Sug‘urta mukofoti – qonun yoki sug‘urta shartnomasiga muvofiq
ravishda sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchiga sug‘urta riski uchun haq
to‘lovi. Tarif stavkasi, sug‘urta summasi, sug‘urta muddati va boshqa
omillarga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Sug‘urta guvohnomasi (sug‘urtaviy polis) – tuzilga sug‘urta
shartnomasi va uning shartlari mazmunini o‘zida mujassam etganligiga
guvohlik beruvchi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga o‘rnatilgan
namunaga muvofiq beriladigan hujjat. Sug‘urtalanuvchiga u tomonidan
birinchi marta yoki bir martalik sug‘urta badali to‘langanidan so‘ng beriladi.
Unda sug‘urtaning asosiy shartlari: sug‘urtalanuvchining familiyasi va ismi
sharifi, uning rekvizitlari, sug‘urta hajmi, sug‘urta majburiyati hajmi, sug‘urta
summasining miqdori, sug‘urta tarifi, sug‘urta qoplanmasini oluvchi va
boshqalar o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |