T/r
|
Tadbir nomlanishi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddatlari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Malaka tizimining mustahkam institutsional muhitini shakllantirish va tashkiliy asoslarini takomillashtirish
|
1.
|
Malaka tizimini takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni va ularni bajarish uchun mas’ullarni belgilash maqsadida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengashning (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkiliy majlisini o‘tkazish.
|
Tashkiliy choralar
|
2021-yil yanvar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), vazirlik va idoralar rahbarlari — Kengash a’zolari
|
2.
|
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:
Kengash to‘g‘risida Nizom;
Kengashning 2021-yil uchun ish rejasi.
|
Kengash qarori
|
2021-yil yanvar
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), vazirlik va idoralar rahbarlari — Kengash a’zolari
|
3.
|
Malaka tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan tarmoq kengashlari faoliyati natijalarini tizimli asosda muhokama qilish.
|
Majlis hujjatlari
|
har chorakda
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), vazirlik va idoralar rahbarlari — Kengash a’zolari
|
4.
|
Kelgusi yil uchun mo‘ljallangan kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish Reja-grafigiga takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Takliflarni tayyorlash va kiritish
|
Har yili 1-dekabrgacha
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Mehnat instituti, tarmoq kengashlari
|
5.
|
Tarmoq kengashlarini shakllantirish, shu jumladan:
tarmoq kengashlari tarkibini belgilash;
tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
mas’ul kotibni tayinlash;
tarmoq kengashlari ishchi organlarini belgilash.
|
Tashkiliy choralar
|
2021-yil yanvar
|
Tarmoq kengashlari faoliyatini tashkil etish uchun mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari
|
6.
|
Tarmoq kengashlari mas’ul kotiblarini tayyorlashni tashkil qilish va ularning malakalarini baholash.
|
Seminar-treninglar
|
2021-yil yanvar�-may
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Mehnat instituti, tarmoq kengashlari faoliyatini tashkil etish uchun mas’ul vazirliklar va idoralar rahbarlari
|
7.
|
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari haqida namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2021-yil 1-fevralgacha
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov)
|
8.
|
Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan O‘zbekistonning to‘la va unumli bandlikka erishish konsepsiyasi, davlat bandlik xizmatining funksional tahlili natijalari va malaka tizimini joriy qilish tajribasini inobatga olgan holda, 2030-yilgacha mo‘ljallangan aholi bandligi va mehnat munosabatlarini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2021-yil iyul
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
9.
|
Munosib ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko‘nikmalarga ega bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar sonini oshirishni, shu asosda milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligi va mehnat unumdorligini oshirishni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha mo‘ljallangan inson kapitalini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2021-yil iyul
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), ma�faatdor vazirlik va idoralar
|
10.
|
Malaka tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirish, shu jumladan:
malaka tizimi monitoringini amalga oshirish ko‘rsatkichlari tizimi va metodikasini ishlab chiqish;
malaka tizimining holati va rivojlanishining monitoringini amalga oshirish;
malaka tizimi ekspertlari reyestrini tuzish;
kasbiy faoliyatning tarmoqlararo turlari bo‘yicha tarmoq kengashlarining o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish;
davlat idoralari va tashkilotlarining malaka tizimini hududiy mehnat va ta’lim bozorlari darajasida joriy qilish va takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini baholashning ko‘rsatkich va indikatorlari ro‘yxatini shakllantirish.
|
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar
|
2021-yil davomida
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|