Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Nodavlat moliyaviy nazorati



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

6.4. Nodavlat moliyaviy nazorati 

 

 Bozor  iqtisodiyoti  asoslarining  shakllanishi  davlat  nazorat 

organlarining  bevosita  ishtirokisiz  amalga  oshiriladigan  moliyaviy 

nazoratning  turlari  rolini  oshiradi.  Yuqorida  qayd  etilgandek, 

moliyaviy  nazoratning  nodavlat  turlarini  ichki  firmaviy  (korporativ) 

nazorat,  tijorat  banklar  tomonidan  mijoz-tashkilotlar  ustidan 

nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi. 

Ichki  xo‘jalik  moliyaviy  nazorat  korxona,  muassasa,  firma, 

korporatsiyalarning  ichki  iqtisodiy  xizmatlari,  ya’ni  buxgalteriya, 

moliya  bo‘limi,  moliyaviy  menejment  xizmatlari  va  boshqalar 

tomonidan  o‘z  korxonasi,  filiallari  va  shu’ba  tuzilmalarining 

moliyaviy  faoliyati  ustidan  amalga  oshiriladi.  Ichki  nazorat 

xizmatlari  doimiy  ravishda  pul  mablag‘larini  (shaxsiy,  qarziy,  jalb 

etilgan)  ishlatilishining  samaradorligi  va  maqsadga  muvofiqligi 

kuzatadi, rejalashtirgan  moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy 

                                                 

53

  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1996-yil  26-martdagi  PF-1414-sonli  farmoniga  asosan  tashkil  etilgan. 



http://www.lex.uz 

54

 http://www.lex.uz  




172 

bosqichma-bosqich  tatbiq  qilish  bilan  pul-kredit  siyosati  va  uning 

instrumentlarini  tubdan  takomillashtirish,  ushbu  usulga  o‘rta 

muddatli  istiqbolda  to‘liq  o‘tish  va  pul-kredit  sohasida  amalga 

oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish; 

ikkinchidan,  inflyatsiya  omillarini  chuqur  o‘rganish  va  to‘lov 

balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish 

asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga 

oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va 

tadqiqot bazasini rivojlantirish; 

uchinchidan,  bank  tizimini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish 

mexanizmlarini,  shu  jumladan  tijorat  banklar  faoliyatida  yuzaga 

keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni 

bartaraf  etuvchi  choralar  ko‘rish  imkonini  beruvchi  tijorat  banklar 

tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish; 

to‘rtinchidan,  o‘rta  va  uzoq  muddat  istiqbollarda  iqtisodiyotni 

barqaror  o‘sishini  ta’minlovchi  muhim  tarkibiy  qism  sifatida  bank 

tizimini  rivojlantirish,  tijorat  banklar  va  tadbirkorlik  subyektlarining 

o‘zaro  to‘liq  sheriklik  munosabatlarini  shakllantirish,  aholining 

bank  tizimiga  ishonchli  institutsional  sherik  sifatida  ishonchini 

mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish; 

beshinchidan,  to‘lov  tizimini  yanada  rivojlantirish,  shu 

jumladan  real  vaqt  rejimida  tezkorlik  bilan  hisob  raqamlarni 

boshqarish  va  bank  operatsiyalarini  o‘tkazish  imkonini  beruvchi 

masofadan  bank  xizmatlari  ko‘rsatgan  holda  tijorat  banklarining 

samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish; 

oltinchidan, 

nobank 


kredit 

tashkilotlarining 

moliyaviy 

barqarorligini  kuchaytirish,  shuningdek‚  ularning  faoliyati  ustidan 

nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga 

oshirish; 

yettinchidan,  bank  xizmatlari  iste’molchilari  huquqi  va 

qonuniy  manfaatlari  himoyasini  ta’minlash,  aholi  va  tadbirkorlik 

subyektlariga  moliyaviy  ochiqlikni  va  ularning  savodxonlik 

darajasini oshirish. 

Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan: 

•  banklardan  hisobotlar  va  boshqa  hujjatlarni  olish  va 

tekshirish,  ularning  faoliyati,  jumladan  operatsiyalari  to‘g‘risida 

axborot, ma’lumotlarni so‘rash va olish; 

•  olingan  axborot,  ma’lumotlar  bo‘yicha  tushuntirishlar  talab 

qilish; 


165 

daromadlari  va  xarajatlarining  mutanosibligini  ta’minlash,  Moliya 

vazirligi huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi 

tomonidan  uning  zimmasiga  yuklangan  vazifalar  va  funksiyalar, 

xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va 

o‘z  vaqtida  to‘lash  bo‘yicha  o‘rnatilgan qoidalarning  qo‘llanilishini 

muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish; 

•  sug‘urta 

tashkilotlarining 

sug‘urta 

munosabatlari 

barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy 

manfaatlari himoya qilinishini  ta’minlashga qaratilgan  faoliyatini 

nazorat qilish, 

buxgalterlik hisobi 

va hisobotining 

yagona 

metodologiyasini  shakllantirish  va  amalga  oshirish,  auditorlik 

faoliyatini  tartibga  solish,  mamlakatning  moliya  bozorlarini 

rivojlantirish  bo‘yicha  davlat  siyosatini  amalga  oshirishda  ishtirok 

etish; 

•  davlat  moliya  siyosati  sohasida  kadrlar  tayyorlash, qayta 

tayyorlash  va  malakasini  oshirish  tizimini  tashkil  etish,  Moliya 

vazirligi,  uning  markaziy  apparati  hamda  tarkibiy  bo‘linmalarining 

ish  shakllarini  va  usullarini  tubdan  takomillashtirish,  moliya 

organlari  faoliyatida  byurokratizm  va  sansalorlik hollariga  yo‘l 

qo‘ymaslik,  inson huquqlari,  erkinliklari  va  manfaatlariga  rioya 

etilishini 

ta’minlash, 

jismoniy 

va 

yuridik 


shaxslarning 

murojaatlariga  o‘z  vaqtida  e’tibor  qaratish,  zimmaga  yuklatilgan 

vazifalarning  o‘z  vaqtida  va  sifatli  bajarilishi  uchun  moliya 

organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish 

Moliya  organlarining  ko‘p  qirrali  nazorat  faoliyati  byudjetni 

rejalashtirish,  moliyaviy  rejalar  va  smetalar  loyihalarini  ko‘rib 

chiqish,  byudjet  barcha  daromadlarini  to‘plash,  davlat  byudjeti 

bilan  tegishli  moliya  yili  uchun  nazarda  tutilgan  chora-tadbirlarni 

moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzurida  Davlat 

moliyaviy  nazorati  Bosh  boshqarmasi  mavjud  bo‘lib,  u 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  24- 

oktyabrdagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Davlat 

moliyaviy  nazorati  bosh  boshqarmasi  to‘g‘risida  Nizom”  870-son 

Qaroriga asosan faoliyat yuritadi.  

Bosh  boshqarma  moliyaviy  huquqbuzarliklar  profilaktikasini, 

byudjet  tizimi  byudjetlari  mablag‘lari  maqsadli  sarflanishini, 

moliyaviy  nazorat  obyektlari  tomonidan  byudjet  qonunchiligiga, 

shuningdek‚  byudjet  va  smeta-shtat  intizomiga  rioya  etilishi 



166 

ustidan  nazoratni  amalga  oshiruvchi  davlat  moliyaviy  nazorat 

organi hisoblanadi. 

Quyidagilar 

Bosh 

boshqarma 



va 

uning 


hududiy 

boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi: 

•  byudjet tashkilotlarida  byudjet mablag‘larini boshqarish  va 

byudjet  hisobini  yuritish  bo‘yicha  maxsus  avtomatlashtirilgan 

dasturiy  mahsulotlar  vositasida  byudjet  tashkilotlarining  moliyaviy 

faoliyatini doimiy monitoring qilish; 

•  byudjet  qonunchiligiga  rioya  etish  bo‘yicha  byudjet 

tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish; 

•  byudjet  tashkilotlarida  aniqlanayotgan  pul  mablag‘lari  va 

moddiy  boyliklarni  talon-toroj  qilish,  kamomadlarga  yo‘l  qo‘yish, 

xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda 

ijro  etish  tartibini  buzish  va  byudjet  qonunchiligini  boshqacha 

tarzda  buzish  holatlarini  chuqur  tahlil  qilish  va  ularni  sodir  etish 

shart-sharoitlarini  bartaraf  qilish  bo‘yicha  aniq  chora-tadbirlarni 

ishlab chiqish; 

•  masofaviy  nazoratni  keng  ko‘lamda  qo‘llash,  zamonaviy 

axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish 

obyektlari  va  maqsadlarini  aniqlash  yo‘li  bilan  kam  samarali 

taftishlarni  qisqartirish  bilan  bir  vaqtda  byudjet  tashkilotlarini 

tekshirish samaradorligini oshirish; 

•  O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjeti  mablag‘lari 

va  byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalari 

mablag‘laridan  foydalanishda  byudjet  qonunchiligiga  hamda 

byudjet  va  smeta-shtat  intizomiga  rioya  etilishi  ustidan  moliyaviy 

nazoratni amalga oshirish; 

•  O‘zbekiston  Respublikasi  tomonidan  yoki  uning  kafolati 

ostida  jalb  qilingan  kreditlardan  (qarzlardan),  shuningdek‚ 

insonparvarlik  yordami  va  texnik  ko‘maklashish  mablag‘laridan 

maqsadli  foydalanilishi  ustidan  moliyaviy  nazoratni  amalga 

oshirish; 

•  davlat  maqsadli  va  boshqa  jamg‘armalari,  shuningdek‚ 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  boshqa 

jamg‘armalar  mablag‘laridan  foydalanishda  qonunchilikka  rioya 

etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

•  o‘z  vakolatlari  doirasida  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning 

murojaatlarini  ko‘rib  chiqish  hamda  ularning  huquqlari,  erkinliklari 

va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; 

171 


Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

bo‘linmalari mavjud. 

Quyidagilar 

bosh 


boshqarmaning 

asosiy 


vazifalari 

hisoblanadi:  

•  xo‘jalik  yurituvchi  subektlar  tomonidan  soliq  to‘g‘risidagi 

qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi,  soliqlar  va  boshqa  majburiy 

to‘lovlarning  to‘g‘ri  hisoblab  chiqarilishi,  to‘liq  va  o‘z  vaqtida 

to‘lanishini nazorat qilish; soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash, 

ularning oldini olish, ularga barham berish;  

•  fuqarolarning  soliq  qonunchiligi  buzilishlari  faktlari 

to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish;  

•  soliq  to‘lovchilar  bilan  soliq  qonunchiligiga  rioya  etilishini 

ta’minlash bo‘yicha ish olib borish.  

Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib 

chiqib,  bosh  boshqarmaga  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 

vazifalar ham yuklatilishi mumkin. 

Davlat  moliyaviy  nazorati  bo‘yicha  funksiyalarni  bank  tizimi 

ham 


bajaradi. 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

«O‘zbekiston 

Respublikasining  Markaziy  banki  to‘g‘risida» 1995-yil  21- 

dekabrdagi  qonuni

51

ga  muvofiq  u  bank  tizimi  barqarorligini 



qo‘llab-quvvatlash,  omonatchilar  va  kreditorlarning  manfaatlari 

himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar 

faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.  

Markaziy  bank  nazorat  funksiyalarini  bajarish  bo‘yicha  o‘z 

vakolatlarini  amalga  oshirish  yuzasidan  bank  operatsiyalarini 

amalga  oshirish,  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  bank  statistik 

hisobotini  yuritish,  yillik  hisobotlarni  tuzish  uchun  banklar 

tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.  

Mamlakatimizda  bank  tizimining  barqaror  faoliyat  ko‘rsatishi 

ustidan  samarali  nazoratni  va  Markaziy  bank  faoliyatini  yanada 

takomillashtirishni  ta’minlash  maqsadida  quyidagilar  Markaziy 

bank 


faoliyatining 

ustuvor 


yo‘nalishlari 

etib 


quyidagilar 

belgilandi

52



birinchidan,  asossiz  inflyatsion  kutilmalarni  oldini  olish 



maqsadida  inflyatsion  targetlashning  prinsip  va  mexanizmlarini 

                                                 

51

 oxirgi o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456- sonli Qonuni bilan kiritilgan. 



http://www.lex.uz  

52

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentning  2018-yil  9-yanvardagi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 

faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 

PF-5296

-son  Farmoni. 

http://www.lex.uz

 

 




170 

•  davlat soliq siyosatini amalga oshirish; 

•  soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va 

boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z 

vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; 

•  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarning  O‘zbekiston 

Respublikasi  Soliq  kodeksiga  va  boshqa  qonun  hujjatlariga 

muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetiga,  davlat 

maqsadli jamg‘armalariga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga 

to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash; 

•  soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  obyektlarning  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  hisobga 

olinishini  ta’minlash,  ularni  to‘liq  qamrash  va  hisobga  olish 

mexanizmlarini 

takomillashtirish, 

Soliq 


to‘lovchilar 

identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish; 

•  soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa 

majburiy  to‘lovlarning  yig‘iluvchanligini  oshirish  chora-tadbirlarini 

ro‘yobga  chiqarish,  soliq  sohasidagi  huquq  buzilishlarining  oldini 

olish,  aniqlash  va  ularga  barham  berish  bo‘yicha  kompleks 

tadbirlarni amalga oshirish;  

•  pul  mablag‘larining  noqonuniy  aylanishi  manbalariga 

barham  berish,  naqd  pul  tushumining  aholi  bilan  pulli  hisob-

kitoblarni  amalga  oshiruvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

tomonidan  banklar  kassalariga  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  topshirilishi 

yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; 

•  soliq  qonunchiligiga  rioya  etish  uchun  zarur  shart-

sharoitlarni  ta’minlash,  soliq  to‘lovchilarga  soliq  majburiyatlarini 

bajarishda  yordam  ko‘rsatish,  ularga  ko‘rsatiladigan  axborot-

maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish; 

•  bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati 

yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirish; 

•  davlat  soliq  xizmati  organlarini  halol,  yuqori  malakali,  o‘z 

ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat 

darajasini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  tizimida 

2000-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qarori bilan 

Bosh  nazorat-taftish  boshqarmasi

50

  tuzilgan  bo‘lib,  uning 



                                                 

50

 Davlat soliq qo‘mitasining  2017-yil 9-oktyabrdagi 646-sonli buyrug‘i asosan  “Davlat soliq qo‘mitasining Bosh 



nazorat-taftish boshqarmasi to‘g‘risi Nizom”i tapsdiqlangan. http://www.soliq.uz 

167 


•  moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda  aksiz 

solig‘ini  to‘g‘ri  hisoblanishi  va  o‘z  vaqtida  to‘lanishi  yuzasidan 

nazorat o‘rnatish; 

•  paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning 

haqqoniyligi  ustidan  davlat  nazoratini  amalga  oshirilishini 

ta’minlash. 

Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari 

muhim  rol  o‘ynaydi.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  soliq 

xizmati  to‘g‘risida

ˮgi  1997-yil  29-avgustdagi  qonuni

47

  soliq 


nazoratining  asoslari,  uni  amalga  oshirish

 

bo‘yicha  soliq 



organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.  

Soliq  nazorati  soliq  to‘lovchilarni,  soliq  solish  obyektlarini  va 

soliq  solish  bilan  bog‘liq  obyektlarni  hisobga  olishning, 

shuningdek‚  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishini 

nazorat  qilishning  yagona  tizimidan  iboratdir.  U  davlat  soliq 

xizmati  organlari  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq 

Kodeksi

48

 da keltirilgan shakllarga asosan amalga oshiriladi. 



Soliq  ma’muriyatchiligini  amalga  oshirishda  bir  qator 

muammolarni  bartaraf  etish  maqsadida  2017-yil  18-iyulda 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

Soliq 

ma’muri-


yatchiligini  tubdan  takomillashtirish,  soliqlar  va  boshqa  majburiy 

to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 

farmoni qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini 

isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi: 

•  soliq  ma’muriyatchiligi  jarayoniga  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalari  va  ilg‘or  avtomatlashtirilgan  tahlil 

uslublarini  keng  joriy  etish,  soliq  to‘lovchilarga,  eng  avvalo, 

tadbirkorlik  subyektlariga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotsiz  elektron 

xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish; 

•  soliq  solish  obyektlari  va  soliq  solinadigan  bazaning  o‘z 

vaqtida  hamda  ishonchli  hisobga  olinishini  ta’minlash,  vakolatli 

organlar  va  tashkilotlar  mansabdor  shaxslarining  soliq  solish 

masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida 

taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;  

•  soliq  majburiyatlarini  bajarishda  soliq  to‘lovchilarga  har 

tomonlama  ko‘maklashish,  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  profi-

laktikasining  ta’sirchan  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  va  soliq 

                                                 

47

 O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 



Qonuni. 

http://www.lex.uz. 

48

 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 52 (I)-son. http://www.lex.uz 




168 

to‘lovchilarning  huquqiy  madaniyatini  oshirish,  soliq  nazoratini 

amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;  

•  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  dinamikasi  va  hududlarning 

soliq  salohiyatini  tizimli  tahlil  qilish  orqali  soliq  solish  obyektlarini 

to‘liq  qamrab  olish  va  soliq  solinadigan  bazani  kengaytirishni 

ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;  

•  faoliyat  ko‘rsatmayotgan  korxonalarning  faoliyatini  tiklashga 

har  tomonlama  ko‘maklashish,  past  rentabelli  va  zarar  ko‘rib 

ishlayotgan  korxonalarning  moliyaviy  ahvolini  sog‘lomlashtirish, 

o‘zaro  hisob-kitoblar  mexanizmlarini  mustahkamlash,  soliq  qarzi 

oshishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  orqali  soliq  solinadigan  bazani 

kengaytirish;  

• soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy 

byudjetlar  daromadlarini  oshirishning  qo‘shimcha  zaxiralarini 

aniqlash  orqali  moliya  organlari,  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar, 

shuningdek‚ mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni 

yanada kengaytirish;  

•  kadrlarni  tanlash  va  joy-joyiga  qo‘yish,  soliq  organlarini 

yuqori  ma’naviy-axloqiy  sifatlarga  ega  malakali  xodimlar  bilan 

to‘ldirish  bo‘yicha  tizimli  ishlarni  amalga  oshirish,  shuningdek‚ 

xodimlar  o‘rtasida  huquqbuzarliklar  profilaktikasini  ta’minlash  va 

ular  uchun  xizmatni  o‘tashning  munosib  shart-sharoitlarini 

yaratish. 

Davlat  soliq  xizmati  organlarining  moliyaviy  nazoratga  oid 

asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  

•  soliq  qonunchiligi,  soliqlar  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Byudjetdan  tashqari  Pensiya  fondiga  majburiy  to‘lovlarning  o‘z 

vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat 

etish;  


•  soliq  qonunchiligiga  rioya  etilishining  zaruriy  shartlarini 

ta’minlash,  soliq  to‘lovchilarga  soliq  majburiyatlarini  bajarishda 

yordam  ko‘rsatish,  soliq  bo‘yicha  qoidabuzarliklarni  aniqlash, 

ogohlantirish va to‘xtatib qo‘yish. 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  o‘z  vakolati  doirasida  quyidagi 

huquqlarga ega:  

•  soliq  to‘lovchilarda  (jumladan  soliq  to‘lovchilar  bilan  bog‘-

langan  qarshi  subyektlarda)  O‘zbekiston  Respublikasi  nobyudjet 

Pensiya  fondiga  majburiy  to‘lovlarning  o‘z  vaqtida  hisoblab 

yozilishi,  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  to‘lanishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

169 

moliyaviy  hujjatlarni,  shuningdek‚  eksport-import  operatsiyalari 



bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hujjatlarni  tekshirish,  tekshiruv  vaqtida 

yuzaga  keladigan  masalalar  bo‘yicha  zarur  bo‘lgan  tushuntirish, 

ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;  

•  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  hollarda  yuridik  shaxslar 

hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit 

tashkilotlaridagi  hisobvaraqlari  bo‘yicha  operatsiyalarni  to‘xtatib 

qo‘yish. 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  o‘z  zimmalariga  yuklatilgan 

vazifalarni  boshqa  davlat  boshqaruv  organlari,  joylardagi  davlat 

hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari, 

statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan 

o‘zaro  birgalikda  bajaradilar.  Ko‘rsatilgan  organlar  va  tashkilotlar 

soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan 

davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi 

kurashda yordam berishlari shart. 

Ko‘rsatilgan  qonunchilik  hujjatida  nazarda  tutilgan  soliq 

nazoratini  tashkil  etish  Davlat  soliq  qo‘mitasi  va  uning  organlari 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  soliq  xizmati  organlari 

faoliyatini  huquqiy  tartibga  solishni  yanada  takomillashtirish 

maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  28-avgustdagi  677-

sonli  “Davlat  soliq  xizmati  organlari  faoliyatini  huquqiy  tartibga 

solishni  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi  qaroriga  muvofiq 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  to‘g‘risida 

Nizom”


49

  yangitdan  tasdiqlandi.  Ushbu  nizomga  muvofiq  Davlat 

soliq qo‘mitasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga  rioya etilishini, 

davlatning  iqtisodiy  manfaatlari  va  mulkiy  huquqlari  himoya 

qilinishini  ta’minlash  sohasidagi  nazorat  bo‘yicha  respublika 

davlat  boshqaruvi  organi  hisoblanadi  va  o‘z  faoliyatida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  bo‘ysunadi. 

Davlat  soliq  qo‘mitasining  moliyaviy  nazorat  sohasidagi  asosiy 

vazifasi  soliq  to‘lovchilar  tomonidan  soliq  qonunchiligiga  rioya 

etilishi,  soliqlar,  yig‘imlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarning  to‘g‘ri 

hisoblab  yozilishi,  ularning  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  to‘lanishi  ustidan 

nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.  

Davlat  soliq  qo‘mitasi  zimmasiga  soliq  nazorati  bo‘yicha  bir 

qator vazifalar yuklatilgan: 

                                                 

49

 Izoh: dastlab ushbu nizom Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-son Qaroriga muvofiq qabul qilingan 



edi. 


192 

o‘sishi  (ko‘tarilishi)  davrida  to‘ldirilgan  va  ishlab  chiqarishning 

iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan. 

 

Xo‘jalikni  rag‘batlantirish  va  uni  tartibga  solish  uchun  davlat 



byudjetidan  faolroq  foydalanish  borasidagi  neokeynschilarning 

talablari  “tizilgan  byudjet  stabilizatorlari”  nazariyasida  o‘z 

aksini  yanada  yaqqolroq  topdi.  Bu  nazariyaning  asosida  “soliq 

stabilizatorlari”  to‘g‘risidagi  keynscha  qarashlar  yotar  edi. 

J.M.Keynsning  fikricha, “soliq  stabilizatorlari”  siklik  tebranishlarni 

tartibga  solib,  ularni  biroz  yumshatib  va  ularda  ma’lum  bir 

o‘zgaruvchanlikni  ta’minlab,  avtomatik  tarzda  amal  qilishi  kerak 

edi.  Neokeynschilar  uni  “boshqariluvchan  stabilizatorlar”  bilan, 

ya’ni  yangi  iqtisodiy  sharoitlarga  muvofiq  ravishda  davlatning 

doimo o‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to‘ldiradilar. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish