Ta’limning zamonaviy texnologiyalari Umarova Dilnoza Dilmurod qizi



Download 24,78 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2022
Hajmi24,78 Kb.
#401041
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola

Ключевые слова: современные информационные технологии, Национальная программа обучения , устойчивая система образования, мультимедийный менеджмент, наука и технологии XXI века, интерактивные уроки.

Key words: modern information technologies, national training programm , needs, education system, multimedia facilities, 21st century science and technology, interactive lessons.

Ta’limning zamonaviy texnologiyalari

Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish.

  2. Ta’lim tizimining izchilligi.

  3. Ta’lim jarayonida pedagog va axborot texnologiyalarining o’rni.

  1. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Bugungi kunda dunyoda texnologiyalarning o’rni va mavqei ortib bormoqda. Butun dunyoda har bir mamlakatning o’ziga yarasha iqtisodiy qudrati, mavqei bo’lgani singari ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ham u davlatning ta’lim tizimi, sporti va shu kabi ilm- fan taraqqiyoti bilan ham bog’liqdir va o’z navbatida bu ta’lim tizimining raqobatdoshligi bilan belgilanadi.

Shu sababli ham XXI asrga kelib O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o’qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo’lib, pirovardida bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta’lim tizimini yaratish ko’zda tutilgan bo’lib, bularning barchasi o’z-o’zidan ta’lim texnologiyalariga borib taqaladi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da uzluksiz ta‘lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi va murabbiylarning kasbiy malakalarini oshirish, ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan qurollantirish xususida alohida ta‘kidlangan. 70-80 yillarda Amerikada dunyoga kelgan talim texnologiyasi bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi, hatto nufuzli xalqaro tashkilot hisoblangan YUNESKO tomonidan tan olindi va qo’llab quvvatlandi. Rivojlanishga yuz tutayotgan Respublikamiz ta’lim tizimi uchun ham bu juda muhim bo’lib, maktablar va boshqa ta’lim dargohlarining pedagoglari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim o’quv muassasalari professor-o’qituvchilari ta’lim texnologiyasini o’zlashtirishlari hamda amaliyotda qo’llashlari lozim deb belgilandi.

Texnologiya so'zining asl ma'nosini olib qaraydigan bo'lsak "texnologiya " grekcha tildan tarjima qilingan bo'lib, san'at, mahorat haqidagi ta'limot kabi ma'nolarni bildiradi. “Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi” deb bejizga aytilmagan. ( V.M.Shepel ). Bu so'zlarning asl mohiyatini anglab yetganimizdek, texnologiyani biror narsaga qayta ishlov berish ekanligini bilib olar ekanmiz. Hozirgi zamon texnologiyalari bilan qadimgi texnologiyalarni solishtirib qaraydigan bo'lsak, avvallari insonlar bir-birlari bilan aloqani bordi-keldi orqali amalga oshirishgan. Barcha hujjatlar yozma ravishda bo'lgan, hozir esa ishlarimizning 60- 70 % ini mana shu texnikalar orqali hal qilamiz. Hattoki dunyoning narigi burchagidan turib yaqin insonlarimiz bilan bemalol aloqada bo'la olamiz. Ta‘lim sohasiga keladigan bo'lsak barcha dars jarayonlari kundan kunga rivojlanib, takomillashib borayotganini o'z ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz. Har bir o'quv mashg'ulotlari turli hildagi texnika jihozlari va anjomlari orqali amalga oshirilmoqda.
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisaning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.

Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etishdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi. Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim ob'ektini boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir. Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi. Ta'lim jarayonida axborot -kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi va shu bilan birga o’quvchiga mavzuni to’liq va qiziqarli holda namoyish qilib bera olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.


Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi. Shuning bilan birga ta‘lim jarayonida o'quvchilarning darslarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini bilishning oson, qulay va zamonaviy usullarini turli yo'nalishlarda o'rganib va qo'llab borishiga to’laqonli asos bo’la oladi. Bunga misol qilib birgina dars jarayonidagi mashg'ulotlarni qay yo‘sinda o‘rganganliklarini bilish uchun turli xildagi Internet o'yinlarini keltirishimiz mumkin. Bu yo'llar orqali ham bolalarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va kelajakda ularni bir sohaning ilg'or mutaxasisi va o‘z kasbiga mehr qo'ygan shaxs sifatida yetishishlarini nazorat qilib borish imkoni yuqori darajada. Shu o’rinda aytib o'tish joizki, bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham o‘z ustunligiga ega. O‘rganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi o‘quvchilarning ta'lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish, ikki tomonlama muloqot (o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasida) ni samarali tashkil etish o‘quvchilar faolligining yuqori bo‘lishini talab etadi.

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da uzluksiz ta‘lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi va murabbiylarning kasbiy malakalarini oshirish, ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan qurollantirish xususida alohida ta‘kidlangan. 70-80 yillarda Amerikada dunyoga kelgan talim texnologiyasi bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi, hatto nufuzli xalqaro tashkilot hisoblangan YUNESKO tomonidan tan olindi va qo’llab quvvatlandi. Rivojlanishga yuz t utayotgan Respublikamiz ta’lim tizimi uchun ham bu juda muhim bo’lib, maktablarning pedagoglari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim o’quv muassasalari professor o’qituvchilari ta’lim texnologiyasini o’zlashtirishlari hamda amaliyotda qo’llashlari lozim. Ta‘lim jarayonida texnik vositalardan foydalanish juda muhim o’rin egallaydi. Ushbu vositalar yordamida mashg’ulotlarni zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda olib borish hamda ta‘lim oluvchilarning diqqatini jalb etishda keng foydalanish mumkin. Shu sababli bunday vositalardan foydalanish qoidalari, ularning afzallik va kamchiliklarini hisobga olish lozim. Har bir narsaning yaxshi va yomon tomoni bor degandek ta’lim jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning ham o’ziga xos tomonlari mavjud. Bu kabi vositalardan foydalanayotganda eng avvalo o’quvchilarga qay tarzda va qay tartibda foydalanish kerakligi tushuntirilishi lozim. Shu bilan birga bu jarayonda o’qituvchi va ota-onalar bolalar bilan birgalikda ishlashlari nazarda tutiladi. Aynan mana shu davr mobaynida insonlar o’ziga kerakli ma’lumotlarni oladilar va shu asosida dars jarayonlarida qay tartibda qo’llashning foydali tomonlarini o’zlarida kashf etadilar. Mana shu o’ganilgan barcha ma’lumotlarni o’quvchilarga namoyish etish uchun ta’lim jarayonida bizga turli xildagi texnika jihozlari, xususan videoproyektor kabi qurilmalar kerak bo’ladi . Videoproyektor o’quv jarayonida qo’llaniladigan zamonaviy vositalardan biri hisoblanadi. Videoproyektordan foydalanish uchun kompyuter qurilmalari talab etiladi. Oldindan tayyorlangan o’quv materiallarini kompyuterga ulangan videoproyektor orqali maxsus ekranga taqdim etish mumkin. Kompyuter xotirasidagi va oddiy disketadagi materiallarni videoproyektor orqali ta‘lim oluvchilarga namoyish qilish mumkin.


Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi.

Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarda ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga, kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon bo‘lishi kerak.

Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova, Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiya­lari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:

1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik;

2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;

3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi;

4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;

5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;

6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini, uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.

Bundan ko'rinib turibdiki, kundan kunga texnologiyalar rivojlanib borgani sari yangidan yangi g'oyalar va loyihalar ham ochilib boraveradi.




Download 24,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish