S
Soliqlar – qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo‘yicha xo‘jalik
yurituvchi subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki
mahalliy byudjetga olinadigan majburiy to‘lovlar. Soliq, yig‘im, boj va
boshqa to‘lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida belgilangan tartibda va
shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki
byudjetdan tashqari fondlarga majburiy badallarning to‘lanishi tushuniladi.
Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa
to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |