Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB.  ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

11-BOB.  ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY 

AYLANISHINING MOLIYAVIY JIHATLARI 

   

11.1.  Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, 

tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi 

 

 



 

Umumlashtirilgan 

ko‘rinishda 

asosiy 


kapital 

mehnat 


vositalariga  (binolar,  inshootlar,  uzatish  qurilmalari,  mashinalar, 

dastgohlar,  transport  vositalari  va  foydali  foydalanish  muddati  12 

oydan  oshadigan  boshqa  vositalar)  sarflangan  (joylashtirilgan) 

kapital  qiymatining  bir  qismidir.  XYuSning  buxgalteriya  balansida 

asosiy  kapital  aylanmadan  tashqaridagi  aktivlar  sifatida  aks 

ettiriladi.  Uning  asosini  asosiy  vositalar  tashkil  etadi.  Bu  aktiv-

larning 

boshqa 


elementlari, 

ya’ni 


nomoddiy 

aktivlar, 

tugallanmagan  qurilish,  moddiy  boyliklarga  daromadli  qo‘yish 

(joylashtirish),  uzoq  muddatli  moliyaviy  qo‘yilmalar,  bevosita  yoki 

bilvosita  asosiy  kapitalni  kengaytirilgan,  ilmiy-sig‘imli  ishlab 

chiqarishga  xizmat  qiladi.  Mehnat  va  mahsulotni  yaratish 

jarayonida  asosiy  kapital  ishlab  chiqarish  omili  va  ishlab 

chiqarishning  moddiy-texnikaviy  asosi  shaklida  amal  qiladigan 

unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi. 

 

Asosiy  kapitalning  doiraviy  aylanishi  unga  tegishli  bo‘lgan 



qiymatning  quyidagi  uch  funksional  shakllarida  harakat  qilishini 

anglatadi: 

•  pulli; 

•  unumli; 

•  tovarli. 

Asosiy  kapital  qiymatining  bu  shakllarda  amal  qilishi  foyda 

olishni  va  mehnat  vositalarining  takror  ishlab  chiqarilishini 

ta’minlaydi. 

Kapitalning  doiraviy  aylanishi  davomida  aylanma  kapitaldan 

farqli  o‘laroq  asosiy  kapital  o‘zining  iste’mol  shaklini  birdaniga 

yo‘qotmaydi,  ya’ni  davomli  muddatda  eskiradi.  Yangidan 

yaratilayotgan mahsulotga u o‘zining qiymatini asta-sekinlik bilan, 

eskirish  darajasiga  qarab  o‘tkazadi  va  to‘liq  qayta  tiklanganga 

qadar  ko‘plab  ishlab  chiqarish  sikllari  davomida  uni  tiklab  boradi. 




242 

Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o‘rnatilgan me’yorlarga 

muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi. 

Ma’naviy  eskirishini  inobatga  olgan  holda  mehnat  vositalari 

boshlang‘ich  qiymatini  to‘liq  tiklash  vaqti  amortizatsiya  davri  deb 

ataladi. 

Bu 

davr 


tugaganidan 

so‘ng 


asosiy 

kapitalga 

avanslashtirilgan  pulli  qiymat  o‘z  aylanishini  tugatadi  va  yana 

mehnat  vositasiga  aylanadi.  Bu  fursatga  yetgunga  qadar 

o‘tkazilayotgan  qiymat  asta-sekinlik  bilan  va  uzluksiz  ravishda 

amortizatsiya  fondi  ko‘rinishida  jamg‘arilib  boriladi  hamda 

shundan keyin u iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklash 

uchun ishlatiladi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  asosiy  kapitalni  buyumlashgan 

shakli  sifatida  asosiy  fondlar  –  uzoq  vaqt  davomida  natural-

iste’molli  shaklda  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanilayotgan 

moddiy  boyliklar  yig‘indisi  –  maydonga  chiqadi.  Iqtisodiy 

mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bo‘linadi: 

•  asosiy ishlab chiqarish fondlari; 

•  noishlab chiqarish asosiy fondlari. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  buyumlashgan-natural  shaklda 

ishtirok  etadigan  va  ko‘plab  ishlab  chiqarish  sikllari  davomida 

o‘zining  qiymatini  tayyor  mahsulotga  qismlarga  bo‘lib  o‘tkazuvchi 

mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi. 

Noishlab  chiqarish  asosiy  fondlarining  tarkibiga  XYuSning 

balansida  bo‘lgan  va  noishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun 

foydalanishga  mo‘ljallangan  XYuSning  mulklari  kiradi.  Ular 

bo‘yicha  amortizatsiya  hisoblanmaydi.  Bu  fondlarning  qiymati 

ularning  eskirishi  munosabati  bilan  XYuSning  foydasi  hisobidan 

takror ishlab chiqariladi. 

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi tarmoq, 

texnologik,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  qilish  muddati  (yoshi) 

jihatidan  turli  tuzilmalarga  bo‘linishi  mumkin.  Tarmoq  tuzilmasi 

alohida  olingan  tarmoqdagi  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari 

qiymatining  butun  iqtisodiyot  bo‘yicha  shu  fondlar  qiymatidagi 

salmog‘ini  xarakterlaydi.  Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining 

texnologik 

tuzilmasi 

alohida 


guruh 

ichidagi 

ular 

turli 


ko‘rinishlarining  salmog‘ini  ko‘rsatadi.  Ishlab  chiqarish  tarkibiy 

tuzilmasi  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishtirok  etayotgan  mehnat 

vositalari 

turli 


ko‘rinishlarining 

nisbatidan 

iborat 

bo‘lib, 


investitsiyalarning  texnologik  ilg‘orligi  va  ularning  oqilona 

255 


 

XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini ta’minlashda 

va  moliyaviy  tahlilda  sof  aylanma  kapitalni  monitoring  qilish 

muhim  rol  o‘ynaydi.  Umumiy  ko‘rinishda  sof  aylanma  kapital 

aylanma  aktivlar  va  qisqa  muddatli  majburiyatlar  o‘rtasidagi 

farqdan  iborat.  Qisqa  muddatli  passivlarning  tarkibiy  tuzilmasiga 

kelgusi  davr  daro-madlari  ham  kiritilib,  ular  XYuSning  o‘z  pul 

mablag‘lari  bo‘lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  sof  aylanma 

kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin: 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish