ta’minlashga erishish hisoblanadi.
500
– boquvchisini yo‘qotganligiga ko‘ra.
1995-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1289–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996-yil 1-
yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko‘rsatayotgan va ish
bajarayotgan pensionerlar uchun mo‘ljallangan, belgilangan
pensiyaning 50% to‘lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd
etish joizki, ushbu tartib 2019 moliya yilidan boshlab bekor qilindi.
Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga
tenglashtirilganlar, I va II-guruh nogironlari, Chernobil halokatini
bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga
ko‘ra
alohida
kasb
egalari
bo‘lgan
(masalan,
shifokor-
pensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy
gvardiya, milliy xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar,
umumta’lim muassasalari va maktabgacha tarbiya muas-
sasalarida faoliyat olib borayotgan pensionerlar, mahalla oqsoqoli
va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi ishlayotgan barcha
pensionerlar to‘liq 100% miqdorda olinishi belgilandi
102
.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 14-yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya jamg‘ar-
masining O‘zbekiston jumhuriyat bo‘limi tashkil etilgan. Ijtimoiy
ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda
ijtimoiy sug‘urta mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishi
ustidan
nazoratni
kuchaytirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba
uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1993-yil 4-avgustdagi
391-son qaroriga muvofiq, sobiq SSSR Pensiya jamg‘armasining
O‘zbekiston Respublika bo‘limi negizida Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilgan. Unga
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish
bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni
to‘lashga yo‘naltiriladigan davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari
berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada
takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning
to‘liq kelib tushishi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha
pensiya va nafaqalarni to‘lashga xarajatlarni o‘z vaqtida moliyaviy
ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini
oshirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
102
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va
pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi ” 2018 yil
12 dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni.
509
31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror jamg‘arma daromadlarini
shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib
turuvchi me’yoriy hujjat bo‘lib hisoblandi. Davr o‘tishi bilan va
bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga
bosqichma-bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni
qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga ham mos ravishda ijobiy
o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib borildi.
1998-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi
bandligi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul
qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasining mavqeini yanada kuchaytirishga turtki bo‘ldi.
Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb
nomlanishining o‘ziyoq jamg‘armani yanada takomillashtirishga,
resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo‘llab-
quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va
foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha 173-
sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi
to‘g‘risida” va “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi (hozirgi kunda ushbu
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul
qilinishi munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab
chiqildi.
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli Qarori
qabul qilinib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi hamda
unga muvofiq jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilanib olindi.
2017-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 3001-
sonli Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi
Bandlikka
ko‘maklashish
davlat
jamg‘armasi
mablag‘larini
shakllantirish manbalari va mablag‘larini sarflashning asosiy
yo‘nalishlari qayd etildi.
508
• o‘z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning
o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar)
bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma o‘rtasida lavozim vazifalarini
taqsimlaydi;
• o‘z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman
(shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma tomonidan bajarilishi
majburiy
bo‘lgan
buyruqlar,
yo‘riqnomalar
chiqaradi
va
ko‘rsatmalar beradi;
• belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlarning
soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga
o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg‘armaning tarkibiy
boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
• Jamg‘armaning
ijro
etuvchi
apparati
xodimlarini,
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent
shahridagi
boshqarmalarining
boshliqlari
o‘rinbosarlarini,
Jamg‘armaning
tuman
(shahar)
bo‘limlari
boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
• pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi
yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va
belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
• Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat
banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga
joylashtiradi;
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni
amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: