2) ishlaydigan fuqarolarga:
• davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari);
• dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni
moliyalashtirish 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi
105
);
• 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan
biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni
uchun to‘lovlar;
• qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar
uchun sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar,
ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni
moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari
tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari
ochiladi.
Jamg‘armaning
hududiy
boshqarmalari
to‘lov
to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va
ishlaydigan
fuqarolarga
pensiyalar,
ijtimoiy
nafaqalar,
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun
mablag‘larga
bo‘lgan
ehtiyoj
hajmini
belgilaydi
hamda
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim
etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
tartibda:
• joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji
hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;
• joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning
taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni
aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
105
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul
qilingan PQ-4086 son Qarori 28-band.
505
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning
buyurtmanomalari
bo‘yicha
ishlaydigan
pensionerlarga
pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag‘lari davlat
byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning
ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga
mablag‘larni moliyalashtiradi.
Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun
hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va
vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15-iyundan
kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun
xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma
xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va
foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va
xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati
tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga
ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga
uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning
ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga —
mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining
tasdiqlangan asosiy parametrlarini;
• Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)
bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga
Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini
(yo‘nalishlarini) etkazadi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan
ko‘rsatkichlarini bajarish:
• yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar
va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan
— davlat soliq xizmati organlari tomonidan;
• Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va
to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli
ravishda
sarflash,
shuningdek
Jamg‘arma
mablag‘laridan
maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan —
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)
bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro
etuvchi apparatiga:
528
• Uning daromadlari qanday manbalar hisobidan tashkil topadi?
• Jamg‘armada shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan
qanday chora-tadbirlar moliyalashtiriladi?
• Jamg‘arma moliyaviy resurslarining to‘liq shakllanishi va
maqsadli foydalanishi uchun qaysi organlar javobgar hisoblanadi?
• Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq
jamg‘arma daromadiga o‘tishini nazorat qilish kimlarning
zimmasiga yuklatilgan?
• Jamg‘armaning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
• Uning asosiy vazifalari qilib nimalar belgilangan?
• Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish qanday asosiy
moliyaviy manbalar hisobidan vujudga keladi?
• Jamg‘arma mablag‘larini sarflash qanday yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshiriladi?
• Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko‘maklashish
jamg‘armasining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
• Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi
mablag‘larini shakllantirish manbalari nimalardan iborat?
• Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi
mablag‘larini taqsimlash qanday amalga oshiriladi?
• Respublika yo‘l jamg‘armasining faoliyatida qanday
o‘zgarishlar ro‘y berdi?
• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining asosiy funksiyalari
nimalardan iborat?
• Tiklanish
va
taraqqiyot
jamg‘armasi
mablag‘larini
shakllantirish manbalari nimalardan iborat?
• Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan
foydalanishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
• “El-yurt umidi” jamg‘armasi qachon tashkil etildi?
• Jamg‘arma
mablag‘lari
qanday
manbalar
hisobiga
shakllanadi?
• Jamg‘arma ta’limning qanday yo‘nalishlarini moliyalash-
tirishda ishtirok etadi?
• 2018-yilga nisbatan 2019-yilda jamg‘armaga necha foiz ortiq
mablag‘ yo‘nalitirsh ko‘zda tutilgan?
513
maqsadli jamg‘armasi hisoblanilib,
uning
asosiy vazifasi
mablag‘larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda
qo‘llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga
va tadbirkorlarning biznes yuritish asoslariga o‘qishini tashkil
etishga yo‘naltirish hisoblanadi. Jamg‘armani boshqarish Davlat
raqobat qo‘mitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi
tomonidan amalga oshiriladi, boshqarma Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining daromadlari va
xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha
tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi,
shuningdek, Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi
hisobini yuritadi qonunchilikda ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga
oshiradi, Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni
tuzadi hamda Jamg‘arma byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |