XYuSning moliyaviy holati kompleks tushuncha bo‘lib,
uning xo‘jalik va tijorat faoliyati jarayonida vujudga keladigan
moliyaviy
munosabatlar
barcha
elementlarining
o‘zaro
ta’sirchanligini aks ettiradi. XYuSning moliyaviy holati mablag‘larni
joylashtirish va ulardan foydalanish hamda ularni shakllantirish
manbalari bilan xarakterlanadi. Moliyaviy holatni aniqlash uchun
quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy tahlil o‘tkaziladi:
• moliyaviy holatning ekspres-tahlili (aktivlar va passivlar
tarkibiy tuzilmasining, mol-mulk, zaxiralar va xarajatlar holatining
tahlili);
• moliyaviy barqarorlik tahlili;
• XYuS balansi likvidligining tahlili;
• faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili;
• rentabellik va ishbilarmonlik faolligi tahlili.
XYuSning moliyaviy holati, shuningdek, moliyaviy resurslarni
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar majmui bilan ham xarakterlanadi. Moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining natijalari faqat XYuS ishchi va xizmatchilarining
diqqat-e’tiborida bo‘libgina qolmasdan, xuddi shu holat xo‘jalik
faoliyati bo‘yicha uning hamkorlari, davlat, moliya, soliq organlari
va boshqalarning ham diqqat markazida bo‘ladi. Bularning
barchasi XYuS moliyaviy holati tahlilini amalga oshirishning
muhimligi va uning iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyatini oshiradi.
Moliyaviy tahlilning maqsadi quyidagilardan iborat:
• moliyaviy holat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini aniqlash;
• barqarorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash;
• moliyaviy holatning sifat va miqdoriy o‘zgarishlarini baholash;
• ma’lum bir sana uchun XYuS moliyaviy ahvolini baholash;
• moliyaviy holat o‘zgarishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
• va boshqalar.
Moliyaviy
holat
tahlilida
XYuS
tomonidan
sotilgan
mahsulotning rentabelligi, uning ishlovchi kapitali, moliyaviy
barqarorligi, balansining likvidligi, to‘lov qobiliyati va kreditga
layoqatligi aniqlanadi va ularga baho beriladi.
XYuSning sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorligi xususida
quyidagi parametrlarni birgalikda olib qarab gapirish mumkin:
• to‘lov qobiliyati (o‘z majburiyatlari bo‘yicha XYuSning
barqaror hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati);
305
• Qanday baholar paritet baholar deb ataladi?
• Yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra baholarni qanday
farqlash mumkin?
• Qanday baholarga netto-baholar deyiladi?
• Qanday ravishda aniqlanadigan baholar brutto-baholar deb
ataladi?
• Jahon baholari qanday baholardan iborat?
• Ichki firmaviy (transfert) baholar qaerlarda qo‘llaniladi?
• Qanday baholar tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi?
• Qanday baho rezervlashtirilgan baho deyiladi?
• Bahoning tarkibi va tarkibiy tuzilmasining mazmuni qanday,
ularning tarkibiga nimalar kiradi?
• Baholarni aniqlashning qanday konsepsiyalari mavjud?
• Bahoni hisoblash (aniqlash)ning “o‘rtacha xarajatlar va
foyda” metodi o‘z asosiga nimalarni oladi?
• Baholarni shakllantirishning “bozor nimani ko‘rsatsa”,
metodining mohiyati nimada?
• Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash asosida
hisoblash metodiga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni aytib bering.
• Qanday hollarda baho chiqariladigan tovarning unikalligi
(antiqaligi) asosida o‘rnatiladi?
• Preyskurant baholarning asosida nima yotadi?
• Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali usuli qanday
sharoitda qo‘llaniladi?
• Qishloq xo‘jaligida baholarning qanday yo‘nalishlari
rivojlanadi?
• Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodida
asosiy tayanch nuqta sifatida nimalar qabul qilinadi?
• Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni qanday
o‘rnatilishini taqozo etadi?
• XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari
nimalarni nazarda tutadi?
• XYuS faoliyat ko‘rsatishining mikromuhiti va makro-muhiti
nimalardan iborat va ular o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?
• XYuS tomonidan sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar bahosini
asoslash, hisob-kitob qilish va o‘rnatish qanday ketma-ketlikda va
faoliyat turlari bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq?
306
• Talab, iste’moliy tanlov, taklif, muqobil ishlab chiqarish
imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar, nazorat qilinadigan va
nazorat qilinmaydigan omillar nimalardan iborat?
• Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog‘ini ajratib olish”)ning
mazmuni nimada?
• Past baholar strategiyasi qanday maqsadlarda amalga
oshiriladi?
• Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi qanday amalga
oshiriladi?
• Imtiyozli baholar strategiyasining mazmuni nimada?
• Elastik baholar strategiyasi nimalarni anglatadi?
• Barqaror, standart (andozaviy), o‘zgarmaydigan baholar
strategiyasini tushuntirib bering.
• Yaxlitlanmagan baholar strategiyasi nimani anglatadi?
• Yoppasiga (ommaviy) sotib olishlar bahosi va baholarni
tovarning sifati bilan uzviy bog‘langanligi strategiyalarining o‘ziga
xos bo‘lgan xususiyatlari nimalardan iborat?
• “Skonto” chegirma, progressiv chegirmalar, tovarlarning
almashtirilishi yoki shu bilan bog‘liq bo‘lgan chegirma, eksport
chegirmalari, funksional chegirmalar yoki savdo sohasidagi
chegirmalar,
maxsus
chegirmalar,
yashirin
chegirmalar,
konfidensial chegirmalar deyilganda nimalar tushuniladi?
• Bozorni segmentlashtirishning mazmuni nimada?
• Raqobatning erkinlik darajasi va baholarni shakllantirishga
bog‘liq ravishda bozorlarning qanday tiplari mavjud?
319
• o‘z aylanma mablag‘larining summalarini aniqlash va
ularning dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish;
• zaxiralar, xarajatlar va barcha aylanma aktivlarni
shakllantirish qismi bo‘yicha moliyaviy barqarorlikni baholash;
• moliyaviy barqarorlikning turi (tipi)ni aniqlash.
O‘z
aylanma
mablag‘lari,
zaxiralar
va
xarajatlarni
shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga
va zaxiralarning miqdoriga bog‘liq ravishda XYuSlar moliyaviy
barqarorligining quyidagi tur (tip)larini ajratib ko‘rsatish mumkin:
• absolyut moliyaviy barqarorlik;
• sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik;
• beqaror moliyaviy ahvol;
• inqirozli moliyaviy holat.
Do'stlaringiz bilan baham: |