la taalluqli deya olmaymiz.
2.2. Sharqona axloq tamoyillaridan foydalanish oilani ijtimoiy-
psixologik mustaxkamlovchi vosita.
Millat tarbiyasi hamma zamonlarda ham dolzarb masala bo‘lib kelgan. Sharq mutaffakirlari farzand tarbiyasiga, ularni oilaviy hayotga tayyolash masalalariga alohida e’tibor berib kelganlar. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” (Baxt saodatga yo‘llovchi bilim) Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shaxri”, “Hikmat asoslari” Abu Rayxon Beruniy “O‘tgan avlodlar obidalari” ,“Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” va”Bo‘ston” Alisher Navoiyning “Maxbub ul-qulub”, kabi o‘nlab durdana asarlari asrlar davomida farzandlar tarbiyasiga dasturamal tarbiya vazifasini o‘tab, kelmoqda. Bu asarlar necha- necha avlodga poklik, xamjihatlik, rostgo‘ylik, axillik, axdu- vafo kabi fazilatlarini singdirib kelayotgani sir emas.
Jamiyatimizda ijtimoiy iqtisodiy, madaniy ma’rifiy, ilmiy texnik rivojlanish jadal suratlar bilan kechayotgan xozirgi bosqichida ham oilani mustaxkamlash, farzandlarni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish va ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda bevosita sharq mutaffakirlari merosidan, milliy qadriyatlar, tarbiya vositasida foydalanish muxim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi oilalardagi mavjud ayrim notabiiy munosabatlar, ko‘rinishlar, oilaga zo‘rma- zo‘raki kirib kelgan ayrim tarbiya usullarini bartaraf etishda ham allomalarimizning ma’naviy meroslari foydalanish samarali natijalar beradi.
Ma’lumki sharq xalqlarining ma’naviy merosi hilma- xil ajoyib afsonaviy va tarixiy dostonlarga, masal va rivoyatlarga boy bo‘lib, mavzu jixatdan bir -biriga bog‘langandir. Ularning mazmunidan kelib chiqadigan fikrlar nafaqat yoshlarni oilaga tayyorlash hamda ularning tarbiyasi , oila muammolari balki davlat ahamiyatidagi qator axloqiy ma’rifiy, ijtimoiy muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Jumladan donishmand mutaffakirlarimiz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda quydagi fazilatlarni egallash muhimligini ta’kidlab o‘tganlar.
Bularga:
-iffat odobli, sharm hayoli bo‘lish;
- bilim zakovat soxibi bo‘lish;
-ota-onalarni va oila a’zolarini hurmat qilish,e’zozlash;
-insofu-adolatli bo‘lish;
-ulug‘larning pand nasihatlariga amal qilish;
- sevgida vafoli bo‘lish;
-har-xil nomaqbul ishlardan saqlanish;
Bunday sifatlar avvalo oilada tarkib topadi.
Kaykovus o‘zining Qobusnoma asarida oila va farzand tarbiyasi xaqida to‘xtalar ekan birinchi nasl- nasabini toza saqlamoq, asl qadr qimmatini bilish kerakligini inson tarbiyasining gultojiga qiyoslaydi.
Uning qalamiga mansub kichik rivoyatlarda ”Bas farzandinga har na o‘rgata olsang o‘rgatg‘il, uning foydasi senga ham yetishur. Ammo farzanding balog‘atga yetgan bo‘lsa ko‘rg‘il uning oila boshlig‘i bo‘lmoqqa xotin olmoqa va ro‘zg‘or ishlariga mansub bo‘lmoqqa salohiyati bo‘lsa unga xotin olib berg‘il, toki shu bilan sen uning bu xaqqin ham bajarg‘on bo‘lg‘aysan. Lekin avval o‘g‘lingni o‘ylantirmoq va qizingni erga bermoq tilasang zinxor o‘z qarindoshlaring bila berishib olishmag‘il, begonadin olg‘il, nedinkim o‘z qarindoshlaringdan olmasang ham ular sening bila go‘sht qondek yaqindurlar” degan o‘gitlari oilada sog‘lom avlodlarni tarkib topishida pand nasihat vazifasini o‘taydi.
Bundan tashqari Abu Nasr Forobiy, Abu ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, va boshqalarning asarlarida ham bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalash, bu ishda ota-onalarning farzandlari oldidagi burch va vazifalari xaqida qimmatli fikrlar berilgan.
O‘zbek xalqining og‘zaki ijodi va eposlarida oilada o‘g‘il va qiz bolalarni milliy an’analar ruhida oilaviy hayotga tayyorlashda quyida keltirilgan mardlik , halollik kamtarlik, ishonch , sevgiga sadoqat, adolat, hamfikrlilik, kabi fazilatlar ulug‘langan va tarbiya jarayonida ular ongiga singdirib borilgan. Bu voqealarni biz “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Layli va majnun” kabi qator o‘zbek xalq dostonlarining qaxramonlari misolida ko‘rishimiz mumkin.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy madaniy merosini o‘rganar ekanmiz ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari undagi milliy an’analar asosidagi tarbiya jarayonlari, farzand kamoloti, oiladagi ota onaning farzandlar oldida na’muna ko‘rsata oladigan muomala munosabatlari insoniy fazilatlarning shakllanishi xaqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari xususan o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi uzviy bog‘liqligi asosida tarkib topgan ilmiy madaniy meros ekanligini ko‘ramiz.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosi oilada, tarbiyaviy jarayonlarda, sharqona tarbiya usullarimizni tiklashda ularni milliy an’anaviy ruxida oilaviy hayotga tayyorlashda ota onalarga dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
X U L O S A
Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko‘rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati haqida gapirib: "Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor", degan edilar.
Ma’lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan "Qur’oni Karim" va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlar va shar’iy qonunlar yoritilgan. Islomda bo‘lajak oilaning vujudga kelishiga alohida e’tibor berilgan. Shariat bo‘yicha nikohdan o‘tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo‘lgan. 1.Nikohlanuvchi-larning o‘zaro roziligi. 2.Nikoh yoshiga to‘lish. 3.Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish. 4.Kelin uchun qalin va mahr to‘lash. 5. Diniy e’tiqod birligi. 6.Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo‘lmasligi. 7.Tabaqa bo‘yicha tenglik. 8.Nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi.
Bu shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli huquq va majburiyatlar bilan ta’minlagan.
Oilaviy hayot, nikoh va oila, undagi shaxslararo munosabatlar muammolari bo‘yicha tadqiqot olib borgan uzoq va yaqin chet el psixologlarining ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularning izlanish yo‘nalishini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin.
1.Oilaning buzilishiga olib keladigan sabablarni o‘rganish orqali oilani mustahkamlash, undagi o‘zaro munosabatlar barqarorligini ta’minlash va oilaviy baxt istiqbollarini belgilash sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari.
2.Baxtli va farovon oilalarni, ya’ni oiladagi baxt va farovonlikni ta’minlovchi oilaviy hayotga xos muhim omillarni o‘rganish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O‘zbekiston. 1998. - 64 b.
2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T.2. -T.: O‘zbekiston. 1996. -366 b.
3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqini - xalq, millatini - millat qilishga xizmat etsin. -T.: O‘zbekiston. 1998 -30 b.
4. Karimov I.A Ma’naviyat yuksalish yo‘lida. -T.: O‘zbekiston. 1998. -480 b.
5.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.:O‘zbekiston. 1998. -32 b.
6. Karimov I.A. Xavfsizlik va 6arqaror taraqqiyot yo‘lida. -T.: O‘zbekiston. 1998. -432 b.
7.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda -T.: O‘zbekiston. 1999. -48 b.
8. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.:O‘zbekiston.1997.-326 b.
9. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. -T.:O‘zbekiston. 1998. - 687 b.
10.Abdurauf Fitrat. Oila. - T.: Ma’naviyat. 2000. -112 b.
11.Abramov M.S. Mujchini i jenshini. -T.: Meditsina. 1990. -160 s.
12.Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. -T., 1993. - 224 b.
13.Abu Rayhon Beruniy. Hikmatlar .-T.:, 1973. -174 b.
14.Azizova T.M. Zamonaviy o‘zbek oilalarida o‘smir bolalar shaxsi shakllanishi. T.: // Xalq ta’limi. I998. 3-son. 11 - 14 betlar.
15.Azizov G., Jabborov A. Musulmoncha nikohning afzalliklari. /O‘zbek oilasiniig entopsixologik muammolari mavzusidagi Resp. ilm. amal. anj. ma’ruz. qisqacha bayoni. -T., 1993. -137-139 b.
16. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat .T., 1992.
17. Alisher Navoiy. Mahbubul qulub.Tanl.as.to‘p.13t. - T.,1966.-244 b.
18.Ashurov A. Avestodan meros marosimlar.T.: 2001.-32 6.
19. Bobomurodov A. Islom odobi va madaniyati. -T.:Cho‘lpon. 1995.-176 b.
20.Bodalov A. A. Obshaya psixodiagnostika. -M.: 1987.-176 b.
21.Buyuk siymolar, allomalar. I I kitob. ( Nashrga tayyorlovchi M.Xayrullayev. -T., 1996. -120.
22.Bo‘riyeva M.R. O‘zbekistonda oila demografiyasi. - T.: Universitet. 1997. -238 b.
23.Bo‘riyeva M.R. O‘zbekistonda oila demografiyasi. - T.: Universitet. 1997. -182 b.
24.Vladin V., Kapustin D. Garmoniya semeynix otnosheniy. –Minsk, 1986. -238 s.
25.Vougel E.F Semya i rodstvo "Amerikanskaya sotsiologiya, perspektivi, problemi, metodi". -M.: Progress. 1972. -132 s.
26.Vund V. Problemi psixologii narodov. -M.: Znaniye. 1912.-178 s.
27.Grebennikov I.V. Osnovi semeynoy jizni. -M.: Prosvesheniye. 1991. -158 s.
28.Grining T. Istoriya i zadachi gumanisticheskoy psixologii // Voprosi psixologii. 1988. №4.
29.Davletshin M.G., Shoumarov G‘.B. Zamonaviy o‘z6yek oilasi va uning psixologik xususiyatlari. / O‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari. Resp. Ilm. amal. anj. ma’ruza qisqacha bayoni. -T., 1993. -3-5 b.
30.Davletshin M.G. Oiladagi nizolar psixologiyasi va uning bartaraf etish yo‘llari. o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari. Resp.ilm. amal. anj.ma’ruz. qisqacha bayoni. -T., 1993. -33-34 b.
31.Dvornik E.M. Psixologicheskaya sovmestimost suprujeskoy pari / Seksualniye disgarmonii// Rukovodstvo po psixoterapii. -T.: Meditsina. 1985. -425 s.
32. Djandildin N.-T. Priroda natsionalnoy psixologii. Alma-Ata, 1971. –S. 7-12.
Do'stlaringiz bilan baham: |