O‘yinning borishi: Doskaga harf, tovushlar sxemasi tasvirlangan “uycha” o‘rnatiladi. Bolalarga o‘rganilayotgan harf-tovushga doir rasmli kartochkalar tarqatiladi. Bolalar diqqat bilan kuzatib, talaffuz qilib, tovush o‘rnini aniqlab, uychadagi kerakli sxema tagiga joylashtiradilar. Tovush so‘zning qaysi sxemada kelganini og‘zaki tarzda ham qayd etadi.
“Voqeaband rasmlar” o‘yini.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalar nutqini har tomonlama o‘stirish. Nutqning grammatik rivojlantirish. Diqqat, xotira, tafakkurni, topqirlikni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |