Mir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32,
M-220, 222, BESM-3, 4, 4M, Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6.
Uchinchi avlod
- integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar(1965-
1980 yillar). Bu avlodning muxim qulayliklardan biri, ularning multi dasturli va
vaqt taqsimoti holatida ishlash imkoniyatlarining mavjudligidir. Bu imkoniyat
kuchli OT(operatsion tizim)ning yaratilishi bilan amalga oshiriladi. Kompyuter
multidasturli holatda ishlash jarayonini bir paytda bir necha dasturni bajarish
imkoniyatiga ega, ya‘ni kompyuter qurilmalari ishlash imkoniyatiga ega. Uchinchi
avlod kompyuterda ichki va tashqi xotira muammosi deyarli xal qilinib, tezlik
muommo bo’lib qoldi. Bu avlodga kompyuterlarning yagona tizimi ostida
ishlaydigan mashinalar kiradi. 3-avlod kompyuterlariga quydagilar kiradi:
TI-ASC
(Texas Instruments Advanced Scientific Computer), STAR-100
To‘rtinchi avlod
- katta integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar
(1980 yillardan boshlab) -
Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32) va
Pentium protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar.
1.
Beshinchi avlod - ko‘rinmas kompyuterlar. «Ko‘rinmas kompyuterlar»
hozirda - maishiy texnika qurilmalari, soatlar, bank kartochkalari va boshqa-
boshqa ko‘pgina qurilmalar tarkibida ishlatilmoqda. Ushbu kompyuterlar, jahon
ishlab chiqarishining rivojlanishiga, o‘zining juda kuchli ta’sirini ko‘rsatdi va yillar
o‘tishi bilan uning bu ta’siri yanada kuchayib borishini ko‘rish qiyin emas.
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p turli xil
kompyuterlar ishlab chiqildi. Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari bilan
birga, kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining
katta ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor. Kompyuter arxitekturasini
yuqorida keltirilgan rivojlanish bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy
kompyuterlarning qanday qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni
yanada kengaytirish hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada
oshirish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda kompyuterlarning ikkita asosiy turi, ya’ni:
- ikkilik sonli kodlar ko’rinishidagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi raqamli
kompyuterlar;
- hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi sanaladigan, uzluksiz o’zgarib
turuvchi fizik (elektr kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi
analog kompyuterlar mavjud.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |