Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari deb nimaga
aytiladi?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari qanday
xususiyatlarga ega?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil
etishning obyektiv zarurligi va shart-sharoitlari nimalar bilan
belgilanadi?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishga
qanday omillar ta’sir etadi va ularning asosiylari nimalar
hisoblanadi?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etish
tartibi qanday va ularni shakllantirish metodlari nimalardan iborat?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining moliyaviy
munosabatlari qanday ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari qanday
vazifalarni bajaradi va ularning asosiylari nimalar?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining qanday
moliyaviy manbalari mavjud va ularni qanday guruhlarga ajratish
mumkin?
• Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari o‘zlarining
iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga ko‘ra qanday
guruhlardan tashkil topadi?
• Ijtimoiy xususiyatga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalari tarkibiga qanday jamg‘armalar kiradi?
• Iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalari tarkibi qanday jamg‘armalardan iborat?
• Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida
qanday byudjetdan tashqari jamg‘armalari mavjud va ularning
asosiylari qaysilari?
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bosh maqsadi
nimadan iborat?
• Davlat pensiyalarining qanday ko‘rinishlari mavjud?
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlarining
shakllanish tartibi qanday va manbalari nimalardan iborat?
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan pensiya,
nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi qanday?
• Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining
asosiy ko‘rsatkichlari tarkibiga nimalar kiradi?
• Bandlikka ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasining oldiga
qanday maqsadlar qo‘yilgan?
526
– xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan
tushumlar;
– jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
– xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning
grantlari;
– qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa
tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va
stajirovkadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy
soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining
yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan o‘sib borayotgan
ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar
bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini
samarali tashkil etilsh maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 4-yanvar kuni Qarori e’lon qilindi.
Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan
o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish
vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshiriladi:
– ta’lim;
– fan va ilmiy tadqiqotlar;
– sog‘liqni saqlash;
– davlat boshqaruvi;
– iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
2018-yilda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar
bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 40, mlrd.
so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019-yilda 72.5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
2019-yilda Jamg‘arma dasturlari bo‘yicha xorijda kadrlarni
tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazishni
moliyalashtirish uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag‘
ajratish nazarda tutilgan.
515
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son
Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining
qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan
tushadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari
tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy
byudjetlariga yo‘naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan
jamg‘arma mablag‘larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat
qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa yyer egalari kengashi huzuridagi Fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auksion savdolarida fuqarolarga
yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish
huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar
bundan mustasno hisoblanadi.
Bunda:
• tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq
xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari,
vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari)
chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari)
bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat raqobat
qo‘mitasiga
va
O‘zbekiston
Respublikasi
Savdo-sanoat
palatasiga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga avval yo‘naltirilgan mablag‘lar
qaytarilmaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga,
viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasiga mablag‘lar ularning tushishiga ko‘ra har haftada
yo‘naltiriladi.
Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25
foizi miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga
yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning (Davlat raqobat qo‘mitasi
hamda
O‘zbekiston
Respublikasi
Savdo-sanoat
palatasi
tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi
qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
516
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan
shartnomalar, berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va
jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
• 50 foizi – Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari
jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
• qolgan qismi – yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq
taqsimlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy
summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan
tushumlar summasi to‘liq miqdorda Jamg‘arma hisobiga
o‘tkaziladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari
tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar yetkazib
beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab
olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin:
• davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi
e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek‚
reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar,
bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;
• davlat aktivlarini sotishda, shuningdek‚ yuridik shaxslarning
aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat
manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari
savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar
tomonidan xizmatlar ko‘rsatish;
• Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish,
raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari
tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar,
metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va
boshqa ishlarni amalga oshirish;
• Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat
qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish
respublika markazida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy
bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va
xususiylashtirilgan
korxonalar
negizida
loyihalarni
amalga
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va
o‘qitish;
• Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem»
axborot texnologiyalari markazi DUK tomonidan zamonaviy
axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar
bazasi va reestrlarini, lokal kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish,
joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
525
ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda
qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi
loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish;
• Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga.
Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani
boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma
tomonidan beriladigan kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6
foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan
chet el valyutasida ajratiladi.
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va
tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha
bo‘yicha alohida belgilanadi.
Ajratilgan
mablag‘larning
qaytarilishi
tijorat
banklari
tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun
muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasining
0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining 10
foizidan oshmagan holda) penya undiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan birgalikda moliyalash-
tiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini to‘lash,
qoidaga ko‘ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi
tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans
to‘lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |