15.2. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va ularni
oshirish yo‘llari
Moliyaviy
barqarorlikning
tahlili
absolyut
va
nisbiy
ko‘rsatkichlar, ya’ni moliyaviy koeffitsiyentlar yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
Moliyaviy
koeffitsiyentlarni
hisoblash
uchun
axborot
(informatsion) bazasi sifatida buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi.
Bu koeffitsiyentlar balans tuzilgan sanada hisoblanadi va dinamik
ko‘rinishda tahlil qilinishi mumkin.
Eng umumiy ko‘rinishda XYuSning moliyaviy barqarorligini
quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:
• avtonomlik koeffitsiyenti;
• qarz kapitalining konsentratsiyalashuvi koeffitsiyenti;
• qarz va o‘z mablag‘larining nisbati koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |