14-BOB. ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA VA
MODERNIZATSIYA QILISH BO‘YICHA
INVESTITSION DASTURLARNI
MOLIYALASHTIRISH
14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni diversifikatsiya
va modernizatsiya qilish zaruriyati
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya (faoliyatni kengaytirish,
mahsulot va xizmatlar turlarini ko‘paytirish) va modernizatsiya
qilish (zamonaviylashtirish, yangilash) jarayonlarida iqtisodiyot
tarmoqlarida
XYuSlarning
ishlab
chiqarishda
ilg‘or
sifat
siljishlariga va samarali ishlashlariga erishish uchun kompleks
choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida boshlangan O‘zbekiston iqtisodiyotining
xomashyo yo‘nalishini o‘zgartirish strategik nuqtayi nazardan
uzoq muddatli ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu yuqori texnologik
yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarni yuqori sur’atlarda rivojlantirish, eksport salohiyatini
keskin oshirish, importni esa keskin kamaytirish, import o‘rnini
bosuvchi mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarishni kengaytirish
zarurligini taqozo etadi. Sanoatni xomashyoni kompleks chuqur
qayta ishlashga yo‘naltirish asosida va bozorlarda yuqori texno-
logiyali mahsulotlarning sotilishini oshirmasdan turib samarali
taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsion-
investitsion usuliga o‘tish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy
resurslarni olish uchun oqilona yo‘l hisoblanadi. 2016-yildan
boshlangan yangi iqtisodiy sharoitda bu masalaga e’tibor yanada
kuchaydi.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmoqlarini yuqori
sur’atlarda rivojlantirish XYuSlarning faoliyatini kengaytirish
jarayonida ustuvor vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv
usuliga
o‘tish
ilmiy-texnika
taraqqiyotini
tezlashtirishda
mashinasozlik ta’sirining o‘sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning
mashinasozlik
tarmoqlari
esa
moliyalashtirishning
yangi
manbalarini jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik
jihatdan yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi.
Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va
asbob-uskunalarning
mustahkamligi
va
sifatini
oshirish,
mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog‘ini (texnik
308
miqdor birligiga nisbatan) kamaytirish yo‘li bilan mahsulotlarning
metall va energiya sig‘imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish
resurslarni tejab-tergash jarayoni va iqtisodiyotning muvozanatli
rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birgalikda xalq iste’moli
tovarlarini ishlab chiqarish ijtimoiy ahamiyatining o‘sishiga ham
alohida e’tibor bermoq lozim. O‘zbekistonda sobiq SSSRdan
meros
bo‘lib
qolgan
iqtisodiyot
tarmoqlarida
iste’mol
predmetlarining salmog‘i va ularning sifati pastligi oqibatida
iste’mol talablarini qondirish muammosi hali o‘z yechimini to‘la
topmagan.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish
uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan
bog‘liq. Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni samarali
rivojlantirish ham xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig‘imini
oshirish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha kompleks
choralar ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amaliyotga joriy
etish alohida ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan
siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan
yangilash va mahsulotlar yangi turlarini o‘zlashtirishning oqilona
strategiyasini tanlash kerak.
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish asosida
diversifikatsiya va modernizatsiya qilish zamonaviy bozor
infratuzilmasini yaratish, xususan, iqtisodiyotning transport-
kommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘langan.
Uning vazifasi transport chiqimlarini qisqartirish va xizmatlarning
sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Xalqaro andozalarga
mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqa-
rishning murakkabligini inobatga olgan holda dunyo ishlab
chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo‘shma XYuSlarga
asos solish va ularning rivojlanishini ta’minlash ham muhim
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |