6-BOB. MOLIYAVIY NAZORAT
6.1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, obyekti,
predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga
obyektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon
bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda
(aspektda) qaraladi:
• barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va
moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan
nazorat organlarining qat’iy tartib asosida tashkil etilgan faoliyati;
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga
muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada
moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va
subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi
holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa,
ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta
e’tibor beriladi.
Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va
tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya
hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus
tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan
nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida
moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik
operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan
xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga
oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki
bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish
bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga
(aspektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan
nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish
jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari
140
• Balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari qanday
guruhlardan iborat bo‘ladi?
• Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar
qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja qanday yo‘nalishlar
bo‘yicha ishlab chiqiladi?
• Moliyaviy bashoratlashning ta’rifini ayting.
• Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash nimalarga
ajratiladi?
• Moliyaviy bashoratlash jarayonida qanday metodlardan
foydalaniladi?
• Moliyaviy
rejalashtirishning
metodi
sifati
moliyaviy
dasturlashtirish nimalarning bo‘lishini ko‘zda tutadi?
• Ijtiomoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri qanday
maqsadlar uchun zarur?
• Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini
(moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun
nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?
• Davlatning transformatsion xarajatlari tarkibini aytib bering.
• Davlat xarajatlari ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini
qo‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga
keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa nimalarda namoyon bo‘ladi?
• Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini nimalarga
ta’sir etishi mumkin, deb ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi?
• Bozor xo‘jaligining moliyaviy regulyatorlari (tartibga
soluvchilari) tarkibini ayting.
• Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishni tartibga solishning qanday
ko‘rinishlari (shakllari) xos?
• Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita)
tartibga solish shakli nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
• Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari o‘z ichiga
nimalarni oladi?
• Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllarini tushuntirib
bering.
133
ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi
jarayonida
ham,
xususan,
sanoat
va
qishloq
xo‘jaligi
korxonalariga
subsidiya
va
kredit
berishda,
infratuzilma
obyektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish
uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular
bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor konyunkturasi keskin
o‘zgaradi.
Yuqorida
bayon
etilgan
xarajatlar
hajmining
o‘zgartirilishi
investitsiyalarning
o‘lchamiga,
jami
talabning
hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining
unumli yo‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bo‘lib
hisoblanishi mumkin. Teskari holatlarda esa, ya’ni harbiy,
boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog‘ining yuqoriligida,
shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining
kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning
o‘sishiga olib keladiki, ular oxir-oqibatda, qutulib bo‘lmaydigan
buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlarni vujudga keltiradi (jahon
amaliyotida bunday misollar juda ko‘p, masalan, o‘tgan asrning
70-80-yillarida dunyoning katta qismini qamrab olgan inflyatsiya,
1998-yilning avgustida Rossiyada sodir bo‘lgan moliyaviy
tanazzul, 2008-2010-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi,
2014-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi va boshqalar).
Umumdavlat pul fondi mablag‘larining sarf etilishi, shubhasiz,
davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini
moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarni to‘plashni taqozo etadi.
Qo‘shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki
bosqichida davlat daromadlari – YaIM va MDning bir qismini
qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bo‘yicha
iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi.
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibini o‘zgartirish
yordamida umumishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining tartibga
solish imkoniyatini quyidagi obyektiv shart-sharoitlar bilan
tushuntirish mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslar ega bo‘lgan va
o‘zlarining joriy xarajatlari hamda investitsiyalarini to‘lash uchun
foydalaniladigan
resurslar
bir
qismining
davlat
ixtiyoriga
o‘tkazilishi yuqoridagi ijtimoiy tizim subyektlarining daromadlilik
darajasini kamaytiradi va jami iste’molning tarkibiy tuzilmasini
o‘zgartiradi. Resurslarning ma’lum qismini davlat ixtiyoriga olish
sotsial tabaqalanishning darajasini o‘zgartirishga va ishlab
chiqarish samaradorligining quyi yoki yuqori chegaralarini cheklab
134
turishga imkon beradi. Bu narsaga, birinchidan, aholining kam
ta’minlangan tabaqalariga, shuningdek, zararga ishlayotgan yoki
past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish
orqali erishiladi. Ikkinchidan, ustama daromadlarning bir qismini
qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘naltirish yordamida (masalan,
mehnatni rag‘batlantirish yoki meros sifatida o‘tadigan mol-mulk,
yoki mahsulotlar bahosi sog‘lom faoliyat uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoitlardan yuqori bo‘lgan daromadlarning shakllanishiga
olib kelsa) qo‘lga kiritish mumkin.
Umumiy tarzda, daromadlarning davlat ixtiyoriga olinishi
quyidagi holatlarga ta’sir etishi mumkin:
• baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita)
soliqlar);
• ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan,
iste’mol fondidan olinadigan soliqlar, ijtimoiy xarakterdagi
byudjetdan tashqari maxsus fondlarga ajratmalar);
• jamg‘armalar hajmiga (investitsion imtiyozlar);
• bandlik va shaxsiy iste’molga (mehnat haqi fondidan
olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar)
33
.
Yuqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari ko‘ri-nishlari
va ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum
bir tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni maqsadli yo‘nalishda
tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari
va h.k.larni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy
davlatlarning ko‘pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining
katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy
darajasining
global
pasaytirilishi
sof
daromadlar,
talab,
bandlikning oshishiga olib kelsa, tadbirkorlik tashabbusini
faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor konyunkturasini
“muzlatish”ning ishonchli vositasidir.
Soliqlarning har bir konkret turi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
tartibga solishning tabaqalashtirilgan yo‘nalishiga ega. Masalan,
sotsial-madaniy
soha
xo‘jalik
hisobidagi
muassasalarining
soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga ko‘pgina soliq imtiyozlarining
taqdim
etilishi
jamiyatning
madaniy-ma’rifiy
salohiyatini
oshirishga, uning axloqiy sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini
soliqqa tortishda ijtimoiy yo‘naltirilganlikning kuchaytirilishi (soliq
33
Davlat daromadlarining barchasi u yoki bu darajada takror ishlab chiqarish subyektlarining sotsial-iqtisodiy
faoliyatini tartibga solib, ijtimoiy munosabatlarning barcha turlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham
ularni iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ma’lum bir guruhiga ustuvor ta’siri yo‘nalishi bo‘yicha klassifikatsiya qilinishi
shartli xaraktyerga egadir.
139
bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining bahosi,
valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi,
ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir ko‘rsatish)
bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasida
ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda
bu narsaning sodir bo‘lishi ancha murakkab bo‘lib, u chuqur va
har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matematik
hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday
kompleks
tadqiqotlarning
mavjud
emasligi,
albatta,
muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu yerda masala o‘z-o‘zidan hal
bo‘lib ketishi mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, “metod” sifatida
moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan
chetda qoldirmaslik kerak. YaIMning hajmi va o‘sish sur’atlari;
davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning
ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik
va puxta o‘ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy va uzoq
muddatli) mavjudligi kabilarni, bu o‘rinda, ana shunday obyektiv
cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |